“Byudjet hisobi va g'aznachilik”


Download 63.27 Kb.
bet3/5
Sana20.12.2022
Hajmi63.27 Kb.
#1039798
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Byudjet hisobi va g\'aznachilik”

Byudjet tuzilmasi byudjet tizimini tashkil qilish va uning tuzilish tamoyillarini o‘zida aks ettirib, turli darajadagi hokimiyat organlarining byudjet huquqlari va vakolatlari, daromad va xarajatlarni byudjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlash tamoyillarini aniqlanishida muhim ahamiyatga egadir.
Byudjet qurilmasi mamlakatlarning siyosiy tuzilishi, boshqaruv tizimining shakllanish xususiyatlariga bevosita bog‘liqdir. Masalan, Federativ mamlakatlarda munisipal byudjetlarning byudjet vakolatlar va huquqlari unitar mamlakatlarga nisbatan yuqoridir. Ma’lumki, mamlakatning byudje tizimi, turli darajadagi hokimiyat organlarining byudjet huquqlari elementlarida gap byudjet tizimining tamoyillari haqida ketadi.
Byudjet tuzilmasi modellari: markazlashmagan, markazlashgan va aralash.
Markazlashmagan model: Byudjet tizimining o‘z xarajatlarini ta’minlovchi o‘z daromadlari manbalariga ega markaziy hamda mahalliy byudjetlarni avtonomlashtirish bilan xarakterlanadi.
Markazlashgan model: Har bir yuqori byudjetga tartibga solish vazifasini biriktirish orqali barcha byudjetlarni yagona davlat byudjetiga markazlashtirish bilan xarakterlanadi.
Aralash model: O‘z xarajatlarini ta’minlovchi o‘z daromadlari manbalariga ega mahalliy byudjetlarga nisbatan markaziy byudjetlarga tartibga solish vazifasini belgilash bilan xarakterlanadi
Byudjet tizimi turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, ularni tashkil etishni va tuzish tamoyillarini, shuningdek byudjet jaraenida paydo bo‘ladigan ular o‘rtasida o‘zaro munosabatlarini o‘zida ifodalaydi.
Byudjet tizimi tuzilmasining prinsiplari:
Yagonalik - Byudjet tasnifi, byudjet hujjatlari shakli, byudjet jarayoni, xarajatlarni moliyalashtirish tartibi, buxgalteriya hisobi, huquqiy hujjatlarning yagonaligi;
To‘liqlik - Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalarning daromadlari va xarajatlari majburiy tartibda va to‘liq aks ettiriladi.
Haqqoniylik - Byudjet daromadlari va xarajatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlari asosida hisob-kitobning haqqoniyligi.
Oshkoralik - Byudjet loyihasining kurib chiqilishi va qabul qilinishi, ijrosi natijalari ommaviy axborot vositalarida o‘z aksini topishi.
Mustaqillik - Davlat va mahalliy hokimiyat organlari mustaqil byudjetni shakllantiradi va ijro etadi.
Byudjet tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
byudjet tasnifi tizimi, hisob-byudjet hujjatlari va byudjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;
byudjet tuzilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
turli darajadagi byudjetlarning o‘zaro bog‘liqligi;
Davlat byudjeti balansliligi;
davlat daromadlarini aniq manbalar bo‘yicha va xarajatlarini yo‘nalishlari (moddalari) bo‘yicha rejalashtirish;
Davlat byudjeti xarajatlarini byudjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag‘lar doirasida va xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan maqsadlarda amalga oshirish;
barcha darajadagi byudjetlarning mustaqilligi.

  1. Byudjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi munosabatlar quyidagichadir:

Byudjetlararo munosabatlar – O‘zbekiston respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjeti, shuningdek tumanlarning mahalliy byudjetlarini o‘rtasida byudjet jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlar majmuidir
Davlat byudjeti mablag‘lari turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida quyidagi yo‘llar bilan qayta taqsimlanadi:

  • yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga byudjet dotatsiyalari va byudjet subvensiyalari berish;

  • byudjet ijrosi jarayonida paydo bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘larni yuqori byudjetdan quyi byudjetga, shuningdek quyi byudjetdan yuqori byudjetga yo‘naltirish;

  • byudjet ssudalari ajratish.


Download 63.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling