Byudjet daromadlarini shakllantirish
Download 371.47 Kb. Pdf ko'rish
|
74-Текст статьи-154-1-10-20191115
Abdumajitov Shaxobiddin Shamsiddin o`g`li, “Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti” talabasi BYUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISH Mamlakatimiz aholisi yildan- yilga o`sib borishi natijasida ularning hayot tarzini yaxshilash, ish o`rnini kengaytirish, real daromadlarini oshirish, uy-joy bilan ta`minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda keng imkoniyatlar yaratish hozirgi kunning eng dolzarb muammosi hisoblanadi. Bu borada aholi turmush darajasini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini qo`llab- quvvatlash sohasida bir necha davlat dasturlari amalga oshirilgan va oshirilmoqda. “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturida aholi o`rtasida oilaviy tadbirkorlikni barpo etish borasida ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda 2 trillion soʻmga yaqin mablagʻ ajratilib, joylarda 2 ming 600 dan ortiq biznes loyihalari amalga oshirildi. Bu dasturlarni ertangi kunimiz, kelajagimiz uchun yanada takomillashtirsak foydadan xoli emas albatta. Mazkur dastur borasida qishloq aholisi uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga xizmat qiladi. Fermer xo`jaliklarida oilaviy pudratchilar tashkil etish orqali (ya`ni ijaraga bermagan holda) faoliyatini kengaytirish hozirgi kunda ish o`rnining yaratilishi, mahsulot turi va sifatini oshishi, yerning melorativ holatining yaxshilanishiga olib keladi. Raqamlarga e`tiborimizni qaratsak, har bir tuman hududida 5000 gektar paxta va 8000 gektar g`alla har yili yetishtirilishi rejalashtiriladi. Agar biz yerdan unumli foydalanishni ko`zda tutgan holda 1 kishiga 1 gektar paxta yer maydoni va 2 gektar g`alla yer maydoni rasmiylashtirilsa: 13000 ga / 3 ga= 4000 ta ish o`rni paydo bo`ladi. Bundan tashqari tumanda 2000 gektar bog`dorchilik yerlari bor agar 1 gektar yerni 3 kishiga rasmiylashtirsak bunda biz 6000 ta ish o`rnini yaratgan bo`lamiz. Bunda har bir ishchi daromad solig`I to`lovchisi hisoblanadi va ularga pensiya, mehnat daftarchasi yuritiladi. Yuqoridagi ikkala ish o`rnini hisoblasak har bir tumanda aynan oilaviy pudratlar tashkil etish orqali 10 000 ta ishchi o`rnini paydo bo`ladi. Mazkur ishchilarga EKIH ning 3-4 baravari miqdorida ish haqi hisoblansa, o`rtacha 20 000 so`m daromad solig`I to`laydi. Raqamlarga e`tibor qilsak: 20 000*10 000 ishchi= 200 mln so`m. 1 oyda davlat byudjetiga tushadigan summa 200 mln so`mni tashkil etadi. Har qanday boshlamoqchi bo`lgan ishimiz albatta katta natijaga ega bo`lganidek, bu raqamli ko`rsatkichlarimizning ham kutilayotgan natijasi: 1. Davlat byudjeti daromadlari oshadi; 2. Rasmiy ishsizlik bartaraf etiladi. Bunday oqilona maqsaddan eng birinchi davlat manfaatdor. Davlat byudjetining oshishi natijasida aholining kam-ta`minlangan oilalariga, keksalarga ijtimoiy qo`llab- quvvatlash oshiriladi. Ta`lim fan-madaniyat sog`liqni saqlash sohalari yanada rivojlantiriladi. Aholi o`rtasida biznes yuritish, yetishtirilayotgan har qanday mahsulotlarni hamyonbop uning sifati va jozibardorligi oshadi. Natijada esa raqobatbardosh mahsulot jahon bozorlarda mahsulotlarning raqobatbardoshligi oshiriladi va raqobatbardosh iqtisodiyot yuzaga keladi. Bizga ma`lumki,2017-2021-yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi, shu bilan bir qatorda 2017-2021yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besht ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etish hozirgi davrdagi iqtisodiy faoliyatning eng muhim vazifasi etib belgilangan. 1 Mazkur sohada oilaviy tadbirkorlikning yana bir foydali ko`rinishi aholi tomorqasidan samarali foydalanishni yo`lga qo`yish zarur. Aholi tomorqasi qishin- yozin eng serdaromad soha hisoblanadi. O`rtacha 4-6 sotix yerga issiqxonalar barpo etsak qishloq xo`jaligi mahsulotlarini mavsumdan tashqari masalan: 3 sotix yerga pomidor qolgan 3 sotix yerga esa bodring ya`ni poliz mahsulotlarini yetishtirsak qishgi-bahorgi mavsumda juda katta foyda keladi. Qish mavsumida 1kg pomidor narxi o`rtacha 17000 so`m, 1kg bodring esa 8000 so`mni tashkil etadi. Bu mahsulotlarning parvarish qilinishi, yerning unumdorligini oshirilishi natijasida hosil oshib borilaveradi. Hozirgi kunda kelib bu va boshqa sohalarga davlat tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Xususan bog`dorchilik, uzumchilik, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik sohalariga dastur loyihalari asosida uzoq muddatli kredit tizimi yo`lga qo`yilgan. Chorvachilik sohasida zotli qoramollar sonini ko`paytirishimiz va chorvachilik boʻyicha yangi tarmoqlarni rivojlantirishimiz zarur. Bugungi kunda fermer xoʻjaliklarining yillik chorva ozuqasiga boʻlgan ehtiyojining faqat 35 foizi mahalliy imkoniyatlar hisobidan qoplanmoqda. Shu sababli yangi yerlarni oʻzlashtirish orqali ekin maydonlarini kengaytirish evaziga chorvaning ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek, baliqchilik, parrandachilikni rivojlantirish hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari hajmini keskin koʻpaytirishimiz kerak. Chorvachilik sohasi va boshqa sohalarni ozuqasini ta`minlash masalasida qishloq xoʻjaligi maqsadlarida yer berish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish kerak. Bundan tashqari har bir qarich yerdan oqilona va samarali foydalanib, moʻl hosil olayotgan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga oʻz faoliyatini kengaytirishi uchun qoʻshimcha yer maydonlarini ajratish lozim. Hozirgi kunda Agrar sohada eng katta muammo – fermerlarning qishloq xoʻjaligi sohasida yetarli bilimga ega emasligidir. Bu borada har bir tuman va mahalla dargohlarida fermerlar bilimlarini nazariy hamda amaliy jihatdan oshirish maqsadida haftada bir marta o`quv kurslarini tashkil etishimiz lozim. Xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi kunda aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatlarining yangi yo`nalishlarini OAV hamda televideniya dasturlarida keng jamoatchilik nuqtai nazaridan tahlil qilinib aholi ongiga nazariy jihatdan yetkazilayapti. Buning natijasini amaliyotda sinash borasida ishchi guruhlar 1 PF-4947 07-fevral 2017-yilgi 2017-2021-yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi tuzilib hududlar kesimida fermerlarga, uy xo`jaliklariga ko`nikmalar berilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Foydalangan adabiyotlar: 1. 2017-2021yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besht ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi. 2. 29.12.2018-yil O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasi. Download 371.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling