Talab qilinadi:
a) Majburiy auditorlik tekshiruvini shartnoma asosida o’tkazish mumkinmi, asos nima?
b) Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?.
22
|
«X» nomli tadbirkor auditor bilan birgalikda bir necha hafta davomida vodiyda sayohat qilmoqda. Sayohat davomida tadbirkor har xil korxonalarda o’z ulushi bilan qatnashish imkoniyatini o’rganib yuribdi. Auditor unga kapital qo’yilmalari bo’yicha maslahatlar berishi va tadbirkorga ta’sischi bo’lgan jamoat korxonasining yillik moliyaviy hisoboti auditni o’tkaishi lozim.
Talab qilinadi:
a) Auditor faoliyatida maslahatchi va yillik moliyaviy hisobotni auditini o’tkazish mumkinmi, qaysi tamoyillarga amal qilishi lozim?
b) Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?..
|
23
|
AJ “MAKSAM-CHIRCHIQ”da o’tkazilayotgan auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorlarga jamiyat buxgalterlari tomonidan chet ellik aktsiyador tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi bo’yicha operatsiyalar hisobini yuritishga doir masalalarda tushuntirish berishlarini iltimos qildi.
Talab qilinadi:
a)Auditor professional xizmatlari nimalardan iborat, asos nima?
b) Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi normativ hujjatlardan foydalanishi lozim?.
|
24
|
Auditorlik tekshiruvidan o’tadigan aktsiyadorlik jamiyati auditorlik tashkilotiga joriy yilda o’tkaziladigan tekshiruvning ob’ekti qilib TMZ operatsiyalari olindi va auditni bosh auditor ot’kazdi. Bu vaziyat yilning 1 dekabrda sodir bo’ldi.
Talab qilinadi:
a) Auditorlik tekshiruvida boch auditor kim, asos nima?
b) Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi normativ hujjatlardan foydalanishi lozim?.
|
25
|
Auditorlik firmasida mijoz korxonaning quyidagi buxgalterlik, iqtisodiy va huquqiy hujjatlari mavjud:
Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, pul mablag’larining harakati va xususiy kapital to’g’risidagi hisobotlar, balansga tushuntirish xati, biznes reja, buyruq va xo’jalik shartnomalari, korxonaning shtat jadvali, hujjat aylanish grafigi, o’tgan yilgi auditorlik tekshiruvi xulosasi mavjud.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |