Buyuk yurtning baxtiyor farzandlari
Download 1.12 Mb.
|
ахборот соати 31 октябр
Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti 12-2mad-20 guruh talabalarining axborot va murabbiylik soati “Buyuk yurtning baxtiyor farzandlari” mavzusida o’tkazilgan davra suhbati BAYONNOMASI Buxoro shahri Qatnashdilar: 12-2mad-20 guruh 2022 yil 31-oktabr talabalari va tyutori L.Kamilova. KUN TARTIBI 1. “Buyuk yurtning baxtiyor farzandlari” mavzusida davra suhbati mazmun mohiyati to’g’risida 2022-yil 31-oktabr kuni Buxoro Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa va Madaniyat kafedrasi 12-2mad-20 guruhi talabalari bilan “Buyuk yurtning baxtiyor farzandlari”mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida Buxoro Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa va Madaniyat kafedrasi tyutori L. Kamilova va talabalar ishtirok etdilar. Davra suhbatida San’atshunoslik fakulteti tyutori L.Kamilova so’zga chiqib, kun tartibidagi masalaning mazmun mohiyatini talabalarga tanishtirib o`tdi. Keyingi vaqtlarda mamlakatimizda barcha sohalarda izchil davom ettirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi o‘laroq, xalqimizning turmush farovonligi tobora yaxshilanib, O‘zbekiston erishayotgan yuksak marralar jahon hamjamiyati tomonidan haqli ravishda e’tirof etilmoqda. Bu e’tiroflar Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillikka erishgan ilk yillarimizdanoq, rivojlanishning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘lining to‘g‘ri va oqilona tanlanganidan dalolatdir. Shu bois, bugun taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb atalayotgan mazkur yo‘ldan qat’iy va og‘ishmay olg‘a intilganimiz o‘zining yuksak samaralarini ro‘yirost namoyon etmoqda. Mamlakatimizda turli yillarning Oila yili, Sog‘lom avlod yili, Ona va bola yili, Yoshlar yili, Barkamol avlod yili, Mustahkam oila yili, Sog‘lom bola yili degan nomlar bilan atalib, yosh avlod kelajagi yo‘lida ulkan hajmdagi sa’y-harakatlar hayotga tatbiq etilayotgani bugun biz erishayotgan yutuqlarning mustahkam garovi bo‘lmoqda. Xususan, bu borada tadrijiy ravishda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli so‘nggi yillarda mamlakatimizda onalar o‘limi 3,1 baravar, go‘daklar o‘limi 3,2 baravar kamaydi. «Ona va bola skriningi» dasturi amalga oshirilishi natijasida tug‘ma nogiron bolalar tug‘ilishi 2000 yildan buyon 1,8 barobarga pasaydi. Bugungi kunda O‘zbekiston bolalarining 92 foizi rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti standartlariga to‘la mos keladi. Jahon e’tirofiga sazovor bo‘lgan onalik va bolalikni muhofaza qilish milliy modelining amalga oshirilishi tufayli O‘zbekiston dunyodagi bolalar salomatligi to‘g‘risida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan o‘nta mamlakat qatoridan joy oldi. YIG`ILISH YUQORIDAGILARGA ASOSAN QAROR QILADI 1.I-masala yuzasidan berilgan “Buyuk yurtning baxtiyor farzandlari” mavzusi talabalarga to’liq yetkazilganligi e’tirof etilsin. 2. “Buyuk yurtning baxtiyor farzandlari” mavzusida ko’proq davra suhbatlari va tadbirlar tashkil qilinsin. 3. Qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishni San’atshunoslik fakulteti 12-2mad-20 guruh tyutori L.Kamilova zimmasiga yuklatilsin. Bayonlashtirdi : L.Kamilova Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling