Buyuk depressiya va iqtisodiy inqirozlar. 1929 —1933 yillar. Jahon iqtisodiy inqirozi yoki Buyuk depressiya
-1982 yillar. Jahon iqtisodiy inqirozi
Download 22.58 Kb.
|
Buyuk depressiya va iqtisodiy inqiroz
1980-1982 yillar. Jahon iqtisodiy inqirozi. Ushbu inqiroz ham davlat va jamiyatlar iqtisodiyotiga oʻzining salbiy taʼsiri hamda uch yil davomida insoniyatning yashash tarziga, daromadlarining pasayishiga sezilarli taʼsir koʻrsatganligi bilan tarixda iz qoldirgan. Inqiroz oʻsha paytda sanoati rivojlangan barcha davlatlarni hamda bir qancha rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini qamrab olgan, xususan Argentina va Braziliya davlatlari iqtisodiyoti ham katta talofat koʻrgan edi.
Umumiy holda inqiroz AQSH va Kanada davlatiga ikki marta qaytalangan toʻlqin sifatida namoyon boʻlgan edi. 1980-yilda rivojlangan mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarish indeksi oʻtgan 1979-yilga nisbatan 95,5 foiz va rivojlanayotgan mamlakatlarda 87,5 %ni tashkil etgan edi. 1982-yilda AQSHda iqtisodiy oʻsish surʼati 8,2 % va Yevropa iqtisodiy ittifoqiga aʼzo mamlakatlarda esa, 1,2 foizga pasaygan edi. Dastlab inqiroz Buyuk Britaniya va Fransiya iqtisodiyotlarini, keyinchalik AQSH va boshqa davlatlarni qamrab olgan edi. Birinchi bosqichda inqiroz xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqaruvchi sanoatni keyingi bosqichda ogʻir sanoatni qamrab olib, yoqilgʻi-energetika sanoatiga ham taʼsir koʻrsatgan edi. Inqirozning keng surʼatlarda tarqalishiga obyektiv sabablar, yaʼni globallashuv jarayonlarining chuqurlashganligi va transmilliy kompaniyalar faoliyatining keng surʼatlarda rivojlanganligi, mamlakatlarning tashqi savdo orqali bir-biriga qattiq bogʻlanib qolganligi taʼsir koʻrsatgan edi. Maʼlumki, oʻsha yillarda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari oʻrtasida tovarlar ayirboshlanishining oʻta liberallashuvi; qariyb barcha tovarlar uchun bojxona toʻlovlarining bekor qilinganligi; jahon kapitalizmi markazlari hisoblangan Gʻarbiy Yevropa, AQSH va Yaponiya oʻrtasida koʻplab tovar va xizmatlar uchun bojxona stavkalarining nol qiymatda belgilanganligi inqirozning tez surʼatlarda sinxron ravishda tarqalishiga olib kelgandi. Inqirozdan xulosa chiqargan holda milliy iqtisodiyotlarning importga bogʻlanib qolishini oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilib, tovar va xizmatlar uchun asta-sekin davlat boji stavkalari qayta belgilana boshlagan edi. Download 22.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling