Buyumlar va ularning turlari


Download 149.5 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi149.5 Kb.
#1472310
  1   2   3   4
Bog'liq
BUYUMLAR VA ULARNING TURLARI


BUYUMLAR VA ULARNING TURLARI

Reja:




  1. Buyumlarsiz bajariladigan mashqlar tasnifi

  2. Oddiy mashqlar va ularga tavsif

  3. To'lqinlar, siltashlar

Buyumlarsiz harakatlanish - badiiy gimnastikadagi barcha musobaqa mashqlarining asosidir. Ular mustaqil mashqlar sifatida gimnastikachilarning majburiy va ixtiyoriy dasturiga kiradi, bundan tashqari, buyumlar bilan bajariladigan barcha mashqlar asoslangan zarur harakat bazasi hisoblanadi.
Buyumlarsiz bajariladigan mashqlar tasnifi
H ozirgi paytda buyumlarsiz bajariladigan mashqlar bir qancha turlarga bo'linadi. (1-jadval)
1-jadval



Akrobatik va yarimakiobatik
Iiarakatlar
Mashqlarning bu turlarini ikkita sinf elementlariga bo'lish mumkin. Bulardan biri oddiy mashqlar, ikkinchisi murakkab mashqlardan tashkil topgan.
Oddiy mashqlar ancha osonroq bo'lib, ko'pincha ular kom-binatsiyada biriktiruvchi harakat rolini o'ynaydi. Bu eng awalo
yurish va yugurish turlari, oddiy irg'ishlarni o'zgartirish va shunga o'xshashlar.
Murakkab mashqlar sinfiga shartli ravishda bir muncha murakkab harakat malakalarini paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lgan elementlar kiradi. Bu mashqlar to'lqin, burilishlar, muvozanatlar, sakrash, yarimakrobatik va akrobatik xarakterga ega elementlarga o'xshash mashqlardir.
Oddiy mashqlar va ularga tavsif

Oyoq uchida, yarim cho'qqayib, o'tirib, o'tkir qadam bilan, tovondan oyoq uchiga asta o'tish bilan qadamlash, prujinasimon qadam bilan, baland qadam bilan, yumshoq qadam bilan, tashla-nishlar bilan yurish va boshqalar.


Yugurishning stilizatsiyalangan (ma'lum uslubga solingan) shaklidan ham shu sifatda foydalaniladi, lekin, bundan tashqari, birikmalarda sakrashga, tezkor burilishlarga, dumalashlarga tayyorlovchi harakat sifatida ham qo'llaniladi. Badiiy gim-nastikada qo'llaniladigan yugurishning turlari o'tkir, baland tashlanishlar bilan, keng, qisqa qadamlar bilan (oyoq uchida) yugurishlardir.
Parter holati - mashqlarni ifodali elementlari sifatida ishlatiladigan oddiy holatdir. Bular turli (poza) holatlar, masalan o'tirish, tayanish, chalqancha, qorin bilan, yon bilan yotishga o'xshash holatlar bo'lishi mumkin.
Qoidaga ko'ra, parter holati tashkiliy ritmik, bir qator plastik birikmalar tarkibiga kiradi. Shuning uchun statik parter holat kam uchraydi, bu ko'pincha bog'lovchi holat hisoblanadi.
Parter holatni bajarish bog'lovchi harakatlarga qo'yilgan talab-larga javob berishi kerak. Ko'pincha parter holatni yakuniy holati va eng muhimi keyingi harakatlar uchun dastlabki holat sifatida ko'rish mumkin.
Bo'shashtiruvchi harakatlar ham ifodali vositalardan iborat oddiy harakatdir. Parter holat kabi dinamik sakrash va yugurish-larning aksi bo'lib, tezkor, keskin, zo'r beruvchi elementlarga
qarshi turuvchi bo'shashtiravchi harakatlardir. Bo'shashtiravchi harakatlardan qo'llar, gavda harakatidagi kabi «yirik» elementlar harakatida (egilishlarda, muvozanat saqlashning final fazasida va boshqalar) ham foydalanish mumkin. Bo'shashtiruvchi harakatlar boshqa turdagi mashqlar bilan olib borilishi mumkin.
Bo'shashtiruvchi harakat elementlari boshqa guruh mashq-larining ko'pchiligi uchun xarakterlidir. Bu harakatni erkin, tabiiy bajarish zarurati bilan bog'liq. Haddan ortiq zo'r berish - nafaqat harakat texnikasining yetishmasligi, ifodali nuqtai nazardan uning takomillashmaganligi belgisidir.
Gimnastikachi eng awalo malakaning shakllanmaganligi va harakat koordinasiyasining yaxshi emasligidan darak beradi. Fiziologik nuqtai nazardan buning aniq sabablari «tonik zo'riqish», gimnastikachi mushaklarini yetarli darajada tez bo'shashmasligi, «koordinatsion zo'riqish»dir. Birinchisi ma'lum bir mashq va mashq turini bajarishda uchraydi. Ikkinchisi gimnastikachidan tayyorgarlik darajasining umumiy belgisi sifatida chiqadi.
Badiiy gimnastika mashqlarini ijro etishni takomillashtirishda, harakatni bajarish paytida band bo'lmaydigan mushak guruhlarini tabiiy bo'shashtirib, erkin harakatga erishish juda muhim hisob-lanadi.
Bunda ginastikachi tanasi a'zolariga birinchi bo'lib qo'llar va oyoqlar holatlariga e'tibor beriladi.
Ballistik harakatda, masalan oyoqlar, boshida tana a'zolarini faol tezlashish fazasida antogonist - mushaklar ishlaydi, keyin esa ular bo'shasha turib tana a'zolarini inertsiya bo'yicha erkin ha-rakatlanishga imkon beradi. Bunday harakat koordinatsiyasining buzilishi (masalan, antogonist - mushaklami asossiz zo'riqishi yoki ular kechikib bo'shashishi) butun bir harakat strukturasini buzilishiga olib keladi.



Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling