"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari


Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet123/136
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1838657
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   136
Bog'liq
Copy3-Byudjet hisobi

 
3.Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot 
(2-shakl)ni tuzish tartibi 
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobotni tuzishdan oldin tashkilotlar: 
- tasdiqlangan xarajatlar smetalariga belgilangan tartibda kiritilgan o‘zgartirishlarning hisob 
registrlariga (294-shakl daftarlariga) to‘g‘ri yozilganligini; 
hisobot davri uchun byudjetdan moliyalashtirilgan mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar 
smetalariga muvofiq holda (kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda) amalga 
oshirilganligini (tegishli memorial orderlar, 294-shakl daftari va boshqa hisob registrlari asosida); 
- hisobot choragida amalga oshirilgan kassa xarajatlarining (G‘aznachilik bo‘linmalari orqali 
amalga oshirilgan to‘lovlarning) to‘g‘riligini (tegishli memorial orderlar, 294-shakl daftarlari va 
boshqa hisob registrlari asosida); 
- haqiqiy xarajatlarning hisob registrlariga to‘g‘ri yozilganligini (tegishli memorial orderlar 
va 294-shakl daftarlari ma’lumotlari asosida) tekshirib chiqishlari lozim. 
"Tasdiqlangan (aniqlangan) reja" ustuniga tashkilotlarning tegishli tasdiqlangan xarajatlar 
smetalari bo‘yicha kiritilgan o‘zgartirishlar hisobi bilan hisobot davriga aniqlangan rejani 
xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat moddalari bo‘yicha yoziladi. 
"Hisobot davri uchun moliyalashtirilgan" ustuni bo‘yicha tashkilotga byudjetdan xarajatlar 
smetalariga muvofiq yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda moliyalashtirilgan mablag‘lar (294-shakl 
daftar ma’lumotlari asosida) xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va 
moddalari bo‘yicha yoziladi (4-guruhning xarajat moddalaridan tashqari). 
G‘azna ijrosiga o‘tilgan tashkilotlar ushbu ustun bo‘yicha yil boshidan o‘sib boruvchi 
tartibda G‘aznachilik bo‘linmalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni ko‘rsatadilar. 
"Kassa xarajati-jami" ustunida tashkilotning byudjet mablag‘lari bo‘yicha depozit hisob 
raqamidan xarajatlar smetalarida ko‘zda tutilgan maqsadlar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar yil 
boshidan o‘sib boruvchi tartibda (294-shakl daftar ma’lumotlari asosida) xarajatlar tasnifining 
hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha yoziladi. 
G‘azna ijrosiga o‘tilgan tashkilotlar ushbu ustun bo‘yicha yil boshidan o‘sib boruvchi 
tartibda G‘aznachilik bo‘linmalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni ko‘rsatadilar. 


"Haqiqiy xarajatlar-jami" ustunida tashkilot tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar 
(byudjet bo‘yicha) yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda (294-shakl daftarlar ma’lumotlari asosida) 
xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha yoziladi. 
Tashkilotlar tomonidan o‘tgan yillarda, shuningdek, joriy yilda byudjet mablag‘lari 
hisobidan sotib olingan asosiy vositalariga hisoblangan eskirish summasi xarajatlar smetasining 
ijrosi haqida hisobot (2-shakl)da xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib 
olish” xarajat moddasining tegishli kichik modda va elementlari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar 
sifatida aks ettiriladi. 
Bunda, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan o‘tgan yillarda, shuningdek, joriy yilda 
sotib olingan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi esa, tegishli ravishda 
byudjetdan tashqari mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi hisobotlarda xarajatlar iqtisodiy 
tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish” xarajat moddasining tegishli kichik modda 
va elementlari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi. 
Byudjet tashkiloti bo‘lmagan byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlar tomonidan byudjetdan 
olingan mablag‘larning ijrosi bo‘yicha tuzilgan xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-
shakl)da byudjet mablag‘ining ishlatilgan qismi doirasida xarajatlar iqtisodiy tasnifining tegishli 
moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlarni to‘liq aks ettiradilar.
Tashkilotlarga boshqa byudjetlar hisobidan mablag‘lar ajratilgan hollarda mazkur 
mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha xarajatlar smetasining ijrosi xaqida hisobot (2-shakl) tegishli 
moliya organiga ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda taqdim qilinadi. 
Asosiy xarajatlar smetasi bo‘yicha moliyalashtiriluvchi tegishli moliya organiga esa, mazkur 
hisobotlarning nusxalari ma’lumot uchun taqdim qilinadi. 
Xarajatlar smetasining ijrosi xaqida hisobot (2-shakl) tashkilotlar tomonidan xarajatlar 
tasnifining har bir bo‘lim, kichik bo‘lim va bobi bo‘yicha alohida holda tuziladi. 
Tashkilotning byudjet hisob raqamlaridagi (shaxsiy hisobvaraqlaridagi) hisobot choragining 
oxirgi ish kuniga tejab qolingan va belgilangan tartibda rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga 
o‘tkazilgan byudjet mablag‘lari alohida (I-IV xarajat guruxlariga qo‘shilmagan holda) “Byudjet 
tashkilotida hisobot choragining oxirgi kuniga tejab qolingan va byudjet tashkilotining 
rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazilgan mablag‘lar” qatorida kassa xarajatlari 
sifatida aks ettiriladi va “Xarajatlarning hammasi”da hisobga olinadi. 
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) tashkilotlar tomonidan har chorakda 
hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi. 
Quyida byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobot 
(2-shakl) ko‘rsatkichlarini tegishli hisob registrlari va boshqa hujjatlar bilan o‘zaro muvofiqlik 
jadvalini keltiramiz. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling