Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti


Moliya organlarining moliyaviy nazoratni olib borishdagi roli


Download 66.53 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi66.53 Kb.
#1597332
1   2   3
Bog'liq
MOLIYAVIY NAZORAT

3. Moliya organlarining moliyaviy nazoratni olib borishdagi roli
Inspeksiya yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi, uning hududiy boshqarmalari esa yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi;
Inspeksiyaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining xodimlari Inspeksiya boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Inspeksiyaning boshqaruv xodimlari maqomi, mehnatga haq to‘lash va tibbiy xizmat sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi;
Inspeksiya faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
barcha nazorat qiluvchi organlar tomonidan budjet tashkilotlarida o‘tkaziladigan tekshiruvlar “Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinadi hamda tekshiruvlarning natijalariga doir barcha turdagi hujjatlarni (davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) ushbu dasturga joylashtirish majburiy hisoblanadi.
Byudjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirishni avtomatlashtirish maqsadida quyidagilar belgilansin:
2022-yil 1-maydan boshlab budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni xodimlarning bank plastik kartalariga o‘tkazish uchun xodimlar ro‘yxati (davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) Moliya vazirligining axborot tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axborot tizimi orqali tegishli tijorat bankining axborot tizimiga faqat avtomatlashtirilgan tarzda elektron shaklda yuboriladi;
2022-yil 1-sentabrdan boshlab bosqichma-bosqich O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni avtomatlashtirilgan holda UzASBO dasturiy majmuasida hisoblash Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarni boshqarish bo‘yicha yagona elektron dasturiy tizimda (ERP) shakllantirilgan ma’lumotlar asosida tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlarning xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni avtomatlashtirilgan holda hisoblashda Xalq ta’limi vazirligining tajribasi joriy etiladi;
tuman (shahar) xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim bo‘limlari va tibbiyot birlashmalarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari buxgalterlariga (iqtisodchilariga) budjet tashkilotlarining shtat jadvallaridagi xodimlar, tarbiyalanuvchilar va davolanuvchilarning sonini amaldagi holat bilan solishtirish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring olib borish vazifasi yuklatiladi.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2022-yil 1-apreldan boshlab Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida, 1-sentabrdan boshlab esa respublikaning qolgan barcha hududlarida:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — DXSh tashkilotlari) xodimlarining ishga kelib-ketishini hisobga olish (o‘z xodimlarini saqlash uchun davlat budjetidan subsidiya olmaydigan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno) hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali hisobga olinadi hamda mobil ilova yordamida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi) va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — NMTTBAT) hisobi yuritiladi;
DXSh tashkilotlarining davlat xususiy-sheriklik bo‘yicha bitimlari NMTTBATda elektron shaklda tuziladi va tomonlarning elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi;
DXSh tashkilotlariga, shu jumladan, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar hajmi “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi, NMTTBAT, “Mehnat.uz”, “Soliq.uz”, “UzASBO” hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridagi ma’lumotlardan foydalangan holda avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi;
b) DXSh tashkilotlarida subsidiyalarni berish jarayonini raqamlashtirishda ushbu tashkilotlarda foydalaniladigan jihozlarni xarid qilish, aloqa xizmatlari va NMTTBATdan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar DXSh tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
v) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab DXSh tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari faqat shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyalari orqali yig‘ilgan elektron ma’lumotlar asosida NMTTBATda hisoblanadi va 2022-yil 1-oktabrdan boshlab shakllantirilgan elektron buyurtmanoma va hisobotlar asosida to‘lanadi.
Bunda, 2022-yil yakuniga qadar subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari shakllantirilgan elektron buyurtmanoma va hisobotlar asosida to‘lanishi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
g) mazkur bandning “a”, “b”, “v” kichik bandlarda belgilangan talablarni bajarmagan DXSh tashkilotlari va xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar ajratilmaydi;
d) “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi va NMTTBATni davlat hamda DXSh tashkilotlarida joriy etish natijasida iqtisod qilinadigan mablag‘lar ushbu axborot tizimlarini takomillashtirish va hududlarda joriy etishga hamda Maktabgacha ta’lim vazirligining boshqa vazifalarini bajarishga yo‘naltiriladi;
e) 2022-yil 1-apreldan boshlab:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha rasmiylashtiriladigan moliyaviy va buxgalteriya hujjatlariga birinchi imzo qo‘yish huquqi ushbu tashkilotlarning direktorlariga beriladi;
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 12 — 50 nafar bolaga tarbiya berilishi uchun subsidiyalar ajratiladi.
Bunda yollangan tarbiyachi va yordamchi xizmatchilarga tegishli toifa bo‘yicha 9 soatlik davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga to‘lanadigan haqqa teng shartlarda va hajmlarda ish haqi to‘lanadi hamda birinchi guruh 25 nafar tarbiyalanuvchilardan iborat bo‘lganda, qo‘shimcha kamida 12 nafar tarbiyalanuvchilar ro‘yxati NMTTBATga kiritilgandan so‘ng ikkinchi guruh avtomatik ravishda shakllantirilib, belgilangan shtat birliklari ajratilishiga ruxsat etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin) 2022-yil 1-mayga qadar mazkur qarorning 5-bandidagi tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” va mexanizmlarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
2023-yil 1-yanvardan boshlab budjet tashkilotlarining budjet so‘rovlari, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi hamda ularni to‘liq elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi, bundan davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Inspeksiyani zarur bino bilan va uning hududiy boshqarmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari binolarida joylashishini ta’minlaydi.
Birinchidan, siyosiy tizimning ishlashini ta’minlashda muhim rol oʻynaydigan davlat moliyaviy nazorati bir vaqtning oʻzida quyidagi funktsiyaga ega boʻlishi mumkin:

  • ijtimoiy boshqaruv;

  • siyosiy rahbarlik;

  • demokratiya;

  • huquqiy tartibga solish.

Ikkinchidan, davlat faoliyatining muayyan shakli sifatida nazorat faoliyati oʻz funksiyalariga ega:

  • ogʻishlarni aniqlash;

  • tahlil qilish;

  • tuzatishlar;

  • ijtimoiy ogohlantirishlar;

  • huquqni muhofaza qilish.

Shunday qilib, tizimli yondashuvni qoʻllash orqali biz davlat moliyaviy nazoratining mohiyatini va ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini aniqladik, davlat moliyaviy nazoratining maqsad va vazifalarini, asosiy funktsiyalarini koʻrib chiqdik.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Nuritdinova, V.Sh., Sharapova M.A. “Moliyaviy nazorat”. O’quv qo’llanma, 2014.

  2. Давлятшаев, А. А. (2020). СОЦИАЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ИНВЕСТИЦИОННЫХ ПРОЕКТОВ. In МИНТАҚА ИҚТИСОДИЁТИНИ ИНВЕСТИЦИЯЛАШНИНГ МОЛИЯВИЙ-ҲУҚУҚИЙ ВА ИННОВАЦИОН ЖИҲАТЛАРИ (pp. 516-520).

  3. Шохин С.О., Воронина Л. Н. Бюджетно-финансовый контроль и аудит. Теория и практика применения в России: научно-методическое пособие. М.: Финансы и статистика, 1997.

  4. Воронин Ю. М. Государственный финансовый контроль. М.: Финансовый контроль, 2005.

Download 66.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling