Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bundan besh asr oldin tillarning oʻzaro chogʻishtirma tadqiqiga asoslangan “Muhokamatu-l-lugʻatayn”
Download 151 Kb.
|
qomusiy olimlar
A.Navoiy tilshunos olim
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bundan besh asr oldin tillarning oʻzaro chogʻishtirma tadqiqiga asoslangan “Muhokamatu-l-lugʻatayn”(“Ikki til muhokamasi”) monografiyasi bilan dunyo tilshunosligida mutlaqo yangi ilmiy yoʻnalish – komprativistikaga asos solgan edi. Alloma ushbu asari orqali chogʻishtirma tilshunoslikning tadqiq yoʻllari, tahlil usullari, metodologik asosini ishlab chiqdi. Hozirga qadar zamonaviy tilshunoslikda ushbu ilmiy izlanish oʻz oʻrnini, tahlil va tadqiq usullari, qadri va ahamiyatini yoʻqotgan emas. Lingvistika tarixida Alisher Navoiy boshlab bergan mutlaqo yangi ilmiy yoʻnalishga asoslangan komprativistik tadqiqotlar Ovrupoda XIX asrning birinchi yarmiga kelibgina yaratila boshladi; tilshunoslik tarixida qiyosiy-tarixiy tilshunoslik nomi bilan oʻrin egalladi. Hozirda ushbu yoʻnalish zamonaviy tilshunoslikning yirik sohalaridan biriga aylangan. Hazrat Navoiy ilmiy tafakkurining gultoji hisoblangan ushbu tadqiqot oʻzbek fani tarixida ham tengsiz maqomga ega. Ushbu asar bizgacha yetib kelgan ilmiy ishlar orasida oʻzbek tilida yaratilgan birinchi sof lingvistik ilmiy-tadqiqot hisoblanadi. Kezi kelganda qayd etish kerakki, Nizomiddin Mir Alisher Navoiyga qadar turkiy tillar tadqiqiga bagʻishlangan oʻnlab ilmiy asarlar yaratilgan. Biroq ular arab tilida yozilganligini hamda ularning katta boʻlagi oʻquv qoʻllanma xususiyatiga ega ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Navoiy ushbu asari bilan oʻzbek lafzida tilshunoslik boʻyicha ilmiy ish yaratish uslubini, yozma ilmiy bayon texnikasini yaratib berish bilan birga, uning ilmiy terminshunosligini ham ishlab chiqdi. Shu jihatlari bilan ushbu asar oʻzbek va jahon fani uchun gʻoyat qadrli fundamental tadqiqot sanaladi. Til bilan tafakkurning o‘zaro munosabati, birligi haqidagi masala falsafa tarixida ham, tilshunoslik tarixida ham eng muhim muammolardan hisoblanib keldi va kelmoqda. Til va tafakkurning o‘zaro munosabatini puxta bilish uchun dialektika qonuniyatlarini, til bilan jamiyat o‘rtasidagi aloqani puxta o‘rganish lozim bo‘ladi. Til bo‘lmasa, jamiyat a’zolari orasida ijtimoiy aloqa va munosabat ham, odamlar yashayotgan jamiyatning o‘zi ham bo‘lmas edi. Til vositasida bir-birimizning fikrimizni anglaymiz, kundalik ishlarimizni olib boramiz, narsa va hodisalarning mohiyatini chuqurroq bilib olamiz. Bu jarayon tafakkur yordamidagina amalga oshiriladi. Insonning amaliy faoliyati tafakkursiz kechmaydi. A. Navoiy til va tafakkur birligi haqida fikr yuritib, tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ta’kidlaydi. Til insonni hayvondan ajratuvchi «bebaho gavhar»dir: So‘zdurki, nishon berur o‘likka jondin, So‘zdurki, berur xabar jonga jonondin, Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, Bilki go‘hari sharifroq yo‘q andin. Navoiy bu fikrlarini chuqurlashtira borib, so‘zning ta’sir kuchi, uning katta ruhiy ozuqa va tarbiyaviy ahamyatiga yuqori baho beradi. Xususan, «Muhokamatul lug‘atayn» da shunday mulohaza yuritadi: «So‘z durrining ayirmasi bundan ham cheksiz va darajasi bundan ham nihoyatsizdir. Shundayki, yaxshi so‘zdan o‘lgan badanga toza ruh yetadi, unga jon baxsh etadi, yomon so‘zdan tirik tanga o‘ldiruvchi zahar xosiyati paydo bo‘ladi, kishini halok etishga olib boradi». Til tafakkurning ifoda qurolidir. Kishining ko‘ngli (fikri) daryodir, so‘z esa dur, so‘zlovchi g‘avvosdir. Dur xilma-xil bo‘lgani singari, so‘z ham har xil bo‘ladi. Ul kishi so‘z bahrida g‘avvosdir, Kim go‘hari ma’ni anga xosdur. Fayz harimida tajalli anga, Kim yoribon mash’ali ma’ni anga. So‘z mayini ul kishi osham etib, Kim duri ma’ni sadafin jom etib. So‘z so‘zlashdan maqsad ma’no ifodalashdir. Binobarin, «ma’ni adosida alfoz tilga kelur va alfozdin ma’ni fahm bo‘lur». U ma’noni birlamchi so‘zga, ikkilamchi deb qaraydi va ma’noga “so‘zning joni” deb baho beradi. Alisher Navoiy til va tafakkurni bir-biridan ajratmaydi, balki ularni uzviy birlikda oladi. O‘zbek tilini fors-tojik tili bilan chog‘ishtirib, uning fors tilidan qolishmasligini ko‘rsatib, o‘zbek tilida asarlar yozishga rag‘batlantirdi. A.Navoiy ikki tilni chog‘ishtirganda, 100 fe’lni keltirib, ularni tahlil qiladi. U o‘zbek tilini beqiyos xazina deb biladi. Masalan, fors-tojik tilida «girya kardan» birikmasi o‘zbek tilida yig‘lamoq, ingramoq, singramoq, yig‘lamsinmoq, sixtamoq, o‘kurmoq, inchkiramoq fe’llari bilan, «no‘shidan» so‘zi o’zbek tilidagi ichmoq, sipqormoq, tamshimoq so‘zlari bilan berilishini izohlaydi. Zohid ishqin desaki, qilgay fosh, Yig‘lamsiniru ko‘ziga kelmas yosh. Istamas davr ahlidin ishqingni pinhon aylamak, Kechalari gah ingramakdur, odatim gah singramak. Umuman, buyuk mutafakkirning til haqidagi qarashlari, til va nutq birligi hamda ushbu hodisalrni farqlay bilish xususidagi mulohazalari hozirgi kun tilshunosligi uchun ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, yana bir faktni nazardan qochirmaslik kerakki, Navoiy ona tilimiz boyliklaridan foydlanishni ham o‘z takomiliga yetkaza olgan. Bu esa hozirgi olim-u mutaxassislar, tadqiqotchilar va talabalarning tilga, shuning barobarida Navoiy hamda boshqa buyuk ajdodlarimiz merosiga yanada chuqur, ta’kidlash o‘rinliki, yangicha nazar bilan yondashishi zarurligini ko‘rsatadi. Download 151 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling