12.Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlari axborot imkoniyatlari
Ma’lumki, amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjet tashkilotlari o‘zlariga yuklatilgan
vazifalarni bajarishlari uchun byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanadilar.
Mazkur mablag‘larni maqsadli sarflanishini taxlil qilish hamda kelasi moliya yili uchun byudjet
tashkilotlariga byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetalarini tuzish uchun
moliyaviy hisobot ma’lumotlari taxliliga asoslaniladi.
Davlat byudjetining kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan loyihasini tayyorlashda va qabul
qilishda ham o‘tgan davr uchun byudjet ijrosi hisoboti ma’lumotlariga asoslanshini o‘zi byudjet
ijrosi hisoboti ma’lumotlarini naqadar ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi.
Shu o‘rinda byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan va taqdim qilinadigan moliyaviy
hisobotlarni axborot imkoniyatlarini quyidagi jadval orqali keltiramiz.
Byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan va taqdim qilinadigan moliyaviy
hisobotlarni axborot imkoniyatlari
т/р
Hisobotninig nomi
Axborot imkoniyatlari
1
Balans(1-shakl)
Byudjet tashkilotining hisobot davriga moliyaviy
holatini kompleks taxlilini amalga oshirish mumkin.
Jumladan, nomoliyaviy aktivlarining hisobot yili boshiga va
hisobot davri oxiriga qoldig‘i, bu esa hisobot davrida byudjet
tashkilotining nomoliyaviy aktivlarini qancha summada
ko‘payganligi
yoki
kamayganligini
bildiradi.
Ularning (asosiy vositalarning) eskirishi va qoldiq qiymati
(mos ravishda hisobot davrining boshiga va oxiriga)
to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Moliyaviy aktivlarining har bir turi bo‘yicha hisobot
davri boshiga va oxiriga qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarning hisobot davri boshiga
va oxiriga bo‘lgan qoldiq summasi, bu esa byudjet tashkiloti
tomonidan debitorlik va kreditorlik qarzlarni kamaytirish
bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarni taxlil qilishda yordam
beradi.
Byudjet tashkilotining joriy yilga va o‘sib oruvchi
yakun bilan moliyaviy natijalarini xolati, bu esa, byudjet
tashkilotini xar bir daromadlar (tushumlar) turi bo‘yicha
moliyaviy holatini taxlil qilish imkonini yaratadi.
Bundan tashqari, byudjet tashkilotining balansdan tashqari
schyotlarida aks ettirilgan mol-mulklari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar aks ettiriladi.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |