“Byudjet hisobi va g'aznachilik”


Download 63.27 Kb.
bet4/5
Sana20.12.2022
Hajmi63.27 Kb.
#1039798
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Byudjet hisobi va g\'aznachilik”

Byudjet dotatsiyasi - o‘z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablag‘lar yetishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjet subvensiyasi - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjet ssudasi - yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘.
Respublika byudjetidan byudjet dotatsiyalari va byudjet subvensiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlariga qabul qilingan Davlat byudjeti doirasida ajratiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlaridan byudjet dotatsiyalari va byudjet subvensiyalari tumanlar va shaharlar byudjetlariga tegishli qabul qilingan byudjetlar doirasida ajratiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetida va mahalliy byudjetlarda daromadlar va xarajatlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan vaqtinchalik uzilish aylanma kassa mablag‘i me’yori hisobiga, yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet ssudalari, foydalanilmagan byudjet mablag‘lari qoldiqlari hisobiga qoplanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetida, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarida nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun quyi byudjetlar hisobiga kiritiladigan daromadlarni respublika byudjetiga o‘tkazishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining tashkiliy-huquqiy asoslari
Byudjetbu davlat vazifalarini, mamlakat yoki tegishli ma’muriy – hududiy birlik iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida pul mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanishning asosiy moliyaviy rejasidir. Sodda qilib aytganda u davlatning bir moliya (byudjet) yiliga mo‘ljallangan xarajatlari va ularni qoplash manbalari ko‘rsatilgan daromadlar smetasidir. Davlat byudjeti asosini davlat boshqaruv apparati, qurolli kuchlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy sohalar xarajatlarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan hukumatning markazlashgan pul mablag‘lari jamg‘armasi tashkil qiladi. Mamlakat hududida amalda bo‘lgan va ijtimoiy munosabatlar va huquqiy me’yorlarga asoslangan barcha turdagi byudjetlar to‘plamiga
Download 63.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling