Buyumlar va ularning turlari


Siltash texnikasi asoslari va tuzilishi


Download 149.5 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi149.5 Kb.
#1472310
1   2   3   4
Bog'liq
BUYUMLAR VA ULARNING TURLARI

Siltash texnikasi asoslari va tuzilishi.
Harakat tuzilishi, mushak koordinatsiyasi va biomexanik tavsifi bo'yicha siltashlar, to'lqinlar va ballistik xarakterdagi tezkor siltash harakatlari orasidagi holatni egallaydi.
Siltash, uning xarakterli tavsifi shakliga qarab ikki asosiy harakat fazasini o'z ichiga oladi.
Birinchi faza - asosan ishni bartaraf qilishda faol harakat-lanadigan bo'sh a'zolar harakatini tezlashtirish. Boshlang'ich tezlik qancha katta bo'lsa, mazkur fazada harakatni boshlash uchun beriladigan impuls qancha kuchli bo'lsa, yaxlit siltashni bajarish jismonan qiyin bo'ladi.
Ikkinchi faza - tana a'zolarining inertsiya bo'yicha siltanib ha-rakatlanish. Shu yo'sinda hozirgina faol fazoda harakatlangan mushaklarga chekinuvchi tartibda ishlab turib asta-sekin bo'sha-shadi yoki bir oz zo'r berib, erta boshlagan harakatini oxirigacha davom ettiradi. Siltashning mazkur fazasi xuddi «natijaviydir». Bu yo'lda harakatning birinchi fazasida sarf qilingan kuch bevosita amalga oshiriladi.
Agar siltash murakkab ko'p bo'g'imli harakterga ega bo'lsa, uning ikkinchi fazasida ancha «tezkor» periferik a'zolar muntazam ravishda boshqa a'zolarni og'irligi ortib boradi, siltash tezligi qonuniy ravishda kamayadi.
To'lqinsimon va siltashsimon harakatlami solishtira turib, ulaming farqini aytib o'tish zarur.
Siltashlarning ma'lum xususiyatlaridan biri - rnazkur harakat uchun kerak bo'lgan asosiy kuchning bir vaqtda va bir lahzada kelishidir (siltashning birinchi fazasidagi asosiy harakatga qarang). Ular bilan to'lqinsimon harakatlami solishtirganda kuchning uzluk-sizligi va doimiyligi muhimdir.
Agar siltashda harakatni hammasini bajarish uchun bosh­lang'ich portlovchi kuch ko'pincha yetarli darajada bo'lsa, unda to'lqinni bajarish uchun uning oxirigacha faol harakat qilish zarur.
Shu bilan birga, keltirilgan farqlarga qaramay to'lqin, siltash, uloqtirish va shunga o'xshash harakatlar orasida aniq chegara yo'q.
Chunki bu harakatlaming texnik tuzilishi, belgilari ko'pincha bir harakatda yoki shunga o'xshash oddiy elementlarning ketma-ketligida birlashadi. •
Ba'zida bo'g'imlarda kichik amplitudada tezkor to'lqinni oddiy siltashdan ajratish qiyin, tana yoki qo'l va oyoqlar bilan erkin siltash harakatlarini bajarishda esa to'lqinga ozmi-ko'pmi o'xshash harakatlar bo'ladi.
Nihoyat, siltashlar murakkab harakatda boshqa turdagi hara­katlar - burilishlar, sakrashlar, uloqtirishlar bilan birlashadi. Bunday holatda siltashni bajarish malakasi (qanday va butun bir harakatni bajarish sharoiti) zarurat tufayli murakkablashadi. Masalan, o'zgaruvchan sharoitda muvozanat saqlash, buyum bilan manipulyatsiya qilish va boshqalar.
Quyida ba'zi siltash turlari keltirilgan.
Yaxlit siltash - bu tur eng murakkab harakat turlaridan biri. Ularni bajarganda tananing barcha a'zolari ishtirok etadi. Qoi-dadagidek, yaxlit siltash - tizza, tos-son va umurtqalararo a'zolarni yozishga asoslangan harakatdir.
Gavda bilan siltash o'zida yaxlit to'lqinning bir «qismi»ni aks ettiradi.
Qo'llar bilan siltash - badiiy gimnastikada keng qo'lani-ladigan ifodali plastikaning muhim elementidir. Ular to'lqinlar va qo'llarning turli «mayin» harakatlari bilan birga panjalar bilan ifodali harakatlami to'ldiruvchi qo'llar harakati «tili»ni tashkil qiladi.
Oyoqlar bilan siltashlar - oddiy qo'llar bilan siltash harakati, lekin ifodali imkoniyatlari va oyoq bilan siltash turlari qo'l bilan siltashga nisbatan chegaralangan.
Oyoq bilan siltashni bajarganda gimnastikachining harakat sifatlari: kuchli, tezkor harakatlarni amajga oshirish, tos-son bo'g'i-mi harakatchanligi, bo'shashish va erkin harakat qila olish qobi-liyatlari namoyon bo'ladi.Oyoqlar bilan siltashning asosiy turlari siltanuvchi oyoqning harakat yo'nalishi va harakteriga bog'liqligiga qarab ajratiladi. Bu siltashlar oldinga, yonga, orqaga, shu bilan birga aylanma siltashlardir.

Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling