Tafakkur intelektual operatsiyalarning funksiyalashuvi sifatida Reja


Download 18.21 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi18.21 Kb.
#1614040
Bog'liq
Tafakkur intelektual operatsiyalarning funksiyalashuvi sifatida


Tafakkur intelektual operatsiyalarning funksiyalashuvi sifatida
Reja:

  1. Tafakkur haqida tushuncha

  2. Tafakkurning mantiqiy shakllari

  3. Tafakkur jarayonlari va turlari

  4. Ko‘gazmali va obrazli - harakat tafakkurlari

  5. Tafakkurning individual xususiyatlari

Inson qadim zamonlardanoq o‘zining kundalik turmushini ta’minlagan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqqargan, uy-joy qurgan, ish qurollarini yasagan, kiyim-kechak, taqinchoqlar, san’at asarlari va hakozalarning ijodkori, yaratuvchisi bo‘lgan. Mehnat jarayonida, atrof-muhit bilan doimiy aloqadorlikda inson biologik tur hamda aqliy mavjudot sifatida vujudga kelgan, u o‘zini o‘zi va dunyoni anglagan hamda o‘zligini yaratgan. Insonning jismoniy rivojlanishi bilan birga uning intellektual rivojlanishi ham ro‘y bergan. Vaqt o‘tishi bilan inson og‘ir sermashaqqat jismoniy ishni yengillashtirish uchun mehnat qurollarini takomillashtirgan, turli choralarni qo‘llash texnologiyalari va vositalarini topgan. Mazmun va mohiyatiga ko‘ra, aynan shuning o‘zi inson intellektual faoliyatining yaqqol natijasidir [262, 228].


Odatda intellektual faoliyatni xatti-harakatni oshirish qobiliyati, ya’ni muayyan qoidalarga asoslangan holda, eski ma’lumotlardan yangilarini yaratish aqliy bajariladigan ish sifatida qaraladi. Turli shakllardagi intellektual faoliyatning rivojlanishi intellektual mulkchilikning yangi ob’ektlari vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Intellektual faoliyatning natijasi insoniyatning qimmatbaho mahsuli, shuningdek moddiy mahsulotdir [266].
Umuman olganda, intellektual faoliyat borliqdagi ayrim qo‘zg‘atuvchilarga diqqatning bo‘linishi va qaratilishi bo‘lib, o‘z tabiatiga ko‘ra, bilish predmeti to‘g‘risidagi axborotlarni aqliy qayta ishlash bilan hamrohlikda kechuvchi axborot jarayoni hisoblanadi [214].
Insonning intellektual faoliyatida individ tomonidan rasional anglash va bilish qobiliyati qo‘llaniladi. Insonning intellektual faoliyati tushunchasi ijodiy faoliyat atamasi bilan mos kelmaydi. Insonning ijodi mazkur faoliyat natijasi bo‘lib, insonning intellektual faoliyatida mantiqiy xulosaga kelish orqali rasional faoliyat yuritishdir. Umuman olganda, insonning intellektual faoliyati fan, texnika, adabiyot va boshqa sohalarning vujudga kelishiga katta ta’sir ko‘rsatadi [173].
Odatda, ongsizlikning turfa ko‘rinishlari oqibatida zehn, fahm-farosat paydo bo‘lishi natijasi o‘laroq, intellektual faoliyatda yangi texnologiya, konstruktlar va boshqalar yaratiladi. Bular esa umumiy intellektual faoliyat samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi [33].
Insonning intellektual faoliyati bevosita tafakkurdan boshlanadi. Tafakkur – bu borliqni aks ettirishning yuqori shakli va insonning anglangan maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati bo‘lib, atrofimizdagi olam hodisalari, ularning mohiyati, hodisalararo aloqalarni bilishning mavhum umumlashtirilishidir [237].
Ong tafakkurni oddiy, elementar masalalardan tortib, to murakkab hayotiy muayyan masalalarni yechishga yo‘naltiradi. Barcha intellektual faoliyat (fikrlash, tushunish, tushunchalarning shakllanishi) quyidagi bir qator operatsiyalardan iborat:
- analiz;
- sintez;
- qiyoslash;
- umulashtirish;
- abstraksiyalash;
- konkretlashtirish.
Tafakkur turlarining umumiy qabul qilingan klassifikatsiyasini ko‘rib chiqamiz:
- tafakkur mavjudlik shakliga: aniq-amaliy, ko‘rgazmali-obrazli va abstrakt;
- intellektual faoliyat xarakteriga ko‘ra: nazariy va amaliy;
- originallik darajasiga ko‘ra: reproduktiv va produktiv [86].
Tarixda avval amaliy faoliyat va keyinchalik kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan nazariy intellektual faoliyat vujudga keldi. Biroq, jamiyatning yuqori rivojlanganlik darajasiga qaramay, shaxs anglangan faoliyatining asosini amaliy tafakkur tashkil etadi.
Ishchi kasbidagi odamlarda mehnat real predmetlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularda amaliy, aniq-harakatli tafakkur ustuvorlik qiladi. Amaliy tafakkurning vazifasi-konkret masalalarni yechishdir [79].
Aniq-harakatli yoki ko‘rgazmali-harakatli tafakkur predmetlarni bevosita idrok qilishga asoslangandir. Tafakkurning mazkur turi ilk bolalik davrida asosiy hisoblanadi. Bola predmetlar bilan o‘zaro harakatdagi faoliyat jarayonida o‘ylaydi, fikr yuritadi. Buni bolaning yangi, u uchun noma’lum predmetni bilishga intilishi misolida yanada oson kuzatish mumkin. Aniq-harakatli tafakkur nutq bilan o‘zaro hamrohlikda kechmaydi. Tafakkurning bu turi hayvonlarga ham xos (to‘g‘ri, sifat jihatidan boshqacharoq).
Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur insonning atrofidagi borliqni idrok qilishida paydo bo‘ladi. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning eng sodda shakli ko‘rinishlari maktabgacha yoshdagi bolalarga ham xos. Ularda tafakkurning faoliyat bilan aloqasi saqlangan bo‘lib, har doim ham predmetlarni manipulyatsiya qilish zarurati tug‘ilavermasada, ammo ob’ekt va predmetlarni tasavvur qilish ehtiyoji bor.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘rgazmali obrazli fikr yuritadilar va hali ushbu so‘zning to‘liq ma’nosini ifodalovchi tushunchaga ega emaslar. Ba’zan tafakkurning bu turini obraz va tasavvurlarga tayangan mantiqli belgi deb nomlanadi. Obrazlar qisqa muddatli xotirada saqlanadi.
Nazariy-obrazli tafakkur – yozuvchilar, rassomlar, aktyorlarning faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ladi va u biror masalani hal qilish maqsadida obraz yoki tasavvurlarga tayangan holda ish ko‘radi. B.Teplov fikricha, nazariy tafakkur faoliyati asosan umumiy qonuniyatlarni izlab topishga qaratiladi. Tafakkurning ushbu turiga xos obrazlar uzoq muddatli xotirada saqlanadi.
Nazariy tafakkur – bu tushuncha, fikr-mulohaza va mantiqiy xulosalar ko‘rinishidagi bilimlarga asoslangan holda muammolarni yechishdir. Bularning barchasi fikran, ichki nutq yordamida ro‘y beradi.
Maktab yoshidagi bolalarda mavhum tushuncha va mulohaza ko‘rinishidagi abstrakt tafakkur, amaliy va ko‘rgazmali hissiy tajribaga asoslangan bo‘ladi. Tafakkurning bu turi nutq hamrohligida kechadi. Uni ba’zan yana og‘zaki-mantiqiy deb ham atashadi. Tafakkurning barcha turlari uchun muayyan mantiq xosdir [194, 197, 207].
Mavhum tafakkur asosida mantiqiy operatsiyalar va tushunchalar yotadi. Ayniqsa, tafakkurning ushbu turi olimlarda o‘zining yuqori darajadaliligi bilan ajralib turadi. Tafakkurda reprodkutiv va ijod elementlari bilan o‘zaro uyg‘unlashadi. Shunday savol tug‘iladi: nima uchun biz hammamiz har doim ham ijodiy fikr yurita olmaymiz? Ushbu savollarga
T.Lindsey, K.Xall va R.Tompsonning ishlaridan javob topishimiz mumkin:
- biz qattiyatli emasmiz - o‘z mulohazalarimiz bilan kulguli ko‘rinishni istamaymiz;
- hamma kabi ko‘pchilikning xulq-atvoriga o‘xshashga va ulardek bo‘lishga harakat qilamiz;
- biz atrofimizda kim bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zgalarning tanqidini tez qabul qilamiz, samimiy, xushmuomala, muloyim bo‘lamiz, ammo oqibatda o‘zimizni o‘zimiz himoya qila olmaymiz, o‘z fikrimizni asoslab, uni ochiq ayta olmaymiz;
- o‘z g‘oyalarimizni noadekvat baholaymiz, natijada ularni hech kimning oldida oshkor qila olmay, uni o‘zimizda qoldiramiz [180].
Shuningdek, inson intellektual faoliyati individning nutq simvollari va timsollariga suyangan holda, o‘z xatti-harakatlarini rejalashtirishi turli psixologik jarayonlar bilan bevosita bog‘liqdir. Inson intellektual faoliyatda aniq motivlar va belgilangan maqsadlariga ko‘ra shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda ehtiyojlar va his-tuyg‘ular motivlar tarzida ko‘zga tashlanadi. Intellektual faoliyatni amalga oshirish uchun faoliyat ob’ekti, ichki mayllar hamda inson o‘z faoliyati natijasida nimaga erishishni xohlashidan iborat, uning maqsad va istaklarining o‘zaro nisbati bo‘lishi zarur. Masalan, shaxsiy sifatlarning oshishi, shaxsiy ehtiyojlarning qondirilishi yoki faoliyatsiz jismoniy mavjudlikning imkonsizligi insonni faoliyatga undaydi. U jismoniy intellektual faoliyatdan farq qilgan holda energetik zahiralarni kamroq ishlatish bilan kechadi, ammo bu uning oson ekanligidan dalolat bermaydi.
Intellektual faoliyatda markaziy asab tizimining analitik va sintetik funksiyalari anchagina faollashadi, axborotlarni qabul qilish va qayta ishlash murakkablashadi, funksional aloqalar va shartli reflekslarning yangi komplekslari paydo bo‘ladi, eshitish va ko‘rish analizatorlarining zo‘riqib ishlashi, diqqat va xotira funksiyalarining roli ortadi. Intellektual faoliyat intensivligining ortishi miyaning quvvatlanishga bo‘lgan ehtiyoji oshishiga sabab bo‘ladi va organizm umumiy hajmining 15-20% ini tashkil etadi. Bunda 100 g bosh miya po‘stlog‘ining to‘yinishi uchun sklet mushaklariga nisbatan besh barobar ortiq kislorod talab etiladi.
Intellektual faoliyat uchun diqqat, xotira zo‘riqishi, stresslarning katta miqdori, kam harakatchanlik, majburiy gavda holati xosdir. Bularning barchasi oyoq mushaklari, kichik tos va qorin bo‘shlig‘i organlarining to‘xtab uvishib qolishi, miyaning kislorod bilan ta’minlanishining yomonlashuvi, glyukozaga bo‘lgan ehtiyojning ortishiga ko‘ra belgilanadi. Ko‘rish analizatori funksiyalarining zaiflashuvi ham kuzatiladi.Bular:
Diqqatning zo‘riqishi jismoniy mehnatga nisbatan intellektual mehnatda o‘rtacha 5-10 barobar ortiqdir [197, 264, 86].
Intellektual faoliyat tugashi bilan bu jarayon to‘xtab qolmaydi. Organizmda o‘ziga xos charchash holati rivojlanadi, u vaqt o‘tgach, madori qurish (juda holdan toyish)ga ko‘chib o‘tadi. Bularning barchasi organizm fiziologik ishlab turishining izdan chiqishiga olib keladi. Intellektual faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi insonlar charchash holatida ham uzoq vaqt ishlab chiqarish va ishlash qobiliyatini unchalik yo‘qotmaydilar. Ayniqsa, intellektual faoliyatdagi insonlar axborotlarni qayta ishlash mexanizmlarini kechasi o‘chirib qo‘ya olmaydilar, ular sutkasiga nafaqat 8-12 soat ishlaydilar, balki kichik “chalg‘ishlar” bilan dam olib, o‘z faoliyatlarini yana davom ettiradilar. Bu esa faol uyg‘oqlik
Adabiyotlar:



  1. Umumiy psixologiya. A. V. Pеtrovskiy taxr. T.1992.

  2. Grimak L. P. Rеzеrvo` chеlovеchеskoy psixiki. M.1989.

  3. Kazakov V.G. Psixologiya. M.1989.

Download 18.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling