"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari
TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Copy3-Byudjet hisobi
TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR: 1. Byudjet xarajatlari tasnifini tushuntirib bering? 2. Byudjet xarajatlari kassa ijrosi nimani anglatadi? 3. Moliya organlarida xarajatlar hisobini xujjatlashtirish tartibini tushuntirib bering? 4. Davlat byudjeti, jamg‘armalar byudjeti, byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan xarajatlarni buxgalteriya yozuvlarida aks ettirishni tushuntirib bering? 5-MAVZU: BYUDJETLARARO MUNOSABATLAR HAMDA QARZLAR HISOBI REJA: 1. Byudjet ssudasi va uning hisobi hususiyatlari. 2.Byudjet ssudasini xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish. 3.Byudjetlararo munosabatlar va ular hisobini maqsadi hamda vazifalari. 4.Byudjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarni xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish 5.Byudjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobini yuritishda xorij tajribasi. 1. Byudjet ssudasi va uning hisobini hususiyatlari. Byudjet ssudasi - yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident- yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘dir. Yuqori byudjetdan quyi byudjetga byudjet ssudalarini berish O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2001 yil 28 iyundagi 58-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, mahalliy byudjetlarga byudjet ssudalarini berish va olingan byudjet ssudalarini so‘ndirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (2001 yil 19 iyulda 1052-son bilan ro‘yxatga olingan) bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Byudjet ssudalari daromadlar va xarajatlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan vaqtinchalik kassa uzilishlarni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga berilishi mumkin. Byudjet ssudalari Respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy byudjetlardan byudjet ssudalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar tarkibiga kiradigan shaharlar va tumanlarning byudjetlariga berilishi mumkin (1-chizma). Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling