"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Copy3-Byudjet hisobi
Buxgalteriya o‘tkazmalari:
№ Muomalalar mazmuni Dt Kt Asos bo‘luvchi xujjat 1 . Hisobot yilida Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning Byudjetdan tashqari boshqa mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlarini natijalarga o‘tkazish 099 029 Buxgalteriya ma’lumotnomasi, m/o 2 . Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning Byudjetdan tashqari boshqa mablag‘lari hisobiga tushgan mablag‘larni natijalarga o‘tkazish 049 099 Buxgalteriya ma’lumotnomasi, m/o 3.Davlat byudjeti ijrosi bo‘yicha davriy hisobotlarni shakllantirish. Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjeti ijrosi bo‘yicha davriy hisobotlarni shakllantirish. Moliya organlari belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar tuziladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi buyrug‘i bilan tasdiqlangan shakllarda va muddatlarda Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar tuzadi va taqdim etadi. Belgilangan tartibda moliya organlari byudjet ijrosi bo‘yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosi bo‘yicha oylik hisobot shaklida byudjetning daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi asosiy ko‘rsatkichlar beriladi. Hisobotda byudjet xarajatlari ham byudjet tasnifi bo‘yicha aks ettirilib, unda aniqlangan reja, kassa xarajatlari, qabul qilingan yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar hamda bajarilishi foizda ko‘rsatiladi va farqi aks ettiriladi. Ushbu hisobotda byudjet Davlat maqsadli jamg‘armalari, boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘larning hududiy g‘azna schyotlaridagi, g‘azna tranzit schyotlaridagi qoldiqlari aks ettiriladi. Byudjet ijrosi to‘g‘risidagi yig‘ma oylik hisobotlar tegishli moliya organlari tomonidan o‘zlari ijro etayotgan byudjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlariga quyi byudjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarini ham qo‘shish yo‘li bilan tuziladi. Moliya organlari choraklik hisobotni tegishli shakllarda o‘sib boruvchi yakun bo‘yicha tuzadi.Moliya organlarida byudjet ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisoboti tarkibiga quyidagilar kiradi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling