Buyuk fransuz burjua inqilobi va monarxiyaning tugatilishi Inqilobning sabablari


Download 30.5 Kb.
bet1/3
Sana01.12.2021
Hajmi30.5 Kb.
#178336
  1   2   3
Bog'liq
Buyuk fransuz burjua inqilobi va monarxiyaning tugatilishi

Buyuk fransuz burjua inqilobi va monarxiyaning tugatilishi

Inqilobning sabablari.


XVIII asr oxirlarida ham Fransiyada hamon o`rta asr feodal tartiblari hukm surardi. U qishloq xo`jaligi mamlakati edi. Dehqonlar yashayotgan va mehnat qilayotgan yerlar feodallarning mulki sanalgan. Ular ijaraga yer olib kun kechirar edilar. Soliqlarning soni tobora ko`payib borardi. Buning ustiga, cherkovga ham soliq to`lash davom etardi. Oqibatda qishloqlar tobora kambag`allashib, dehqonlarning esa tilanchi va daydilarga aylanishi kuchaygan. Bu hol tez-tez «non isyonlari»ni keltirib chiqargan. o`rta asr feodal tartiblari sanoat va savdoning rivojiga ham to`siq bo`lgan. Mamlakatda manufaktura ishlab chiqarishi Buyuk Britaniyaga tenglasha olmagan. XVIII asr oxirida ham Fransiyada hali sanoat inqilobi yuz bermagan edi. Manufaktura ishchilariga faqat yakshanba kunigina korxona tashqarisiga chiqishga ruxsat berilardi, xolos. Ichki savdo bojxona chegara siquvi va har bir viloyatning o`zlari o`rnatgan yo'1 solig`idan aziyat chekardi. Buning ustiga, burjuaziya qanchalik boy bo`lmasin, u siyosiy huquqqa ega emas edi.

Davlatni boshqarish amalda mamlakat aholisining atigi 4 foizini tashkil etuvchi ruhoniylar va dvoryanlar qo`lida edi. Ular soliq to`lashdan ozod edilar. Mamlakat qurolli kuchlarida zobitlik lavozimini faqat dvoryanlar egallashgan. Butun mamlakatni boqayotgan uchinchi toifa mamlakatni boshqarish ishiga yaqinlashtirilmas edi.

Mamlakatda mutlaq monarxiya hukm surardi. Inson huquqlari tushunchasi qirollar uchun qog`ozdagi g`oyalar edi, xolos.

Bundan tashqari, Fransiya XVIII asr oxirlarida tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu esa uning xalqaro obro`sini pasaytirib yubordi. Bu hodisa mamlakat sarmoyasining katta qismi ulkan qo`shin va flotni saqlab turishga sarflanayotgan bir davrda yuz berdi. Urush va soliqlardan qiynalib ketgan xalqning ahvoli tobora og`irlashib bordi. Yuqorida qayd etilgan omillar Fransiyada inqilob ro`y berishini muqarrar qilib qo`ydi.



Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling