Byudjet daromadlarini shakllantirish


Download 371.47 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.03.2023
Hajmi371.47 Kb.
#1248242
Bog'liq
74-Текст статьи-154-1-10-20191115



Abdumajitov Shaxobiddin Shamsiddin o`g`li, “Buxgalteriya hisobi va audit 
fakulteti” talabasi 


BYUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISH 
Mamlakatimiz aholisi yildan- yilga o`sib borishi natijasida ularning hayot tarzini 
yaxshilash, ish o`rnini kengaytirish, real daromadlarini oshirish, uy-joy bilan 
ta`minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda keng imkoniyatlar yaratish 
hozirgi kunning eng dolzarb muammosi hisoblanadi.
Bu borada aholi turmush darajasini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-
quvvatlash sohasida bir necha davlat dasturlari amalga oshirilgan va oshirilmoqda. 
“Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturida aholi o`rtasida 
oilaviy tadbirkorlikni barpo etish borasida ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida 
mamlakatimizda 2 trillion soʻmga yaqin mablagʻ ajratilib, joylarda 2 ming 600 dan 
ortiq biznes loyihalari amalga oshirildi. Bu dasturlarni ertangi kunimiz, kelajagimiz 
uchun yanada takomillashtirsak foydadan xoli emas albatta. Mazkur dastur borasida 
qishloq aholisi uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga xizmat qiladi. Fermer 
xo`jaliklarida oilaviy pudratchilar tashkil etish orqali (ya`ni ijaraga bermagan holda) 
faoliyatini kengaytirish hozirgi kunda ish o`rnining yaratilishi, mahsulot turi va 
sifatini oshishi, yerning melorativ holatining yaxshilanishiga olib keladi. Raqamlarga 
e`tiborimizni qaratsak, har bir tuman hududida 5000 gektar paxta va 8000 gektar 
g`alla har yili yetishtirilishi rejalashtiriladi. Agar biz yerdan unumli foydalanishni 
ko`zda tutgan holda 1 kishiga 1 gektar paxta yer maydoni va 2 gektar g`alla yer 
maydoni rasmiylashtirilsa: 
13000 ga / 3 ga= 4000 ta ish o`rni paydo bo`ladi. 
Bundan tashqari tumanda 2000 gektar bog`dorchilik yerlari bor agar 1 gektar 
yerni 3 kishiga rasmiylashtirsak bunda biz 6000 ta ish o`rnini yaratgan bo`lamiz. 
Bunda har bir ishchi daromad solig`I to`lovchisi hisoblanadi va ularga pensiya, 
mehnat daftarchasi yuritiladi. 
Yuqoridagi ikkala ish o`rnini hisoblasak har bir tumanda aynan oilaviy pudratlar 
tashkil etish orqali 10 000 ta ishchi o`rnini paydo bo`ladi. Mazkur ishchilarga EKIH 
ning 3-4 baravari miqdorida ish haqi hisoblansa, o`rtacha 20 000 so`m daromad 
solig`I to`laydi. Raqamlarga e`tibor qilsak: 
20 000*10 000 ishchi= 200 mln so`m. 
1 oyda davlat byudjetiga tushadigan summa 200 mln so`mni tashkil etadi. 
Har qanday boshlamoqchi bo`lgan ishimiz albatta katta natijaga ega 
bo`lganidek, bu raqamli ko`rsatkichlarimizning ham kutilayotgan natijasi: 
1. 
Davlat byudjeti daromadlari oshadi; 
2. 
Rasmiy ishsizlik bartaraf etiladi. 
Bunday oqilona maqsaddan eng birinchi davlat manfaatdor. Davlat byudjetining 
oshishi natijasida aholining kam-ta`minlangan oilalariga, keksalarga ijtimoiy qo`llab-
quvvatlash oshiriladi. Ta`lim fan-madaniyat sog`liqni saqlash sohalari yanada 
rivojlantiriladi. 
Aholi o`rtasida biznes yuritish, yetishtirilayotgan har qanday mahsulotlarni 
hamyonbop uning sifati va jozibardorligi oshadi. Natijada esa raqobatbardosh 


mahsulot jahon bozorlarda mahsulotlarning raqobatbardoshligi oshiriladi va 
raqobatbardosh iqtisodiyot yuzaga keladi. 
Bizga ma`lumki,2017-2021-yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi, shu bilan bir qatorda 
2017-2021yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besht ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar 
va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 
ham raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etish hozirgi davrdagi iqtisodiy faoliyatning 
eng muhim vazifasi etib belgilangan.
1
Mazkur sohada oilaviy tadbirkorlikning yana bir foydali ko`rinishi aholi 
tomorqasidan samarali foydalanishni yo`lga qo`yish zarur. Aholi tomorqasi qishin-
yozin eng serdaromad soha hisoblanadi. O`rtacha 4-6 sotix yerga issiqxonalar barpo 
etsak qishloq xo`jaligi mahsulotlarini mavsumdan tashqari masalan: 3 sotix yerga 
pomidor qolgan 3 sotix yerga esa bodring ya`ni poliz mahsulotlarini yetishtirsak 
qishgi-bahorgi mavsumda juda katta foyda keladi. Qish mavsumida 1kg pomidor 
narxi o`rtacha 17000 so`m, 1kg bodring esa 8000 so`mni tashkil etadi. Bu 
mahsulotlarning parvarish qilinishi, yerning unumdorligini oshirilishi natijasida hosil 
oshib borilaveradi.
Hozirgi kunda kelib bu va boshqa sohalarga davlat tomonidan imtiyozli kreditlar 
ajratilmoqda. Xususan bog`dorchilik, uzumchilik, baliqchilik, asalarichilik
chorvachilik sohalariga dastur loyihalari asosida uzoq muddatli kredit tizimi yo`lga 
qo`yilgan. Chorvachilik sohasida zotli qoramollar sonini ko`paytirishimiz va 
chorvachilik boʻyicha yangi tarmoqlarni rivojlantirishimiz zarur.
Bugungi kunda fermer xoʻjaliklarining yillik chorva ozuqasiga boʻlgan 
ehtiyojining faqat 35 foizi mahalliy imkoniyatlar hisobidan qoplanmoqda. 
Shu sababli yangi yerlarni oʻzlashtirish orqali ekin maydonlarini kengaytirish 
evaziga chorvaning ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek, baliqchilik, 
parrandachilikni rivojlantirish hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari hajmini keskin 
koʻpaytirishimiz kerak. 
Chorvachilik sohasi va boshqa sohalarni ozuqasini ta`minlash masalasida 
qishloq xoʻjaligi maqsadlarida yer berish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish kerak. 
Bundan tashqari har bir qarich yerdan oqilona va samarali foydalanib, moʻl 
hosil olayotgan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga oʻz faoliyatini kengaytirishi 
uchun qoʻshimcha yer maydonlarini ajratish lozim. Hozirgi kunda Agrar sohada eng 
katta muammo – fermerlarning qishloq xoʻjaligi sohasida yetarli bilimga ega 
emasligidir. Bu borada har bir tuman va mahalla dargohlarida fermerlar bilimlarini 
nazariy hamda amaliy jihatdan oshirish maqsadida haftada bir marta o`quv kurslarini 
tashkil etishimiz lozim. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi kunda aholi daromadlarini oshirish
tadbirkorlik faoliyatlarining yangi yo`nalishlarini OAV hamda televideniya 
dasturlarida keng jamoatchilik nuqtai nazaridan tahlil qilinib aholi ongiga nazariy 
jihatdan yetkazilayapti. Buning natijasini amaliyotda sinash borasida ishchi guruhlar 
1
PF-4947 07-fevral 2017-yilgi 2017-2021-yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi 


tuzilib hududlar kesimida fermerlarga, uy xo`jaliklariga ko`nikmalar berilsa 
maqsadga muvofiq bo`ladi. 
Foydalangan adabiyotlar: 
1. 
2017-2021yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
besht ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, 
innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat 
dasturi. 
2. 
29.12.2018-yil O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasi. 

Download 371.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling