Byudjet hisobi” fanidan kurs ishi mavzu: Tovar moddiy zaxiralar analitik va sintetik hisobini tashkil etish


Tovar-moddiy zaxiralar quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi


Download 242.89 Kb.
bet4/11
Sana07.03.2023
Hajmi242.89 Kb.
#1244657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi Lobar lotin

Tovar-moddiy zaxiralar quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

  • oziq-ovqat mahsulotlari;

  • xizmat ko‘rsatish va qurilish materiallari;

  • harbiy qurol-aslahalar;

  • asosiy vositalar uchun ehtiyot qismlari;

  • strategik zaxiralar (masalan, energiya resurs zaxiralari);

  • muomalaga chiqarilmagan pul belgilari;

  • sotish uchun mo‘ljallangan pochta inventarlari;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish, shu jumladan o‘quv va ta’lim materiallari hamda tashkilot tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar (masalan, auditorlik tekshiruvi);

  • sotish uchun mo‘ljallangan yer yoki mol mulklar. Bunda uzoq muddatli aktivlar (yer, binolar, inshootlar, transport vositalari, mulkiy (mutlaq) huquqlar va boshqalar) keyinchalik sotish yoki qayta sotish maqsadida xarid qilingan hollarda tovar bo‘lib hisoblanadi;

  • mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish, ma’muriy va boshqa ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan xomashyo va material zaxiralar, xarid qilingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘i va yonilg‘ilar, tara va tarabop materiallar, inventar va xo‘jalik jihozlari, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar;

  • qayta ishlanayotgan va yig‘ilayotgan detallar, uzellar, tugallanmagan texnologik jarayonlar va mahsulotlar ko‘rinishidagi tugallanmagan ishlab chiqarishlar;

  • tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulotlar.

Tovar-moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida tashkilotga kirim qilinadi:

  • yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilinishi;

  • beg‘araz kelib tushishi (hadya shartnomasi bo‘yicha);

  • uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazilishi;

  • ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarning aniqlanishi;

  • tashkilotning o‘zida tayyorlanishi va hokazo.

Quyidagilar tovar-moddiy zaxiralar tannarxidan chiqarib tashlanadigan va o‘sha davr xarajati sifatida tan olinadigan xarajatlar hisoblanadi:
a) xomashyo, bajarilgan mehnat yoki boshqa ishlab chiqarish xarajatlarining normativlardan yuqori sarflanishi;
b) saqlash xarajatlari, agarda ular ishlab chiqarish jarayonida keyingi bosqichga o‘tish uchun zarur bo‘lmasa;
v) tovar-moddiy zaxiralarning joriy joylashgan joyi va joriy holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’muriy qo‘shimcha xarajatlar;
g) realizatsiya xarajatlari11.
Mamlakatimizda tovar-moddiy zaxiralar hisobining asosiy qoidalari12 quyidagilar:

  • tan olish paytini aniqlash, tasniflash, balans qiymatini baholash;

  • tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniqlash, kelgusida xarajatlarni, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini xarajat sifatida tan olish;

  • tovar-moddiy zaxiralar qiymatini realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar kamaytirish (baholash);

  • tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash hamda moliyaviy hisobotda ular bo‘yicha axborotni yoritib berish tartibi kabilar hisoblanadi.




Download 242.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling