Buyuk depressiya va iqtisodiy inqirozlar. 1929 —1933 yillar. Jahon iqtisodiy inqirozi yoki Buyuk depressiya
Download 22.58 Kb.
|
Buyuk depressiya va iqtisodiy inqiroz
1987-yil. Jahon moliyaviy inqirozi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida 1987-yil 19-oktyabrda boʻlib oʻtgan navbatdagi “qora dushanba” (Black Monday). Ushbu kuni fond bozorida Dou-Jons indeksi 22,6 foizga pasayib ketgan edi. Bunday holat nafaqat AQSHni, balki jahon mamlakatlariga ham tarqalib ulguradi. AQSHdan keyin Avstraliya, Kanada va Gongkong fond bozorlarida keskin pasayishlar namoyon boʻla boshlaydi. Xususan, oktyabr oxiriga kelib Avstraliya fond birjasida – 41,8 foiz, Kanadada – 22,5%, Gonkongda – 26,4% pasayish kuzatildi. Standard & Poors 500 global indeksi 22% ga, Gongkong birjasida Xang Seng indeksi esa, 420 punktga pasayib ketdi.
Fond bozorida vujudga kelgan bunday holatni birja mutaxassislari gʻayri odatiy hol sifatida baholagan edilar. Ammo bunday tushkunlik iqtisodiy va siyosiy larzalarsiz kechganligi diqqatlidir. Mutaxassislar fond bozorida vujudga kelgan inqirozga bosh sabab sifatida dasturiy treyding (Program Trading), nolikvidlilik va bozor psixologiyasini haddan tashqari ortiqcha baholab yuborilganligi oqibatida yuz berganligini taʼkidlashadi. Treyding dasturi fond bozoridagi arbitraj va xedj bitimlarni avtomatik tarzda belgilashga moʻljallangan edi.Oʻz-oʻzidan ushbu dastur bozorning barcha qonun va qoidalarini hisobga olmaganligi va texnik kamchiliklarga ega ekanligini namoyon etgan edi. Kompyuter dasturi oʻsha paytlarda fond bozoriga kelib tushgan katta hajmdagi buyurtmalarni va axborotlarni qayta ishlashga ojizlik qilgan. Shuningdek, inqirozning yuzaga kelishiga Katta yettilikka aʼzo davlatlarning monetar siyosatni yuritish boʻyicha bir-birlari bilan kelishmagan holda harakat qilganliklari ham taʼsir koʻrsatgan. Bunda asosiy urgʻu dollarni qoʻllab-quvvatlash, uning xarid quvvatini oshirish va inflyatsiyani qisqartirishga qaratilgan boʻlib, bu xatti-harakat Yevropa mamlakatlari bilan oʻzaro kelishilmagan. Shu bilan birga inqiroz zamonaviy iqtisodiy nazariyaning koʻplab muhim farazlariga ham soya solishga ulgurdi. Bularga: insonning ratsional qaror qabul qilish nazariyasi; bozor muvozanati va bozorning iqtisodiyotni tartibga solish imkoniyati bilan bogʻliq gipotezalar va h.k. Download 22.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling