"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari


 Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida xamda davlat


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/136
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1838657
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   136
Bog'liq
Copy3-Byudjet hisobi

 
6. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida xamda davlat 
maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobining ahborot 
tizimlari va ulardan foydalanish . 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi №PQ-1989 sonli 
“O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha,O'zbekiston Respublikasi Milliy 
axborot-kommunikatsiya tizimini majmuaviy rivojlantirish Respublika muvofiqlashtirish 
komissiyasining bayonnomasi asosida 2013-2020 yillarga mo’ljallangan “Byudjet” axborot tizimi 
majmui loyihasini tuzish va integrasiyalashuvini amalga oshirish bo’yicha tegishli muddatlar 
belgilangan.
Yuqorida zikr etilgan qarorni amalga oshirish doirasida, hamda O'zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi №PQ-594 sonli “Davlat byudjetining g'azna ijrosi tizimini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriva 2007 yil 1 noyabrdagi PQ-721 sonli 
“Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini 
amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlariga asosan, Moliya vazirligida zamonaviy 
telekommunikatsiya va server uskunalari negizida axborot-kommunikatsiya infrastrukturasi 
tuzildi. Asosiy va zaxira ma'lumotlar markazlari (ma'lumotlar markazlari) o’rnatildi va ishga 
tushirildi. Byudjet tashkilotlari va Moliya Vazirligi faoliyatini ta’minlovchi o’zaro 
integrasiyalashgan qator axborot tizimlari faoliyati yo’lga qo’yilgan: «Byudjet» ATM, shu 
jumladan byudjet tashkilotlari hisobchilari faoliyatini qamrab oluvchi «UzASBO» dasturiy 
majmuasi, davlat byudjetining g’azna ijrosini ta’minlash bo’yicha «G’aznachilik» dasturiy 
majmuasi va boshqalar shular jumlasidan. 
Hozirgi vaqtda «Byudjet» ATMda Moliya Vazirligining barcha bo’linmalari (qariyb 4500 
foydalanuvchi), shuningdek 186000 dan ko’p shaxsiy hisob raqamlariga ega 25000 dan ziyod 
byudjet tashkilotlari ro’yhatdan o’tgan. 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 fevraldagi №41 sonli 
“O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining Yagona integratsiyalashgan axborot tizimini 
yanada yangilash va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash 
bo’yicha, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining “O’zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligi yagona integratsiyalashgan axborot tizimi” uchun “Davlat moliyasini boshqarishning 
axborot tizimi”(«DMBAT») dasturiy ta’minoti va server jihozlarini o’rnatilgan tartibda tender 
savdolarida qatnashib xarid qilish bo’yicha DMBAT dasturiy ta’minoti ishlab chiqaruvchisi bilan 
shartnoma tuzilgan. Ushbu dasturiy ta’minotning tuzilishi va ommaviy tarzda ishga qo’yilishi 
2017 yildan rejalashtirilgan. Kelgusida «DMBAT» DTI «Byudjet» ATMning yangi yadrosi bo’lib 


xizmat qilishi ko’zda tutilmoqda. «DMBAT» DTning maqsadi davlat sektori samaradorligining 
oshishi barobarida samarali makroiqtisodiy siyosat va soliq-byudjet operasiyalarini qo’llab-
quvvatlash, davlat boshqaruv organlari faoliyati oshkoraligi va ma’suliyatini kuchaytirish hamda 
xarajatlarning nazorati va monitoringini takomillashtirishdan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan “Byudjet 
tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimi – “UzASBO” dasturiy majmuasining o‘quv-
simulyatsiya dasturi” yaratildi. 
2015 yilning 24 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligidan – 
elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan “UzASBO – o‘quv-simulyatsiya dasturiy 
majmuasi”ni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi DGU 03331-sonli guvohnoma 
topshirildi. 
Mazkur “UzASBO” – o‘quv-simulyatsiya dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan ko‘zlangan 
asosiy maqsad, buxgalteriya hisobini o‘zlashtirish xohish-istagini bildirgan o‘quvchilar uchun 
nazariy bilim bilan amaliy ko‘nikmalarni o‘zida mujassam etuvchi axborot dasturini yaratishdan 
iborat 
edi.
Belgilangan maqsadlarning amaliy ifodasi – ishlab chiqilgan simulyatsiya dasturining 
modullarida, ya’ni byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobini yurituvchi xodim tomonidan 
birlamchi hujjatlarni kiritish, turli hisobotlarni ko‘rish va tuzish bilan bog‘liq moliyaviy 
operatsiyalarni elektron dastur modullarida sinab ko‘rish imkoniyatlarining mavjudligidir. 
O‘z o‘rnida, dastur doirasida o‘quv-simulyatsiya dasturining o‘quv qo‘llanmasi ham ishlab 
chiqilib, hozirgi kunda amalga oshirilgan va barcha byudjet tashkilotlarida foydalanib 
kelinmoqda.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling