BUDJET HISOBINING BUDJET IJROSI SOHASIDAGI VAZIFALARI.. - Budjet hisobining vazifalari:
- Budjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
- Budjet ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga olish;
- Budjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda budjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish;
- Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
- Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati, harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalari to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
- Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Budjet hisobini yuritishni alohida xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Budjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi;
Budjet ijrosini nazorat qilinishi;
Harajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishi;
Davlat budjeti g’azna ijrosi sharoitida hisobni tashkil etilishi va yuritilishi;
Hisobda kassa va haqiqiy harajatlarni yuritilishi;
Budjet hisobining funktsiyalari.
Nazorat
- Nazorat funktsiyasi - orqali budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi.
Axborot
- Axborot funktsiyasi – orqali moliyaviy hisobotlar asosida budjet ijrosi jarayonida daromadlar, budjet xarajatlari maqsadli yo’nalishi, natijalar bo’yicha ma’lumotlar shakllanadi.
Adabiyotlar ro’yxati - 1.“O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 13 apreldagi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni, O`RQ-404-sonli.
- 2.O’zbekiston Respublikasining “Budjet kodeksi”2013 yil 26 dekabrdagi 360-sonli qonun bilan qabul qilingan.
- 3.O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy bo’linmalarida. budjetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini ochish,yopish va yuritish qoidalari” O’zR AV. tomonidan 2013yil 18 yanvarda № 2414 son bilan ro’yxatdan o’tgan.
- 4.“Davlat Budjetining g’azna ijrosi qoidalari” O’zR AV. tomonidan 2009 yil 16 sentyabrda № 2007 - son bilan ro’yxatdan o’tgan;
- 5.O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013 yil 2 dekabr 157-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |