11-sonli shakldagi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha bildirishnoma;
3-sonli shakldagi byudjetlarni g’azna hisobvaraqlariga Davlat byudjeti,
jamg’armalar
byudjeti, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyotiga kelib tushgan daromadlar
to’g’risidagi ma’lumotnoma;
274-sonli shakldagi memorial order;
Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek
byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa mablag’lari hisobini yuritishda
ishlatiladigan boshqa hujjatlar.
Birlamchi hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar, ushbu hujjatlarni o’z ichiga olgan
ma’lumotlarning o’z vaqtida tuzilishi, to’g’riligi va haqqoniyligi, shuningdek ularni buxgalteriya
hisobotida aks ettirilishi uchun belgilangan muddatlarda etkazilishi uchun javobgardirlar.
Birlamchi va boshqa hisob hujjatlariga, operatsiyalar qatnashchilari tomonidan tasdiqlanmagan
o’zgartirish kiritishga yo’l qo’yilmaydi. Bank va kassa hujjatlarini o’zgartirish va bo’yashga yo’l
qo’yilmaydi.
Har bir ish kuni tugashi bilan respublika byudjeti ijrosi bo’yicha, mahalliy byudjet ijrosi
bo’yicha, jamg’armalar byudjeti, byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa
mablag’lari, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyoti mablag’lari operatsiyalari
barcha birlamchi va hisob hujjatlari g’aznachilik bo’linmalari buxgalteriya hisobi hodimlari
tomonidan ularning kelib tushishi bo’yicha taxlanadi va broshyuralanadi.
Byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi registrlari ikkiyoqlama
yozuv qoidalariga muvofiq tasdiqlangan blankalar (shakllar), jurnallar, kitoblarni o’zida ifodalaydi
Byudjetlarning ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi quyidagi hisobga olish
registrlarida yuritiladi: a) "Bosh jurnal" daftari;
b) byudjet mablag’lari kassa xarajatlari kitobi, jamg’arma mablag’lari taqsimlovchilari kassa
xarajatlari kitobi, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari tushumi va sarflanishi
hisobi kitobi, bojxona organlari g’azna depozit schyotiga mablag’lar tushumi va sarflanishi hisobi
kitobi, byudjetdan mablag’ oluvchilarning boshqa byudjetdan tashqari mablag’lari tushumi va
sarflanishi hisobi kitobi; Bunda, byudjetlarning g’azna ijrosi buxgalteriya hisobi registrlari
bo’yicha operatsiyalar elektron shaklda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |