"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjeti xarajatlarining analitik
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Copy3-Byudjet hisobi
3. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjeti xarajatlarining analitik va sintetik hisobi. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjeti daromadlari hisobi 02 "Xarajatlar" nomli hisobvaraqda yuritiladi. Ya’ni: 020 Byudjet xarajatlari 022 Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar 023 Bojxona organlari g‘azna depozit schyoti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar 025 Davlatning tashqi qarzi mablag‘lari hisobidan xarajatlar 028 Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar 029 Byudjetdan mablag‘ oluvchilarni boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar "Byudjet xarajatlari" nomli 020-sonli hisobvaraqda Respublikasi byudjeti, Qoraqalpog‘iston respublikasi va mahalliy byudjetlarning kassa xarajatlari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida davlat byudjeti xarajatlari summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki o‘tkazilishi aks ettiriladi. 022 – sonli “Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa Byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar” hisobvaraqda moliya yilida jamg‘armalar tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa Byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi. 023 – sonli “Bojxona organlari g‘azna depozit schyoti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar” hisobvaraqda moliya yilida g‘azna depozit schyoti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida bojxona organlari g‘azna depozit schyoti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi. 025-sonli hisobvaraq “Davlatning tashqi qarzi mablag‘lari hisobidan xarajatlar” Davlatning tashqi qarzi mablag‘larining ishlatilishi bilan bog‘liq, kassa xarajatlari hisobi bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan. Bu schyotning debet tomonida Davlatning tashqi qarzi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi. 028-sonli hisobvaraq “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarajatlar” g‘azna hisobvaraqlaridan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy nafaqalar to‘lovlariga kassa xarajatlari bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan. Bu schyotning debet tomonida Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy nafaqalar to‘lovlariga kassa xarajatlari summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi. 029-sonli hisobvaraqda “Byudjetdan mablag‘ oluvchilarni boshqa Byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar” g‘azna hisobvaraqlaridan Byudjetdan tashqari boshqa mablag‘larning kassa xarajatlari bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi yuritiladi. Bu schyotning debet tomonida Byudjetdan mablag‘ oluvchilarni boshqa Byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlari summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling