"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari
Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida xamda davlat
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Copy3-Byudjet hisobi
6. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida xamda davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobining ahborot tizimlari va ulardan foydalanish . O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi №PQ-1989 sonli “O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha,O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini majmuaviy rivojlantirish Respublika muvofiqlashtirish komissiyasining bayonnomasi asosida 2013-2020 yillarga mo’ljallangan “Byudjet” axborot tizimi majmui loyihasini tuzish va integrasiyalashuvini amalga oshirish bo’yicha tegishli muddatlar belgilangan. Yuqorida zikr etilgan qarorni amalga oshirish doirasida, hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi №PQ-594 sonli “Davlat byudjetining g'azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriva 2007 yil 1 noyabrdagi PQ-721 sonli “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlariga asosan, Moliya vazirligida zamonaviy telekommunikatsiya va server uskunalari negizida axborot-kommunikatsiya infrastrukturasi tuzildi. Asosiy va zaxira ma'lumotlar markazlari (ma'lumotlar markazlari) o’rnatildi va ishga tushirildi. Byudjet tashkilotlari va Moliya Vazirligi faoliyatini ta’minlovchi o’zaro integrasiyalashgan qator axborot tizimlari faoliyati yo’lga qo’yilgan: «Byudjet» ATM, shu jumladan byudjet tashkilotlari hisobchilari faoliyatini qamrab oluvchi «UzASBO» dasturiy majmuasi, davlat byudjetining g’azna ijrosini ta’minlash bo’yicha «G’aznachilik» dasturiy majmuasi va boshqalar shular jumlasidan. Hozirgi vaqtda «Byudjet» ATMda Moliya Vazirligining barcha bo’linmalari (qariyb 4500 foydalanuvchi), shuningdek 186000 dan ko’p shaxsiy hisob raqamlariga ega 25000 dan ziyod byudjet tashkilotlari ro’yhatdan o’tgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 fevraldagi №41 sonli “O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining Yagona integratsiyalashgan axborot tizimini yanada yangilash va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining “O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi yagona integratsiyalashgan axborot tizimi” uchun “Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi”(«DMBAT») dasturiy ta’minoti va server jihozlarini o’rnatilgan tartibda tender savdolarida qatnashib xarid qilish bo’yicha DMBAT dasturiy ta’minoti ishlab chiqaruvchisi bilan shartnoma tuzilgan. Ushbu dasturiy ta’minotning tuzilishi va ommaviy tarzda ishga qo’yilishi 2017 yildan rejalashtirilgan. Kelgusida «DMBAT» DTI «Byudjet» ATMning yangi yadrosi bo’lib xizmat qilishi ko’zda tutilmoqda. «DMBAT» DTning maqsadi davlat sektori samaradorligining oshishi barobarida samarali makroiqtisodiy siyosat va soliq-byudjet operasiyalarini qo’llab- quvvatlash, davlat boshqaruv organlari faoliyati oshkoraligi va ma’suliyatini kuchaytirish hamda xarajatlarning nazorati va monitoringini takomillashtirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan “Byudjet tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimi – “UzASBO” dasturiy majmuasining o‘quv- simulyatsiya dasturi” yaratildi. 2015 yilning 24 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligidan – elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan “UzASBO – o‘quv-simulyatsiya dasturiy majmuasi”ni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi DGU 03331-sonli guvohnoma topshirildi. Mazkur “UzASBO” – o‘quv-simulyatsiya dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, buxgalteriya hisobini o‘zlashtirish xohish-istagini bildirgan o‘quvchilar uchun nazariy bilim bilan amaliy ko‘nikmalarni o‘zida mujassam etuvchi axborot dasturini yaratishdan iborat edi. Belgilangan maqsadlarning amaliy ifodasi – ishlab chiqilgan simulyatsiya dasturining modullarida, ya’ni byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobini yurituvchi xodim tomonidan birlamchi hujjatlarni kiritish, turli hisobotlarni ko‘rish va tuzish bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalarni elektron dastur modullarida sinab ko‘rish imkoniyatlarining mavjudligidir. O‘z o‘rnida, dastur doirasida o‘quv-simulyatsiya dasturining o‘quv qo‘llanmasi ham ishlab chiqilib, hozirgi kunda amalga oshirilgan va barcha byudjet tashkilotlarida foydalanib kelinmoqda. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling