Buyumlar bilan bajariladigan mashqlar tasnifining biomexanik asoslari
Garchi badiiy gimnastikada buyumlar turli shaklga, fakturaga, o'lchamga ega bo'lib, har bid o'ziga xos yondashuvni harakatlanayotgan bo'ladi, shu boisdan ushbu harakatlarni alohida guruhga ajratish biomexanika nuqtai nazaridan ma'qul emas.
Shunday qilib, buyumlar bilan bajariladigan mashqlarning biomexanik qonuniyatlariga tayangan holda, quyidagicha tasniflash maqsadga muvofiqdir:
l.Saqlab turish va balans.
2. Aylanma harakatlar.
3.Figurali harakatlar.
4.Uloqtirma harakatlar.
5.Dumalama harakatlar.
Ayni paytda, buyumlar bilan bajariladigan «mayda ishlar» manipulyatsiyalar deb ataladi.
Buyumlar bilan harakatlar xuddi tana harakatlari kabi, odatda, beshta bosqichga ajratiladi:
Boshlang'ich holat (boshlang'ich bosqich).
Tayyorgarlik harakatlari (tayyorgarlik bosqi.chi).
Asosiy harakatlar (boshlang'ich bosqich).
Amalga oshirish bosqichi.
Yakunlovchi bosqich.
Buyumlarni uloqtirish va ilib olish bundan mustasno bo'lib, ular fazalarning ikki karra ko'paytirilgan sonidan iborat qo'sh harakat sifatida baholash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |