Buyuk geografik kashfiyot-lar va ularning tarixiy ahamiyati 8-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 1-mavzu


Download 8.18 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi8.18 Kb.
#1706635
Bog'liq
Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati

MARHAMAT 2022

ANDIJON VILOYATI MARHAMAT TUMANI XTB GA QARASHLI 34- UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABINING TARIX FANI O’QITUVCHISI O’RAZALIYEV ABRORBEKNING ,, BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR VA ULARNING TARIXIY AHAMIYATI ‘’ MAVZUSIGA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

Buyuk geografik kashfiyot-lar va ularning tarixiy ahamiyati

8-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 1-mavzu


Buyuk geografik kashfiyotlar atamasi XV asr oxiri - XVII asr o'rtalarida yevropalik sayyohlar tomonidan amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatiladi. 1605-yil dekabrda Janubiy Amerikaning g'arbiy qirg'oqlaridan
g'arbga qarab ispan ekspeditsiyasi yo'lga chiqdi, uning maqsadi afsonaviy janubiy materikni topish edi. Luis Vaes Torres Yangi Gebridlar
arxipelagini ochdi, birinchi marta Marjon dengizini kesib o'tib, Yangi
Gvineyaning janubiy qirg'oqlari yonidan o'tib ketdi va janub tomondan
Avstraliyaning shimoliy qirg'oqlarini ko'rdi.
Geografik kashfiyotlar esa odamlar uchun shu vaqtgacha noma'lum bo'lgan yangi yerlarning qidirib topilishidir. Fransuzlar 1608-yilda Shimoliy Amerikada Kvebek
qo‘rg‘onini qurib 0‘zlarining birinchi mustamlakalariga asos solishdi. XVII asr oxiriga kelib Yangi Fransiya yangi Angliyaga qaragan-
da anchagina katta joyni egallardi, biroq fransuzlar og'ir xatoga yo'l
qo'yishdi.

Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari Portugaliya va Ispaniya dengiz sayyohlari bo'lishdi. Tabiiyki, buyuk geografik kashfiyotlarni dovyurak dengizchi-sayyohlargina amalga oshira olar edilar.

Shunday dengiz sayyohlaridan biri admiral Xristofor Kolumb (1451-1506) edi. U o'z oldiga Hindistonga Atlantika okeani orqali boradigan yo'l ochishni maqsad qilib qo'ydi.


Xristofor Kolumb

Shu tariqa Hindistonga boradigan yangi yo'l topish yevropaliklar uchun hayotiy zaruratga aylangani buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishini muqarrar qilib qo'ydi.

Nihoyat, 1492- yilda X. Kolumb Ispaniya qirollik oilasi bilan Hindiston sari suv yo'li ochishga xizmat qiluvchi ekspeditsiyani boshlash haqida shartnoma tuzishga muvaffaq bo'ldi.

X.Kolumb ekspeditsiyasi 12- oktabr kuni Amerika qit'asidagi San-Salvador («Muqaddas xaloskor») oroli (hozirgi Bagama orollari davlati hududidagi orol)ga kelib tushdi.


Shu tariqa Hindistonga olib boradigan suv yo'li ochish maqsadida uyushtirilgan ekspeditsiya Amerikaning kashf etilishiga olib keldi.

Bu dunyo xaritasini tuzgan XV asr olimlarining, xususan, P. Toskanellining xatosi oqibati edi.


Keyinchalik olimlar bu xatoni Buyuk kashfiyotga olib kelgan buyuk xato, deb atadilar.
Chunki P. Toskanelli yerning ekvator bo'ylab uzunligini aniqlashda 12 ming kilometrga adashgan edi.

1507- yilda xaritashunos olim M.Valdzemyuller Kolumb kashf etgan yangi qit'ani Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etgan. Bu nom hammaga manzur bo'lgan.

1515- yilda Yangi Dunyo «Amerika» deb atalgan birinchi globus Germaniyada yaratildi. 1569- yildan esa boshqa xaritalarda ham Kolumb kashf etgan yerlar «Amerika» deb yoziladigan bo'ldi.

Keyingi kashfiyotlar.


Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo'li 1498- yilda kashf etildi.
Bu kashfiyotni portugaliyalik dengiz sayyohi Vasko da Gama amalga oshirdi.

1519- yilda yana bir portugaliyalik dengizchi F. Magellan Amerika qit'asini aylanib o'tib, Hindistonga boradigan dengiz yo'lini ochdi.


F. Magellan

Dunyoni aylanib suzish 1522- yilda nihoyasiga yetkazildi. Bu ekspeditsiya yerning dumaloqligini, uning katta qismi suv bilan qoplanganligini isbotladi. L.V. Torres boshchiligidagi ekspeditsiya esa 1605- yilda Avstraliyani kashf etdi.

Buyuk geografik kashfiyotlar ilm-fan uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi.


Uning natijasida geografiya, tarix, etnografiya va okeanshunoslik fanlari yangi xulosalar, ma'lumotlar bilan boyidi.

Bundan tashqari, bu kashfiyotlar tufayli yangi dengiz savdo yo'llari ochildi. Bu yo'llar O'rta Yer dengizidan Atlantika okeaniga ko'chdi. Bu esa, o'z navbatida, jahon savdosini vujudga keltirdi.

glossariy

  • Admiral(arabchadan "amiral -baxr" - "dengiz xo'jayini") - dengiz flotidagi harbiy unvon.
  • Karavella (oʻrta asrlarda ispan va portugallardauch yoki toʻrt machtali yelkanli kema)..
  • Vise- yordamchi, lavozim bo'yicha o'rinbosar.
  • Ochilish- izlanish, yutuqlar, bilim darajasidagi tub o'zgarishlar.

Savol va topshiriqlar

1. «Geografik kashfiyotlar» atamasiga izoh bering.

2. Qanday omillar Buyuk geografik kashfiyotlarga sabab bo'ldi?

3. Dengiz savdo yo'llarini ochish ishiga boshchilik qilgan X.Kolumb va F. Magellan haqida nimalarni bilib oldingiz?

4. Avstraliya qit'asi nechanchi yilda kashf etildi?

5. Buyuk geografik kashfiyotlarning ilm-fan taraqqiyotida tutgan o'rni haqida nimalarni bilib oldingiz?

6. Dunyo siyosiy xaritasidan dengiz sayyohlari borgan hududlarni aniqlang.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 8.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling