"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari
Nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risidahisobotni tuzish tartibi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Copy3-Byudjet hisobi
10.Nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risidahisobotni tuzish tartibi Nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risida hisobot tashkilotning hisobot yili mobaynidagi nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va tovar-moddiy zaxiralari)ning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi. Mazkur hisobot shaklini tuzishdan oldin tashkilotlar: - hisobot yili boshiga mavjud asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy zaxiralar qoldig‘ining to‘g‘riligini (asoslanganligini); - yil mobaynida tashkilotga kirim bo‘lgan va tashkilotdan chiqim bo‘lgan barcha nomoliyaviy aktivlarni (byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi bo‘yicha alohida holda) hisob registrlarida ("Asosiy vositalar bo‘yicha aylanma vedomost" 326-shakl, “Moddiy qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi) 296-shakl, "Bosh jurnal kitobi" 308- shakl va boshqa tegishli registrlarda) to‘g‘ri aks ettirilganligini; - kirim va chiqim operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini va to‘liqligini tekshirib chiqadilar. Ushbu hisobotda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar to‘g‘risida ma’lumotlar "Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) va boshqa asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi yuritiladigan hisob registrlari ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi. Hisobotda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning (byudjet yoki byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan olinganligi ko‘rsatilgan holda) yil boshiga mavjud qoldig‘i, hisobot yili mobaynida kirim bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qiymati va chiqim bo‘lgan (hisobdan chiqarilgan)larining qiymati, shuningdek, hisobot davri oxiriga tashkilotlar balansidagi mavjud qiymati ko‘rsatiladi. Asosiy vositalarni har yilgi qayta baholash hisobiga dastlabki (tiklanish) qiymatining o‘zgarishi (oshishi yoki kamayishi) hisobot shaklining alohida "Qayta baholash natijasida" qatorida aks ettiriladi. Tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha hisobot davri boshiga va oxiriga qoldig‘i hamda tashkilot ehtiyojlariga sarflangan tovar-moddiy zaxiralarning summasi byudjet mablag‘lari hisobidan hamda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan alohida holda ko‘rsatiladi. Shuningdek, tashkilotga kirim bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar, shundan bepul olinganlari, sotib olinganlari, ortiqcha materiallarning kirimga olinishi hamda yil mobaynida chiqim qilingan material zaxiralar, shundan bepul berilganlari, sotilganlari, kamomadlar va boshqa sabablar tufayli chiqim qilinganlarining qiymati ko‘rsatiladi. Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan hisobot yili uchun topshiriladigan balans bilan birga taqdim qilinadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling