"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari


Buxgalteriya balansini tuzish tartibi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet122/136
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1838657
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   136
Bog'liq
Copy3-Byudjet hisobi

2. Buxgalteriya balansini tuzish tartibi. 
Balans (1-shakl)ni tuzishdan oldin barcha mavjud memorial orderlar bilan rasmiylashtirilgan 
buxgalteriya provodkalarini dastlabki hujjatlarga muvofiq holda to‘g‘ri tuzilganligi hamda “Bosh-
jurnal kitobi” (308-shakl)ga to‘g‘ri yozilganligi, subschyotlar bo‘yicha oylik aylanmalar va 
hisobot davri oxiriga “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) bo‘yicha qoldiqlar to‘g‘ri hisoblanganligi 
tekshirib chiqiladi. 
Hisobot davri oxiriga “Bosh-jurnal kitobi”da chiqarilgan qoldiqlar balansning “Yil (chorak) 
oxiriga” ustuniga ko‘chirib yoziladi. 
Bunda, debitor va kreditor qarzlarni hisobga oluvchi subschyotlar bo‘yicha debitorlar va 
kreditorlar umumlashtirilmasdan, ya’ni, mavjud debitorlar balansning aktiv qismida, kreditorlik 
qarz esa, passiv qismida ko‘rsatiladi. Ushbu debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar 285-shakl "Aylanma vedomost" va boshqa tegishli hisob registrlaridan olinadi. 
"Yil boshiga" ustuni bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘tgan hisobot yili balansining "Yil (chorak) oxiriga" 
ustuni bo‘yicha ko‘rsatkichlarga aynan bir xil holda ko‘chiriladi. Agarda, tashkilot hisobot yilining 
1-yanvaridan keyin tashkil topgan bo‘lsa, u holda balansning ushbu “Yil boshiga” ustuni 
to‘ldirilmaydi. 
Balansning aktiv qismidagi "Yil (chorak) oxiriga" ustuni bo‘yicha: 
"1-§. Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar" paragrafining "Asosiy 
vositalar: Boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati” qatorida tashkilotlarning hisobot davri oxiriga 
mavjud barcha asosiy vositalari, shu jumladan, ijaraga berilganlari ham dastlabki (tiklanish) 
qiymati bo‘yicha aks ettiriladi.
Qayta baholash natijalari bo‘yicha aniqlangan asosiy vositalarning tiklanish qiymati 
choraklik va yillik balanslarda “Yil boshiga” ustunida kasr chizig‘i bilan (mahrajida) aks ettiriladi. 
“Eskirish summasi” qatorida asosiy vositalarning balans tuzilgan hisobot davri oxiriga 
hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi. 
“Qoldiq (balans) qiymati” qatorida asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymatidan 
hisoblangan eskirish qiymatini farqi (010-qatorda aks ettirilgan asosiy vositaning dastlabki 
(tiklanish) qiymatidan 011-qatorda aks ettirilgan eskirish summasini ayirmasi) aks ettiriladi. 
“Nomoddiy aktivlar” qatorida tashkilotning hisobot davri oxiriga mavjud nomoddiy aktivlarining 
qiymati ko‘rsatiladi. 
"2-§. Noishlab chiqarish aktivlari" qatorida ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lmagan 
kapital xarajatlar, jumladan, yerni obodonlashtirish uchun amalga oshirilgan xarajatlar (040-
subschyot) aks ettiriladi. 
"3-§. Tovar-moddiy zaxiralar" paragrafida hisobot davri oxiriga mavjud bo‘lgan tayyor 
mahsulot, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va yarani bog‘lash vositalari, 
inventar va xo‘jalik jixozlari, yonilg‘i, yoqilg‘i-moylash materillari, mashina va asbob-
uskunalarning ehtiyot qismlari va boshqa tovar-moddiy zaxiralarning qoldiq summalari 
ko‘rsatiladi.
"4-§. Nomoliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar" paragrafida o‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-
uskunalar, tugallanmagan qurilish, asosiy vositlarga boshqa xarajatlar, nomoddiy aktivlarga 


boshqa xarajatlar, tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar va tovar-moddiy zaxiralarga boshqa 
xarajatlarni hisobga oluvchi subschyotlarning “Bosh-jurnal kitobi” (308-shakl) bo‘yicha hisobot 
davrining oxiriga qoldiq summasi aks ettiriladi. 
"Moliyaviy aktivlar" bo‘limida mavjud hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari, akkreditivlar
kassadagi naqd pul qoldiqlari va boshqa pul mablag‘larining, shuningdek g‘aznachilik 
bo‘linmalaridagi shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag‘larining balans tuzilayotgan sanaga qoldiq 
summalari aks ettiriladi. 
"Debitorlar" bo‘limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo‘yicha qoldiq summalar 
(debitorlik qarzlar) aks ettiriladi. 
Balansning passiv qismidagi "Yil (chorak) oxiriga" ustuni bo‘yicha: 
"Kreditorlar" bo‘limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo‘yicha qoldiq summalar 
(kreditorlik qarzlar) aks ettiriladi. 
“Moliyaviy natijalar” bo‘limida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijalari (300-343 
qatorlar), shuningdek, yakuniy moliyaviy natijasi (350-356 qatorlar) har bir daromad 
(tushum)larning turlari bo‘yicha alohida holda aks ettiriladi. 
Bunda, joriy yilga moliyaviy natijalar (300-343 qatorlar) bo‘yicha ko‘rsatkichlar yillik 
balansda aks ettirilmaydi. 
"Balansdan tashqari schyotlar" bo‘limida tashkilotlarning balansdan tashqari schyotlarida 
hisobot davri oxiriga aks ettirilgan summalar ko‘rsatiladi. 
Balans (1-shakl) tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-
sanasiga qadar topshiriladi. 
Quyida byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan balans (1-shakl) ko‘rsatkichlarini 
tegishli hisob registrlari va boshqa hujjatlar bilan o‘zaro muvofiqlik jadvalini keltiramiz. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling