Buzg‘unchi toifalar o‘Z “qurbon”larini qanday tanlab, qanday tayyorlaydi?


Download 11.44 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi11.44 Kb.
#1838441
Bog'liq
BUZG‘UNCHI TOIFALAR O‘Z “QURBON”LARINI QANDAY TANLAB, QANDAY TAYYORLAYDI


BUZG‘UNCHI TOIFALAR O‘Z “QURBON”LARINI QANDAY TANLAB, QANDAY TAYYORLAYDI?

Diniy ekstremestik oqim vakillari bo‘lgan buzg‘unchi toifalar deganda bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlarda salafiylik, hizbut-tahrir, jihodchilik va boshqa shu kabi g‘oyalarni ilgari suruvchi guruh va shaxslar nazarda tutiladi. Bu kabi guruhlar o‘z “qurbon”larini tanlab olishi va ularni terrorchilik harakatlariga undash uchun asosan psixologik bosim o‘tkazish hamda diniy tamoyillarni yaxshi bilmagan shaxslarga jannat va’da qilish orqali amalga oshiriladi.


Bu kabi guruh va shaxslarni faoliyat uslublariga ko‘ra bir necha toifaga ajratish mumkin. Ular quyidagilar:

  • O‘zlarining g‘arazli maqsadlarini ochiq namoyon qilmaydigan, ammo o‘zlarini islom ulamosi sifatida talqin qilib boshqalarga dinni o‘rgatishga urunayotgan shaxslar. Bunday shaxslar internet va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z kanal va sahifalarini yaratib ularda video va audio darslar tashkil qiladi hamda insonlarning kundalik turmush tarzida zarur bo‘ladigan diniy tamoyillarni o‘rgatib boradi. Bu kabi boshlang‘ich darslarda shariy va aqidaviy masalalar yuzaki tushuntirilib, imkon qadar ko‘proq kuzatuvchining e’tiborini jalb qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;

  • Ikkinchi toifaga o‘zlarini din yo‘lida kurashayotgan islomning fidokor ulamosi sifatida ommaga taqdim qilib, ochiqchasiga hukumatlarni kofirga chiqarib, aholini unga qarshi bosh ko‘tarishga, dindorlarni hijrat qilishga, jihodga chiqishga va din yo‘lida o‘z jonini fido qilishga da’vat qiluvchi shaxslar kiradi.

Buzg‘unchi toifalar g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida yoshlarni o‘z safiga qo‘shishga faol harakat qilmoqda. Bu jarayon asosan internet va ijtimoiy tarmoqlardagi turli kanallar, sahifa hamda vebsaytlar orqali bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Bu bosqichlarni quyidagicha tavsiflash mumkin:

  1. Dastlabki bosqich aholiga “beg‘araz” diniy ta’lim berish;

  2. Ijtimoiy tarmoqlarda muntazam diniy masalalarni izohlovchi materiallar joylab borish;

  3. Kanal va sahifalarda yetarlicha kuzatuvchi yig‘ilgandan so‘ng ularga psixologik manipulyatsiya usullaridan foydalangan holda shariy hukumlarni o‘z maqsadlariga moslab singdirish;

  4. Buzib talqin qilingan diniy tamoyillarni qabul qilib mutaassiblashgan kuzatuvchilar uchun alohida darslar tashkil qilib ularni qo‘poruvchilik harakatlarni sodir etish yoki jangavorlik harakatlari amalga oshirilayotgan mintaqalarga borishga undash;

  5. Terrorchilik aktlarini sodir qilib yoki jangavor harakatlarda ishtirok etib halok bo‘lgan jamo a’zolarini boshqalarga “Alloh yo‘lida jang qilib shahidlik darajasiga erishdi va jannatga tushdi” deb targ‘ib qiladi.

Buzg‘unchi guruhlar o‘z qarashlarini boshqalarga singdirish jarayonida quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:

  1. Zamonaviy kiyinish yoki turmush kechirishni harom sanash.

  2. Milliy qadriyatlar, an’analar va bayramlarni dinga qarshi qo‘yib aholida ularga nisbatan nafrat uyg‘otish.

  3. Davlat boshqaruvi va hukumat rahbarlini dinsizlikda ayblab kofirga chiqarish.

  4. Musulmonlar idorasi tizimida faoliyat yuritayotgan rasmiy diniy soha hodimlarni kofir hukumatga xizmat qilayotgan din dushmanlari sifatida ko‘rstib, obro‘sizlantirishga harakat qilish.

Diniy ekstremistik oqimlar o‘z saflariga yangi a’zolarni jalb qilishda ularni asosan quyidagi aholi qatlami orasidan tanlab olishga harakat qiladi;

  • Hayotda o‘z o‘rnini topa olmagan, tayinli ish joyiga ega bo‘lmagan yoshlar;

  • Davlat va hukumatga nisbatan alamzadalik kayfiyatida bo‘lganlar;

  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan yoshlar;

  • Oilasida notinchlik bo‘lgan, jamiyatga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatida bo‘lgan shaxslar;

  • Islom dini bo‘yicha bilimga ega bo‘lmagan va buni internet orqali o‘rganishga intiluvchi shaxslar;

  • Xorijga o‘qish yoki ishlash maqsadida ketgan muhojirlar.

Bunday buzg‘unchi guruh va shaxslar tuzog‘iga tushib qoilmaslik uchun quyidagilarga amal qilish lozim:

  • Agar siz biror shaxs yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda yuqorida keltirib o‘tilgan diniy mutaassiblikka xos bo‘lgan xususiyatlarni kuzatsangiz bunday shaxslar bilan aloqani uzing hamda bu kabi kanal va sahifalardan chiqib keting;

  • Sizga biror diniy qarashni singdirmoqchi bo‘lgan shaxslardan uzoqroq bo‘lishga hamda turli diniy ma’ruza va materiallardan foydalanayotganda e’tiborli bo‘lishga harakat qiling;

  • Hech qachon mutaassib shaxslar bilan tortishib, unga o‘z fikringizni asoslashga harakat qilmang. Bu uni yanada shijoat bilan o‘z fikrini suxbatdoshga singdirish uchun urinishiga olib keladi;

  • Agar bunday shaxslarning sizga do‘q-po‘pisa qilib, qo‘rqitish yoki kuch ishlatishga o‘tayotganini sezsangiz suhbatni buzishga harakat qiling va undan uzoqlashing.

Download 11.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling