Buyuklarga munosib farzand bo'laylik”shiori ostidagi “Amir Temur vorislari” nomli ko'rik tanlovning Nizomi


Download 18.48 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi18.48 Kb.
#227628
Bog'liq
A.Temur tanlovi Nizomi


Buyuklarga munosib farzand bo'laylik”shiori ostidagi “Amir Temur vorislari” nomli ko'rik tanlovning Nizomi.

1.Umumiy qoidalar

1.1.Mazkur Nizom O'rta maxsus ta'lim muassasalari o'quvchi o'rtasida“Amir Temur vorislari”tanlovini o'tkazishni belgilaydi.

1.2.Tanlov ta'lim muassasalari o'quvchilarining Tariximiz haqidagi bilimlari,ongi va madaniyatini yuksaltirish,ularni Milliy tariximizga hurmat ruhida tarbiyalash,yoshlarning erkin fikrlash qobiliyati va nutq madaniyatini o'stirish,iqtidori yuksak o'quvchilarni aniqlash va ularni rag'batlantirish maqsadida o’tkaziladi.

2.Ko'rik-tanlovning maqsad va vazifalari.

2.1.Ko'rik-tanlov yoshlarning tariximiz haqidagi bilimlari,ongi va madaniyatini yuksaltirish,ularni Milliy Tariximizga hurmat ruhida tarbiyalash,yoshlarga erkin fikrlash qobiliyati va ularning buyuk ajdodlarizmizning faoliyatlari haqidagi bilimlarini yanada mustaxkamlash,ularda Vatanga muhabbat,kelajakka ishonch ruhini shakllantirish,iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni rag’batlantirish maqsadida tashkil etiladi.



3.Ko'rik-tanlov shartlari.

3.1. Ko'rik-tanlovda qatnashuvchi Jamoa tarkibi 5 nafar ishtirokchidan iborat bo'lishi lozim.

3.2. Ishtirokchi jamoa o'z nomiga,kiyimiga va timsoliga hamda ko'krak nishoniga ega bo'lishligi kerak.

3.3.Ishtirokchi jamoalar barcha shartlarda belgilangan qatiy reglament tartibida bellashadilar.

3.4.Tanlov 4ta shart asosida o'tkaziladi.

3.5. Tanlovning 1-sharti “Tanishtiruv” sharti bo'lib bunda guruhlar o'zi taxsil olayotgan ta'lim muassasasida milliy tariximizni yuksaltirishga borasida yaratilgan sharoitlar,ilmiy ijod va izlanishlar uchun mavjud imkoniyatlar jamiyatda madaniyatni yuksaltirish hamda O'zbekiston Respublikasida turizmni rivojlanishi haqidagi takliflarini ko'rgazmali tarzda namoyish etishlari kerak bo’ladilar.Xakamlar hayati jamoalarning o'zini tanishtirishi,kiyimiga,jamoa nomiga,ko'krak nishoni va timsollarini tariflashiga qarab baholaydilar.

1-shart bo'yicha 5 daqiqa vaqt 5 ballik tizmda baholanadi.

3.6.Tanlovning 2-sharti“Temuriylar davri bilimdoni"sharti bo'lib bunda har bir guruhning sardori tanlovning tashkiliy ishchi guruhi tomonidan guruhlar Soniga mos ravishda tayyorlangan maxsus konvertlar ichidan bittasini tanlaydi.Konvert 5 ta savoldan iborat bo'ladi.Konvertda Amir Temur va Temuriylar sulolasining hayot yo'li va faoliyatiga oid savollarga Javob berishlari kerak bo'ladi.Savollarga har bir guruhda bir nafar yoki jamoa bo'lib maslaxatlashgan holda Javob berishlari mumkin.

2-shart bo'yicha tayyorlanish uchun 1 daqiqa Javob berish uchun esa 3 daqiqa vaqt ajratiladi 5 ballik tizimda.

3.7.Tanlovning 3-sharti “Tarixiy siymolar” sharti bo'lib bunda jamoalar Buyuk ajdodlarimizning obrizlarini,siymolarini yaratishlari kerak bo’ladilar.Ushbu shartda ishtirokchilar nafaqat Temuriylar hayotini balki boshqa buyuk shaxslarning siymolarini yaratishlari mumkin .Jamoa a’zolari ushbu shaxslarning yaratilgan siymo orqali ijodidan namuna aytishlari kerak bo’ladi. Bu shartda jamoa a’zolarining o'ziga xosligi,milliyligi mazmundorligi,yangiligi talab etiladi.

Shartda chetdan ishtirokchilar jalb etilmaydi.

3-shart bo'yicha 5 daqiqa 5 ballik tizimda.

3.8.Tanlovning 4-sharti”Mohir qo’llar sharti hisoblanib ushbu shart jamoalarga uyga vazifa sifatida beriladi.Ushbu shartda jamoalar Tarixiy-me’moriy obidalar yoki Temuriylar davriga oid bo’lgan qurol aslahalarni (Maketlarini) Qo’l mehnati yordamida avvaldan tayyorlab kelishlari kerak bo’ladi .Ushbu shartda jamoalar tayyorlab kelgan namunalarini qaysi davrga oid ekanligi qanday taribda yasalganligi va kerak bo’lgan jihozlarni sanab o’tishlari kerak bo’ladi.Ijodiy namunalarning sifatiga jiddiy e’tib qaratilishi lozim.

4.Ko'rik-tanlov ishtirokchilarini baholash va g'oliblarni aniqlash.

4.1. Ishtirokchilar jamoalar har bir tur bo'yicha o'z chiqishlarini yakunlagandan so'ng hakamlar hayati tomonidan o'rganib chiqilib baholanadi va hakamlar hayati tomonidan xulosalar beriladi.

4.2. Hakamlar hayati ko'rik-tanlov Ishtirokchi jamoalar ishini ochiq ovoz berish yo'li bilan baholanadi.

4.3.Baholash mezoni:

-Jamoani o'zini tanishtirish mahorati

-Ishtirokchilarni sahnada o'zini tutish madaniyati va notiqlik mahorati.

-Ishtirokchilarni tarix haqidagi bilimlari.

4.4. Tanlov g’oliblari I,II,III, darajali diplom va qimmatbaxo esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar

4.5. Tanlov yakuniga ko’ra hakamlar hayati tomonidan turli nominatsiyalar bo’yicha g’oliblar aniqlanishi hamda ular faxriy yorliqlar bilan rag’batlantirilishi mumkin.

5.Hakamlar hay’ati.

5.1.Ko’rik-tanlov ishtirokchi jamoalarin ishini baholash va g’oliblarni aniqlash maqsadida 5 kishilik tarkibdan iborat Hakamlar hayati tuziladi.



5.2. Hakamlar hay’ati Tuman yoshlar ittifoqi Kengashi,Xalq Ta’limi bo’limi ,Adliya bo’limi,Madaniyat bo’limi xodimlaridan tarkib topadi.
Download 18.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling