O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini rivojlantirish agentligi


Download 24.49 Kb.
Sana30.04.2020
Hajmi24.49 Kb.
#102382
Bog'liq
Davlat aktivlarini rivojlantirish agentligi


Ozbekiston Respublikasi

Davlat aktivlarini rivojlantirish agentligi
Vazir: Farrux Turdiqulov Ravshanjon o`g`li

Vazir o`rinbosari: Muhammadjonov Muhammadali Baxtiyor o`g`li



I. Davlat aktivlarini rivojlantirish agentligida mavjud muammolar va sohaning umumiy holati haqida qisqacha sharh (rasmiy manbalar asosida).

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14-yanvardagi PF-5630-son «Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni bilan tashkil etilgan. Agentlik bugungi kunda asosiy ur`guni davlat aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, bankrotliq baholash va rieltorlik faoliyatiga qaratgan bo`lib. Bugungi kunda bu agentlik o`z oldiga davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish vazifalarini eng asosiy maqsad qilib olgan. Unga ko`ra davlatimizda mulkiy munosabatlarni samarali yo`lga qo`yish yo`li bilan iqtisodiyotimizga salbiy ta`sir qilayotgan mulkiy munosabatlarni tartibga qo`yish bilan o`zida mavjud muammolarni hal qilmoqda. Shuningdek agentlik quyidagi vazifalarni ham bajarishni asosiy maqsad qilib olgan:



  • ilg‘or xorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilish, ularni boshqarishda kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirish;

  • davlat ishtirokidagi korxonalarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari tavsiyalari asosida bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha oladigan, samarali korxonalarga aylantirishga ko‘maklashish;

  • davlat ishtirokidagi korxonalarning obligatsiya va aksiyalarini chiqarish va realizatsiya qilish, shu jumladan mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO/SPO bo‘yicha emissiyalarni joylashtirish hisobiga, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, shuningdek portfel investitsiyalarni jalb qilish;

  • davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini ta’minlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va kapitalizatsiyani oshirish, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni muvofiqlashtirish;

  • davlat manfaatlarini ta’minlagan holda, shu jumladan davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berish orqali investitsiya faoliyatini amalga oshirish. (https://lex.uz/docs/-4338823)

Bugungi kunda agentlik harakati faol holatda, lekin bir qator muammolarga ham duch kelmoqda. Hususan:

  • Investorlar tomonidan kiritilgan investitsiyalarni baholashda milliy standartning mavjud emasligi;

  • Davlat aktivlari investitsiya majburiyati bilan sotilganda sotib olish to`lovlari to`liq, tulanmaguncha investorga investitsiya kiritish imkoniyati cheklanganligi;

  • Obyektlarga kiritiladigan eng kam investitsiyalar va yaratiladigan yangi ish o`rinlari sonini aniqlash mezoni mavjud emasligi;

  • Balansda saqlovchi tomonidan sotilgan davlat mulk obyektlarini belgilangan muddatlarda xaridorlarga berilmasligi;

  • "Tasarruf etish huquqisiz" davlat orderi berilgan obyektlarga kadastr organlari tomonidan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda yagona yondoshuvning mavjud emasligi.

II. Davlat aktivlarini rivojlantirish agentligini takomillashtirish va yanada rivojlantirish bo’yicha Ozbekiston Respublikasi qonunchiligida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar (rasmiy manbalar asosida).

2.1. «Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14-yanvardagi PF-5630-sonli qarori. (https://lex.uz/docs/-4338823)

2.2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori №PQ-4112 14.01.2019 “O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”. (http://davaktiv.uz/uz/legislation-2/ukazy-i-postanovleniya-prezidenta)

2.2. Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (24.12.2019 yildagi O'RQ-597-son). (http://davaktiv.uz/uz/legislation-2/zakon)

2.3. «Bankrotlik to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida 13.12.2019 yildagi O‘RQ-594-son. (http://davaktiv.uz/uz/legislation-2/zakon)

2.4. "Davlat xaridlari to'g'risida" 09.04.2018 yildagi O‘RQ-47-son. (http://davaktiv.uz/uz/legislation-2/zakon)

2.5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori №PQ-4300 29.04.2019 “Respublika iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”. (http://davaktiv.uz/uz/legislation-2/ukazy-i-postanovleniya-prezidenta)

2.6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni №PF-5630 14.01.2019 “davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan. (http://davaktiv.uz/uz/legislation-2/ukazy-i-postanovleniya-prezidenta)



III. Davlat aktivlarini rivojlantirish agentligida amalga oshirilishi zarur bo’lgan strategik yo’nalishlar va vazifalar bo’yicha 2020-yil uchun Davlat byudjeti loyihasi doirasida shaxsiy fikr va takliflarni taqdim etish. Taqdim etilgan talkiflar umumiy hisobda 2020-yil uchun Davlat byudjeti xarajatlari tarkibining necha foizini tashkil etishini aniqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari o`z harajatlarini Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko`ra tashkil qiladi. Unga ko`ra jamg`arma mablag`lari shakllantirishlik bilan o`zini o`zi moliyalashtiradi va harajatlarini amalga oshiradi. (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son qaroriga ilova- O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom)



Sohani rivojlantirish yuzasidan rejalashtirilgan ishlar:

  • Soha bo`yicha tegishli jarayonlarni ochiq va shaffof tarzda o`tkazilishini ta'minlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida har bir obyektda shartnomalar bo`yicha majburiyatlarning bajarilishini qabul qilish jarayonlarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib boorish;

  • Doimiy ravishda hududlarga chiqqan holda, investorlarning huquqiy ongini oshirish hamda investitsiya kiritish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni urganish va hal etilishida amaliy yordam berib borish mexanizmini ishlatish ;

  • Agentlikda mavjud bo`lgan avtomatlashtirilgan "Davlat mulki" yagona axborot tizimini takomillashtirgan holda, investorlar bilan “sms" xabarnomalar orqali tezkor aloqa tizimini yulga quyish :

  • Xorijiy tajribadan kelib chiqib, Dasturni takomillashtirilgan holda xaridorga ochilgan shaxsiy kabinet orqali oraliq hisobotlarni elektron kurinishda (elektron imzo bilan) taqdim etish imkoniyatini yaratish ;

  • Davlat mulki obyektlarini sotilishida eng kam investitsiyalar miqdori va yaratiladigan ish o`rinlarining sonini aniqlash me'zonini joriy etish;

  • Ijtimoiy majburiyatlarning (ishlab chiqarish yoki xizmat kursatish hajmi) bajarilishini monitoringini olib borish.

Download 24.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling