Buyuk ipak yo`LI


Download 51 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi51 Kb.
#1157439
1   2   3
Bog'liq
BUYUK IPAK YO`LI

Buyuk Ipak yo`li
So`g`diyonadan Xitoyga jun gazlama, gilam, zebziynat buyumlari va qimmatbaho toshlar olib borilgan; Baqtriyadan tuyalar, Farg`onadan zotli otlar, Badaxshondanla'l; Hindistondan O`rta Osiyoga ip-gazlama va paxta chigiti ortilgan karvonlar kelgan; Xitoydan guruch keltirilgan; O`rta Osiyodan Xitoyga uzum, yong`oq, anor vaboshqa dehqonchilik mahsulotlari tashilgan.
Buyuk Ipak yo`li Chjan Syan tavsifida
Miloddan avvalgi 138-yili Xitoy imperatori U-Di elchi Chjan Syanni ko`chmanchi xunn qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo`natadi.Xunnlar Xitoyning shimoliy tumanlarini talon-taroj qilar edilar.
Elchi xunnlar qo`liga asir tushadi va o`n yilcha hibsda yotadi. U asirlikdan qochib, Markaziy Tyan-Shan dovonlari orqali Issiqko`lga chiqadi. Norin daryosi bo`ylabFarg`ona vodiysiga keladi. Bu yerda o`zi uchun vodiydagi shaharlarni kashf qiladi. Bu shaharlar Farg`ona davlatiga qarashli ekanligini bilib oladi. Tabiiyki, elchiXitoyning xunnlarga qarshi kurashida Farg`ona hukm­dorining yordamini olmoqchi bo`ladi. Lekin Farg`ona hukmdori faqat savdo-sotiq aloqalarini o`rnatish istaginibildiradi. Chjan Syan janub sari sayohatini davomettiradi. Oloy vodiysidan o`tib yana xunnlar qo`liga tushib qoladi. Bir yildan keyin vataniga qaytadi. Elchi Xitoyimperatoriga ko`rgan-bilganlarini so`zlab beradi. U Xitoyga Farg`ona otlaridan birini va beda urug`idan olib kelgan edi. Bu otni xitoyliklar "samoviy" deb ataganlar.Imperator U-Di o`z saroyi yaqinida beda ektiradi. Keyinchalik u Xitoyning butun shimoli bo`ylab ekiladigan bo`ladi. Xitoyliklar anor, uzum, bodring va yong`oqekishni ham yo`lga qo`yadilar.
Chjan Syan yurgan yo`l bo`ylab miloddan avvalgi II—I asrlarda Xitoy mamlakatini Markaziy va G`arbiy Osiyo bilan bog`lovchi jahon ahamiyatiga ega Buyuk Ipakyo`li deb ataluvchi karvon yo`li o`tadigan bo`ldi. Farg`ona vodiysida Ipak yo`li ikki tarmoqqa bo`lingan. Birinchisi O`zgandan Axsi shahri, Qamchiq dovoni orqali(yozda) lloq vohasi va Toshkentga kelgan. Ikkinchisi janubiy tarmoq bo`lib, O`zgandan O`sh, Quva, Marg`ilon, Qo`qon orqali Xo`jand, Samarqand, Buxorogao`tgan.

Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling