"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari


Buxgalteriya hisobida hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi 11


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet92/136
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1838657
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   136
Bog'liq
Copy3-Byudjet hisobi

Buxgalteriya hisobida hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi 11 
“Hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag‘lar” schyotida quyidagi subschyotlarda 
yuritiladi:
110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar”;
111 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar”; 
112 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari”; 
113 “Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar”; 
114 “Byudjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar”; 
115 “Valyuta hisobvarag‘i”; 
119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari”. 
110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyotida 
tashkilotlarning hisobvaraqlariga kirim qilingan ta’lim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari 
tomonidan to‘lanadigan badallari, shuningdek ovqatlanganligi uchun xodimlardan tushgan 
mablag‘lari hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida ta’lim muassasalaridagi 


bolalarning ota-onalari tomonidan to‘lanadigan badallari, shuningdek ovqatlanganligi uchun 
xodimlardan tushgan mablag‘larni kirimi, kredit tomonida mablag‘larni sarflanishi, hisobdan 
chiqarilishi 
aks 
ettiriladi. 
111 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” 
subschyotida tashkilotlar tomonidan o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar 
hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida Ta’lim muassasalarida O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 6 avgustda 795 - son bilan ro‘yxatdan o‘tgan 
“O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt 
shakli va tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi haqida” Nizomga ko‘ra o‘qitishning to‘lov-
kontrakt shaklidan mablag‘lar tushumi kredit tomonida bu mablag‘larni sarflanishi, hisobdan 
chiqarilishi 
aks 
ettiriladi. 
112 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” subschyotida qonunchilikda 
belgilangan tartibda tashkilotlarning rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha daromadlar va 
tushumlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish 
jamg‘armasi mablag‘larining hisobi yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida byudjet 
tashkilotlari faoliyat turiga mos mahsulot(ish va xizmatlar) sotishdan tushumlar, ijara tushimlari, 
xomiylik mablag‘lari tushumi, yil yakuniga ko‘ra byudjet mablag‘lari bo‘yicha iqtisod qilib 
qolingan mablag‘ni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishi aks ettiriladi kredit tomonida ushbu 
mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgan xarajatlar, hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. 
113 “Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar” subschyotida tashkilotlarning eskirgan va keraksiz 
moddiy qimmatliklarni sotishdan, shuningdek, turli xil jarimalar va penyalardan hamda boshqa 
qonunchilikda taqiqlanmagan tushumlar bo‘yicha mablag‘lari hisobga olinadi. Bu schyotning 
debet tomonida ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan 
moddiy qiymatliklarni (byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan 
tushumlar, boshqa tushimlar summasi, kredit tomonida bu mablag‘larni sarflanishi , hisobdan 
chiqarilishi aks ettiriladi. 
114 “Byudjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar” subschyotida 
tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi 
yoki tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobga olinadi. Bu schyot 
asosan sud, prokuratura, boshqa xuquqni himoya qiluvchi organlarida ko‘proq qo‘llaniladi. Bu 
schyotni debet tomonida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan mablag‘lar summalari
kredit tomonida bu mablag‘larni qaytarilishi aks ettiriladi. 
Ushbu summalarning analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar 
daftarida (kartochkasida) olib boriladi. 
115 “Valyuta hisobvarag‘i” subschyotida chet el valyutasi bo‘yicha operatsiyalarning hisobi 
olib boriladi. Ushbu subschyotning debet tomonida chet el valyutalarining kirimi, kredit tomonida 
esa, chet el valyutalarining chiqimi aks ettiriladi. Bu schyotning debet tomonida xorijiy 
valyutadagi pul mablag‘lari tushumi yoki ijobiy kurs tafovuti aks ettiriladi, kredit tomonida xorijiy 
valyutadagi pul mablag‘lari sarfi yoki salbiy kurs tafovuti aks ettiriladi. 
Chet valyutasi bo‘yicha mablag‘larning sintetik hisobi 381-son jamlanma qaydnomada (3-
memorial orderda), analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida 
(kartochkasida) 
chet 
el 
valyutasi 
turlari 
bo‘yicha 
alohida 
holda 
yuritiladi. 
119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga 
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlarni to‘lash uchun Pensiya jamg‘armasining hududiy 
bo‘linmalaridan kirim qilingan mablag‘lar va boshqa pul mablag‘lari hisobga olinadi. Bu 
schyotning debet tomonida Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan byudjet tashkilotlari 
xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag‘lar va boshqa mablag‘lar 
tushumi kredit tomonida bu mablag‘larni sarflarishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling