Buyumlar va ularning turlari


Download 149.5 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi149.5 Kb.
#1472310
1   2   3   4
Bog'liq
BUYUMLAR VA ULARNING TURLARI

To'lqinlar, siltashlar

To'lqinlar va siltashlar - buyumlarsiz va buyumlar bilan bajariladigan mashqlarda keng qo'llaniladigan ifodali elementlar sifatida xarakterlidir. Stilistik yakunlangan to'lqinlar va siltashlar gimnastikachidan juda yaxshi harakat koordinatsiyasini talab qiladi.


Bu ayniqsa, tananing barcha a'zolari ishtirok etadigan, tananing katta a'zolaridan boshlanib qo'l barmoqlari bilan tugatilib bajariladigan harakatlarga ya'ni, yaxlit to'lqinlarga tegishlidir. To'lqinlar va siltashlarga o'xshash mashqlarda ayniqsa gimnastika harakat elementlarining ayrimlari orasidagi bog'liqlik, ularning tutashligi, shu bilan birga gimnastikachining mushak apparatiga zo'r berish va birlashtirishni navbatlashtira olish qobtiliyati ko'rinib turadi.
To'lqinlar va siitashlarning tasnifi
Mazkur mashqlarni turlari 2-jadvalda ko'rsatilgan. Ko'rinib turibdiki, mazkur mashqlar turlari to'lqinlar va siltashlarni bajarishda qanday tana a'zolari ishtirok etishi va ularning asosiy harakat yo'nalishiga bog'liqdir.
Mazkur mashqlarning keyingi konkret mashqdagi harakat
koordinatsiyasi va mashqning harakat tarkibi va uning
murakkabligiga bog'liq. I
4.3.2 To'lqinlar texnikasining tuzilishi va asoslari
Yaxlit toMqin. Pastdan harakatlanish bilan boshlanadigan to'lqinlar eng ko'p uchraydigan to'lqinlar hisoblanadi. Yuqoridagi tana a'zolari harakatiga beriladigan boshlang'ich «impuls» berilganda bajariladigan teskari to'lqin kam uchraydi. Quyida sogital va frontal o'qida tana a'zolari harakati bilan ijro etiladigan eng ko'p uchraydigan to'lqinlar to'g'risida qisqa bayon etiladi.
Oldinga to'lqin bajarish (1-rasm). Harakat «dumaloq» yarim cho'qqayib o'tirishdan boshlanadi. To'lqin tizzalarni oldinga harakatlantirishdan boshlanadi (1-2- kadr), bundan keyin to'lqinga tos qo'shiladi va oldinga siljib (2-4- kadr), bel, tananing ko'krak qismi (3-4- kadr) va nihoyat gimnastikachining yelkasi (4-6- kadr) bilan bajariladi. Harakatlanish uchun to'lqinning boshida boshni pastga egish (1-4- kadr) , keyin muntazam ravishda ko'tarish o'ziga hosdir (4-6- kadr). Bu harakat to'lqinga chiroyli kun yasovchi ifodali harakat elementi bo'libgina qolmay, balki, texnik maqsadga muvofiq paytdir: boshni egish holati asosan tanani bukilish fazasida, tik tutish holati esa kerishish fazasida keladi. Bosh va asosiy tana a'zolari bo'g'imlari harakatining bunday bog'liqligi tabiiydir.
1 -rasmda ko'rsatilgan qo'llarning harakati ehtimolga yaqin bo'lib, u mazkur holatda yengil, erkin siltashni o'z ichiga oladi.
Orqaga to'lqin sagital o'qda bajariladi u tananing yuqoridagi a'zolaridan boshlanadi: orqaga egilishga Pastki a'zolar qo'shiladi, gimnastikachi gavdani to'g'irlamasdan oldinga egilib yarim cho'qqayishga o'tadi undan keyin esa gavdani rostlaydi
Yonga to'lqin mazkur to'lqindagi harakat ketma -ketligini gimnastikachining bo'ksasi orqali kuzatishimiz mumkin: dastlabki holatdan chap oyoqqa turib, o'ng oyoq yonda oyoq uchida turib gimnastikachi o'ngga egilib yarim cho'qqayadi, shunda bo'ksa chapga harakatlanadi. Keyin og'irlik asta-sekin ikkala oyog'ga o'tkaziladi va bo'ksa o'ngga harakatlana boshlaydi.Bundan keyin tana og'irligini o'ng oyoqqa o'tkazib, gimnastikachining o'ngga-yuqoriga harakatlanadi .To'lqinning yakunida gimnastikachi dastlabki holatga o'xshash, lekin o'ng oyoqda turib chap oyoq yonda oyoq uchida turib tugatadi. xuddi shu harakat yon tomondan
ko'r-satilga



Gavda va qo'llar bilan to'lqin. Yaxlit to'lqinni bajarishda tananing barcha a'zolari ishtirok etadi. Bunda tana, qo'l va hatto panjalarning harakati ma'lum darajada «to^qinli» koordinatsiyaga bo'ysimadi. Keyinchalik bu harakatlar alohida bo'lib o'zida to'lqinsimon harakatlarni namoyon qiladi.
Gavda bilan to'lqin asosan yaxht to'lqinga o'xshab bajariladi. Gavda bilan to'lqinni bajarish uchun umurtqa pog'onasining bel va ko'krak qismlari egiluvchanligi yaxshi bo'lishi kerak, aks holda bajarish keskin qiyinlashadi.
Qo'l bilan to'lqin yaxlit to'lqindan alohida va ular bilan birga bajarilishi mumkin. Gimnastikachining qo'llari - qo'l bo'g'imlari-ning barchasidan muntazam «o'tib keladigan» to'lqinsimon hara-katni o'z ichiga olgan ochiq kinematik zanjirdir.Qo'llar yonda bo'lgan holatdan boshlanadigan va yakunlanadigan to'g'ri to'lqin ko'rsatilgan.

Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling