Byudjet hisobi” fanidan kurs ishi mavzu: Tovar moddiy zaxiralar analitik va sintetik hisobini tashkil etish
I BOB. TOVAR MODDIY ZAXIRALAR ANALITIK VA SINTETIK HISOBINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY - USLUBIY ASOSLARI
Download 181.52 Kb.
|
Toshkent moliya instituti
- Bu sahifa navigatsiya:
- “tovar-moddiy zaxiralar”
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS)ga muvofiq “tovar-moddiy zaxiralar” kategoriyasi mohiyatan “...faoliyat yuritish jarayonida keyinchalik sotish maqsadida saqlab turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar tushuniladi” 1. O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (7-sonli BHS)ga ko‘ra esa tovar-moddiy zaxiralar — tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xomashyo va materiallar, ularning doimiy faoliyati davomida foydalanish yoki sotish uchun mo‘ljallangan yoki sotish yoki taqsimlash uchun ishlab chiqarilgan aktivlar ko‘rinishida bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu kategoriyaning mohiyatiga qator iqtisodchi olimlar o‘z ilmiy ishlanmalarida turlicha yondashuv asosida uning mohiyatini talqin etishgan. Xususan, R.X. Hermanson va boshqalar zaxiralar tannarxiga quyidagi elementlarni kiritadi: - sotuvchining invoys narxi (xarid chegirmasi ayiriladi); - tovarlarning tranzit aylanishidagi sug‘urta xarajatlari; - xaridorlar tomonidan qoplanadigan transport xarajatlari; - joylashtirish, jumladan yuklarni ortish-tushirish xarajatlari2. K.D. Larson va boshqalar zaxiralar tannarxi bu ularni amaldagi holatiga va joylashishiga olib kelish bilan bog‘liq bevosita va bilvosita xarajatlardan tashkil topishini qayd qilishadi: “Zaxiralarning tannarxi – bu invoys narxi, minus turli xil chegirmalar, plyus zaxiralarni joyiga va sotishga tayyor holga keltirish bilan bog‘liq qo‘shimcha va o‘ziga xos xarajatlardan tarkib topadi.”3. Shuningdek, S.Sedki, E.Smit va A.Striklend konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlarida tovar-moddiy zaxiralar hisobining xalqaro standartlar bo‘yicha qiyosiy tahlili keltirilgan4. Sohaga doir boshqa adabiyotlarda5 ham zaxiralar tannarxi hisobi va hisobotining standartlarga uyg‘un jihatlari aks ettirilgan. Ushbu yuqoridagi xorijiy adabiyotlarda keltirilgan qoidalar standartlar talablariga javob beradi. Lekin, bu qoidalarni faqat savdo korxonalaridagi tovarlar tannarxini shakllantirishda qo‘llash mumkin. Bunda zaxiralarning xarid tannarxi bilan bog‘liq bo‘lgan elementlar aks ettirilgan. Xalqaro standartlar esa taʼriflar nafaqat savdo, balki ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar uchun ham qo‘llaniladigan bo‘lishi maqsadga muvofiqligini taʼkidlaydi. Mamlakatimizda Tovar moddiy zaxiralar (TMZ)ni hisobga olish, ularni tan olish va baholash masalalari bilan ko‘pgina iqtisodchi olimlar shug‘ullanishgan. Xususan, O.Bobojonov va K.Jumaniyozovlar tovar-moddiy zaxiralar tannarxini aniqlash usullarini yoritib o‘tishgan6. G.Jambakiyeva esa tovar moddiy zaxiralarning ombordagi va buxgalteriyada hisobga olish masalalariga chuqur eʼtibor qaratgan7. I.Ochilov va J.Qurbonboyevlar TMZlarni turkumlash va baholash, ulardan foydalanishni nazorat qilish masalalariga to‘xtalib o‘tishgan8. D.Norbekov, A.Maxmudov va D.Muxammedovalar TMZlarni baholash va inventarizatsiya qilish, TMZ bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash masalalariga chuqur eʼtibor qaratishgan9. Shuningdek, iqtisodchi olimlar B.A.Xasanov va A.B.Akramovlar tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil qilish va ular haqidagi axborotlarni moliyaviy hisobotlarda ochib berish masalalarini yoritgan10. Ammo yuqorida qayd etib o‘tilgan olimlarning asarlarida xorijiy amaliyotda qabul qilingan zaxiralarning ishlab chiqarishga sarflanishi jarayonida ularni baholash usullari va xalqaro standartlarga muvofiq TMZ bo‘yicha moliyaviy hisobotda axborotlarni ochib berish masalalariga keng eʼtibor qaratilmagan. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: barcha moddiy qimmatliklarning butligini ta’minlash hamda ishlatilishi va to‘g‘ri foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatish; zaxiralar va xarajatlarning belgilangan me’yorlarini kuzatib borish; realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan, foydalanilmaydigan materiallarni o‘z vaqtida aniqlash; tashkilot omborlarida mavjud bo‘lgan qoldiqlar haqida aniq ma’lumotlar olish va boshqalar. Download 181.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling