"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari
Buxgalteriya hisobida g‘azna ijrosiga o‘tmagan byudjet tashkilotlari byudjet pul
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Copy3-Byudjet hisobi
Buxgalteriya hisobida g‘azna ijrosiga o‘tmagan byudjet tashkilotlari byudjet pul
mablag‘lari hisobi 10 “Hisobvaraqlardagi byudjet mablag‘lari” schyotida quyidagi subschyotlarda yuritiladi: 100 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari”; 101“Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari”. 100 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari” subschyotida g‘azna ijrosiga o‘tilmagan ayrim tashkilotlarning markaziy apparatini saqlash uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq sarflanadigan mablag‘larning harakati hisobga olinadi. 101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari” subschyotida bosh mablag‘ taqsimlovchilar tomonidan qaramog‘idagi muassasalarga o‘tkazish uchun va markazlashtirilgan tadbirlarga sarflash uchun mo‘ljallangan mablag‘lar, shuningdek kapital qo‘yilmalar va boshqa tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun (kapital qo‘yilmalarning hisobi xarajatlar smetasining ijrosi bilan yagona balansda yuritilgan hollarda) ajratilgan mablag‘lar xarakati hisobga olinadi. Quyi mablag‘ taqsimlovchilar tomonidan bu subschyotda ular ixtiyoriga ochilgan va muassasalarni saqlash uchun, shuningdek, qaramog‘idagi muassasalarga o‘tkazish uchun moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobga olinadi. Bu subschyotlarning debetiga moliyalashtirilgan mablag‘lar summalari va kassa xarajatlarini qayta tiklash uchun kelib tushgan summalar, kreditiga esa, tegishli maqsadlar uchun sarflangan byudjet mablag‘lari va qaytarib olingan mablag‘lar summalari yoziladi. Tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq moliyalashtirib berilgan mablag‘lar byudjet mablag‘larini oluvchilar tomonidan 100 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari” va 101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari” subschyotlarning debetiga hamda 232 “Byudjetdan moliyalashtirish” subschyotining kreditiga yoziladi. Xizmat ko‘rsatuvchi bankda ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarga kassa xarajatlarini tiklash uchun tushgan mablag‘lar 100 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari” va 101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari” subschyotlarning debetiga va kassa, hisob-kitob, hisobdor shaxslar hamda boshqalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning kreditiga yoziladi. Bankdan olingan yoki hisobvaraqlardan to‘lov hujjatlariga asosan to‘langan mablag‘lar summasi 100 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari” va 101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari” subschyotlarning kreditiga va kassa, hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetiga yoziladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling