Buyuklar yashaydi qalblarda mangu
Download 26.86 Kb.
|
Buyuklar yashaydi qalblarda mangu
“ Buyuklar yashaydi qalblarda mangu “ nomli tadbir senariysi. Sinf xonasi bayramona bezatilgan .Alisher Navoiy surati qo`yilgan. Milliylikni aks ettiruvchi buyumlar ham qo`yilgan bo`ladi. 1)1-boshlovchi : Assalom Navoiy mo`’tabar ustoz. Xalqim e’zozlagan buyuk ajdodim, Assalom ajdodim buyuk alloma Yo`lim yoritguvchi porloq quyoshim . 2- boshlovchi ; Quyoshdek shu’la sochgan Bilimga keng yo`l ochgan Bizni erkalab quchgan Sizgadir ushbu kalom ,muallimlar assalom. 1-boshlovchi: Assalomu alaykum ,aziz mehmonlar.Qalbi quyosh ustozlar. Bugun she’riyat mulkining sultoni ,buyuk mutafakkir Amir Nizomiddin mir Alisher Navoiyning muborak ruhlarini shod etgani to`plandik. 2-boshlovchi:Alisher Navoiy hazratlari haqli ravishda Turkiy tilning asoschisidir .Hozirgi kunda yurtimiz bo`ylab Alisher Navoiyning 577 yilligi keng nishonlanmoqda .Bugun biz ham Navoiyni yod eturmiz. 2) She’rlar guldastasi; - Navoiy deganda quloqlarimga , Uzoq asrlardan bir nido kelur Navoiy deganda quloqlarimga , Qahraton qishda ham xush novo kelur. -Ko`p jahongir ko’rgan bu dunyo Barchasiga guvoh yer osti Lekin do`stlar se’r ahli aro Jahongiri kam bo’lar rosti. -Besh asrkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir she’r Temur tug’i yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher. 3) Alisher Navoiy haqida ma’lumot. Alisher Navoiy 1441-yil 9- fevral kuni hirot shahrida dunyoga kelganlar. Otalari G’iyosiddin Bahodir saroy beklaridan bo`lganlar .Shoir bolalik chog`laridanoq zehnlari o`tkir bo`lib ,4-5 yoshlaridan boshlab o`qish va yozishni o`rganib olganlar ,ko`plab g`azallarni yod bilganlar. 4) Sahna ko`rinishi (Navoiyga ism qo`yish marosimi ). 5) – Niyatlar ijobat bo`lib ,u ulug` donishmand , buyuk shoir va iste’dodli olim bo`lib yetishadi .Alisher Navoiy butun faoliyatini va ijodini odamlarning baxtu saodatiga ,ilm –fan taraqqiyotiga bag`ishladi . - Alisher Navoiy saroy muhitida voyaga yetdi .Bolalik chog`laridanoq olimu fozillar davrasida bo`ldi . -3-4 yoshida Qosim Anvarning she’rini yod aytib ,hammani hayratga soldi . Udo`sti Husayn Boyqaro bilan birga maktabga bordi . - Bo`lajak shoir Sa’diyning “Guliston “ , “Bo`ston “, Fariddin Attorning “ Mantiqut ut –tayr “ asarlarini zor ishtiyoq bilan o`qiydi va yod oladi . -U 12 yishida otasidan yetim qoladi va Abul Qosim Bobur saroyiga xizmatga kiradi . 15 yoshida shoir sifatida elga tanildi . Ijodda she’riyatning 16 xil janridan foydalanadi . - Xalq parvar Navoiy 52 ta rabot , 20 ta hovuz , 16 ta ko’prik , 9 ta hammom qurdiradi . - Navoiy bobomiz o`zbek ,fors tillarini mukammal bilganlar . Forschada “ Foniy ” O`zbekchada “ Navoiy “ taxallusini berganlar . 6) Sahna ko’rinishi : ( Navoiynig maktabga borishi ) 7) Navoiy hikmatlaridan namunalar. - Haq yo`lida senga bir harf o`qutmish ranj ila , Aylamak bo’lmas ado oning haqqin yuz ganj ila . -Er kishiga zebu ziynat hikmatu donish durur, Yaxshi kiymak birla xotunlarga oroyish durur. -El aybini ayturg’a birovkim ,uzotur til , O`z aybini fosh aylagali til uzotur bil . -Ilm o`qub ,qilmag`on amal maqbul, Dona sochib ,ko’tarmadi mahsul. -Bilmaganni so`rab o`rgangan olim , Orlanib so`ramagan o`ziga zolim. -Befoyda so`zni ko`p aytma , Foydali so`zni ko`p eshiturdan qaytma. -Yomon bila yaxshi orasida ko`p farqdur Ikki kemaning uchini tutgan g`arqdur. -Bilmaganni so`rab organgan olim, orlanib so`ramagan o`ziga zolim. -Boshni fido ayla ato qoshig`a Jismniqil sadqa ano boshig`a Ikki jahoninga tilarsen fazo Hosil et ushbu ikkisin rizo Tun-kuningga aylagali nurfosh Birisin oy angla birisin quyosh. 8) Shoirlar nazmida Navoiy madhi . - Donolarning donosi Chor devonni yaratgan O`z asrining dahosi Xamsani ham sayratgan Nazm odam otosi Dunyolarni qaratgan Bu Navoiy bobomdir. Bu Navoiy bobomdir. -Sizning poyingizda jannat nafasi, Tarix dunyosining orzu –havasi. Bitdingiz Farhodning hayot chashmasin Hazrat qalbingizda qasr she’riyat Qasrkim har bitta ustuni hikmat Ozbegim dovrug`in ko`kka eltdingiz Unmagan niholni chinor etdingiz, Buyuklik shahrining sultoni bo`lib, Qalblarda abadul abad qoldingiz, Hazrat qalbingizda qasr she’riyat Qasrki har bitta ustuni hikmat . - Qancha zamon o`tdi , qancha jang –jadal Qancha shoir o`tdi bitib g`azal she’r Lekin ko`ngillardan mangu ko`chilmas She’rlar bitgan edi bobom Alisher G`azali kirmagan bir yurak yo`qdir. Faromush bo`lmaydi hatto bir so`zi . Uni anglamoqlik o`zni bilmoqlik Axir Navoiy bu millatning o`zi. Hech unut bo`lmagay , hech bir ash’ori Ko`z Yoshi to`kishib o`qishar hamon . Dostonlari dildan joy olar chuqur. Uni o`chirolmas hech kim hech zamon. -Mir Alisher Navoiy Mir Alisher Navoiy Mir Alisher Navoiy Bobomiznig kitobi G`azal mulkin sultoni Me’rosi tamom bo’lma Yoritar dilimizni Yaxshilikka chorlaydi Nabiralar bor ekan Misli bahor oftobi. Uning she’ru dostoni. Bobomiz nomi o`lmas 9) Sahna ko`rinishi (Navoiy bilan lutfiy suhbati ) 10) Navoiy g`azallaridan parchalar. - Qaro ko`zum kelu mardumlig` Emdi fan qilg`il Ko`zum qarosida mardum kibi vatan qilg`il Yuzing gulig`a ravzasin yasa gulshan Qadding niholiga jon gulshanin chaman qilg`il Takovaringg`a bag`ir qondin hino bog`la Itingg`a g`amzada jon rishtasin rasan qilgil. -Yuzung visolig`a etsun desang ko`ngullarni Sochingni boshdin oyog` chin ila shikan qilgil Yuzida terni ko`rub o`lsam ey rafiq meni Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilgil Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang Aning boshog’lig’ o`qin shqm’i anjuman qilg`il. -Ko`rgali husnungni zoru mubtalo bo`ldum sanga Ne balolig` kun edikim oshno bo’ldum sanga Har necha dedimki kun –kundin uzay sendin ko`ngul Vahki kun-kundin battarak mubtalo bo`ldim sanga Men qachon dedim vafo qilg`il manga zulm aylading Sen qachon deding fid obo`lgil mongo , bo`ldum sanga Qay paripaykarg`a dersen telba bo`lding bu sifat. Ey pari paykar qilsang qil mango, bo`ldum sanga Ey ko`ngul tarki nasihat ayladim ,avvora bo`l Yuz balo etmaski men ham bir balo bo`ldum sanga Jomi jam birla Xizr suyi nasibim dir mudom Soqiyo to tarki joh aylab gado bo`ldum sanga G`ussa changidin navoye topmadim ushshoq aro To Navoiydek asiru benavo bo`ldum sanga . -Mehr ko`p ko`rguzdim ammo mehribone topmadim Jon base qildim fido oromijone topmadim . G`am bila jonimg`a yetdim , g`amgusore topmadim Hajr ila dilxasta bo`ldim , dilistone topmadim Ishq aro yuz ming malomat o`qiga bo`ldim nishon Bir kamon abro`da tizlikdin nishone topmadim . -Ko`nglum ichra sarv o`qdir g`uncha paykon gul tikan Dahr bog`i ichra mundog` gulistone topmadim Husn mulki ichra sendek shohi zolim ko`rmadim Ishq kuyida o`zimdek notavone topmadim -Ko`p o`qudim Vomiqu Farhodu Majnun qissasin O`z ishimdin bul ajabroq dostone topmadim Ui ammon ichinda bo`lsin , ey Navoiy garchi men Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim Tab’ ganjidin maoniy xurdasin , yuz qatla hayf Kim nisor etmakka shohi xurdadone topmadim. 11) Raqs (Navoiy g`azaliga). 12) Buyuk insonlarning Alisher Navoiyga bergan ta’riflari : -O`zbeiston Respublikasining birinchi prezidenti I . A . Karimov hazrat Navoiy haqida shunday deydilar .”Agar bu zotni avliyo desak , u avliyolarning avliyosi , mutafakkir desak , mutafakkirlarning mutafakkiri , shoir desak , shoirlarning sultonidir”. -Mirzo Bobur shunday deydilar : Alisherbek Benazir inson edi .Turkiy til birla she`r aytibdurlar ,hech kim oncha ko`p va xo`p aytgan emas. - Munis ta’riflagandek: Navoiyki jahongir turur, Munisga maoniy yo`lida turur. -Akademik Bertelis o`z hurmatini shunday so`zlar bilan namoyon etadi: Shoirlar bo`ladiki ,bizni o`zlariga ta’zim qilishga majbur qiladilar , lekin ba’zan kishi ijodkor oldida shoshib qoladi :uning dahosi oldida ta’zim qilish bilan birga ,uni inson sifatida buyuk muhabbat bilan sevishni ham bizdan talab qiladi .Mir Alisher Navoiy ana shunday ulug` inson va shoir edi . 13)Alisher Navoiy ruboiylaridan . -Maydoni sahro ichra jalodat ko`rguz, Topqonni berur amrig’a odat ko’rguz . Buxul aylasa nafsingg`a adovat ko`rguz, Har nimaiki topilsa saxovat ko`rguz . -So`zdurki ,nishon berur o`likka jondin , So`zdurki , berur jong`a xabar jondin . Insonni so`z aylab judo hayvondin , Bilki guhare sharifroq yo`q ondin -Tuxum yerga kirib chechak bo`ldi , Qurt jondan kechib ,ipak bo`ldi . Lola tuxmicha g`ayrating yoqmi ? Ipak qurticha himmating yo`qmi ? -G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish. Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa Bulbulg`a tikandek oshiyon bo`lmas emish . -Jondin seni ko`p sevarmen ey umri aziz Ondin seni ko`p sevarmen ey umri aziz Har nenikim sevmak ondin ortiq bo`lmas --------------------------------------------------- 14) “Xamsa” haqida ma`lumot. -Hirot tuprog`ida voyaga yetgan “Qush tili yo`llarini munavvar etgan. Yillar to`zonidan sog` omon o`tgan , Navoiy bobomlar buyuk odamlar. “Xamsasi “ ko`ngilni shamdek yoritgan . Tilimizni ko`rkam boy etgan Mag`ribu mashriq ham iftixor etgan Alisher bobomlar qutlug` odamlar Dostonlari chiqmqgay yoddan So`rang Majnun ,Qaysdan ,Farhoddan, Layli ,Shirin qaddi shamshoddan Navoiy bobomlar buyuk odamlar. --Alisher Navoiy bizga ulug` ma’naviy xazina 5 dostondan iborat xamsa asarini yozib qoldirganlar. Asar 1483-1485 yillarda yozilgan . -Asar 26 ming 415 baytdan iborat bo`lib ,”Hayrat ul –abror”,”Layli va Majnun “, “Farhod va shirin “, “Sabbai sayyor”,”Saddiy Iskandariy” dostonlarni oz ichiga oladi .
-Men yaxshi anglayman , moziy ne demak. Tarixda har kimning bor o`z zamoni Lekin tanimizda kezar-ku beshak Olis bobolarning ming yillik qoni . --Menga Pushkin bir jahonu Menga Bayron bir jahon Lek Navoiydek bobom bor, Koksi osmon Ozbegim. -So`zingiz buyukdir , o`zingiz buyuk . Buk me’rosingiz iftixorimiz Biz uchun har nedan ortiqroq suyuk Yozgan asaringiz , aytgan so`zingiz Yurakdagi faxrim g`ururim sizsiz Bobojon ruhingiz bizni qo`llasin Avlodlar qalbida so`nmas sham kabi. 1-boshlovchi: Biz shunday ulug` bobokalonimiz borligidan faxrlanamiz. Bugungi tadbirimiz Buyuk bobomiz Navoiyga bo`lgan ehtiromimizning bir ko`rinishidir. Bugun oz bo`lsa ham Navoiy bobomiz ruhini shod eta olgan bo`lsak ,o`zimizni baxtiyor hisoblaymiz. 2-boshlovchi : Aziz ustozlar ,hurmatli mehmonlar , shu bilan shoir Mir Alisher Navoiy Bobomiz tavalludiga bag`ishlangan Tadbirimiz o`z nihoyasiga yetdi . Xayr sog` bo`ling. Download 26.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling