Buyuk davlat asoschisi va mohir sarkarda


"Buyuk amir" sifatida saylanishi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana23.03.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1288532
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amir Temur buyuk davlat asoschisi va mohir sarkarda

"Buyuk amir" sifatida saylanishi
14-asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan nihoyatda ogʻir siyosiy va
iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni taqozo qilmoqda
edi. Amir Husayndan koʻra Amir Temur zamonining bunday talabini yaxshiroq
tushunardi. Shuning uchun ham oʻz faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni
Movarounnaxrda markazlashgan davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga
oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga
suyanadi. Amir Temur tarqoq mamlakatni birlashtirishga kirishar ekan, kurashni avvalo
ichki gʻanimlaridan boshlaydi. 1370 y. bahorida Amir Temur amir Husaynga qarshi yoʻlga
chiqadi. Qoʻshin Termiz yaqinidagi Biyo qishlogʻiga yetganda makkalik shariflardan
Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi katta
nogʻora — tabl bilan yalov — bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz bu voqea katta siyosiy
ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur buni yaxshi tushunardi.
Shuning uchun ham Balxga yetmasdan Oʻrpuz mavzeida u amir va noʻyonlari bilan
kengash oʻtkazadi.
Koʻpchilikning xohish va ixtiyori bilan, oʻsha davr qonun-qoidalariga koʻra,
chingiziylar avlodidan boʻlgan Suyurgʻatmish oʻgʻlon Movarounnahr podsholigi taxtiga
oʻtqazildi. Amir Temur qoʻshini to Balxga yetib borgunicha, unga yoʻl-yoʻlakay yangi-
yangi kuchlar kelib qoʻshildi. Shu asnoda amir Husaynni koʻpchilik amirlari tark etdilar.
Jangda amir Husayn qoʻshinlari yengildi, ikki kunlik qamaldan soʻng , 1370 yilning 10
apr.da Balx sh. Amir Temurga taslim boʻldi. Amir Husayn asir olinib, qatl etildi.


Oq Oʻrda bilan jang
Temurning Oltin Oʻrdaga 
qarshi 1391 yildagi yurishi
Temurning Oltin Oʻrdaga 
qarshi 1395 yildagi yurishi


Amir Temur Movarounnahrni moʻgʻullar hukmronligidan ozod etib, bu qad.
mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan boʻlsada, hali mamlakatda barqaror tinchlik
oʻrnatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloyat hokimlari Amir Temur
hakimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan boʻlsalar, ikkinchi tomondan
mamlakatning sharqiy va shim. hududlari notinch edi. Moʻgʻuliston bilan Oq Oʻrda
hukmdorlari Fargʻona vodiysining sharqi, Oʻtror, Yassi (Turkiston) va Sayram
sh.lariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talontaroj qilardi.
Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini
taʼminlashga katta ahamiyat berdi. Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib
bordi. 1370 y. kuzi va 1371 y. bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib,
Shibirgʻon viloyati boʻisundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur
hokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm Oq Oʻrda hukmdorlariga suyanib, hanuz
boʻysunishdan bosh tortib kelardi. Xorazmni Amir Temur Chigʻatoy ulusining
ajralmas qismi deb hisoblab, uni oʻz davlatiga koʻshib olish siyosatini tutdi. Ammo
bu masala elchilar vositasida tinch yoʻl bilan hal etilmagach, Amir Temur Xorazm
hududiga besh marotaba yurish qildi. Birinchi yurishi 1371 y. yoz (iyul)ida Kot
shahrini egallash bilan yakunlandi. Amir Temurning 1373 y. bahori va 1375 y. yozida
Xorazm tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin Oʻrda xoni
Toʻxtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf soʻfi, uning yordamida
Amir Temur davlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorakoʻl viloyati va
Buxoro tumanlarini talon-taroj etdi.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling