O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tarkibi va uni takomillashtirish yo’llari. Reja


Download 470.12 Kb.
bet1/11
Sana06.04.2023
Hajmi470.12 Kb.
#1277461
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlat byudjeti


O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tarkibi va uni takomillashtirish yo’llari.


Reja:

I. Kirish.


II. Asosy qism.

  1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va tarkibi.

  2. Byudjet daromadlari va xarajatlari.

  3. Davlat byudjetini takomillashtirish yo’llari.

  4. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetida so’ngi yillarda bo’lgan o’zgarishlar va 2022-yil uchun ривожланиш истиқболлари.

III. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan o’zgarishlarning markazida davlat byudjetining shakllanishi va uning harajatlaridan yanada samarali foydalanish, byudjet taqchilligi o’sishiga ta’sir etuvchi omillarning oldini olish, ish haqi va nafaqalarni o’z vaqtida to’lashni ta’minlash, shu bilan birga byudjet mablag’laridan foydalanish jarayonida byudjet intizomlariga rioya etilishini va bunda byudjet nazoratini kuchaytirish, qolaversa, davlat byudjetining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi samarali ahamiyatini oshirish masalalari turadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida respublikamizda olib borilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlikni va aholini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar o‘z natijasini bermoqda. O‘tgan davrda mamlakatda makroiqtisodiy siyosat, shu jumladan, soliq-byudjet siyosati iqtisodiy faollikni yoki yalpi talabni rag‘batlantirishga qaratildi1.
Dastlabki statistik ma’lumotlar joriy yilning 9 oylik yakunlari bilan respublikamizda yalpi ichki mahsulotning 6,9 foizga o‘sganligini ko‘rsatmoqda.
Ushbu davrda 338 mingta qo‘shimcha ish o‘rni yaratildi. 77 mingga yaqin yangi tadbirkorlik sub’yekti o‘z ishini boshladi. Investitsiyalar hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 32 foizni tashkil qildi.
Joriy yilning 9 oyida eksport hajmi, oltin eksportini inobatga olmagan holda 34,1 foizga o‘sib, 8,9 milliard dollarni tashkil etdi.
Joriy yil yakuni bo‘yicha mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 6,5-7 foiz atrofida bo‘lishi, bunda sanoatda ishlab chiqarish hajmi – 9,1, qurilish ishlari hajmi – 6,6, xizmatlar sohasi – 8,6 va Qishloq xo‘jaligi – 2,8 foizga ko‘payishi kutilmoqda.
Xususan, 2022 yilda YaIMning 5,9 foizga o‘sishi, kelgusi yillarda esa o‘sish sur’atlarining bundan yuqori bo‘lishi hisob-kitob qilingan.
Hukumat oldida 2026 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM miqdorini 2 800 dollarga yetkazish va 2030 yilga borib esa 4000 dollardan oshirish va o‘rta daromadli mamlakatlarning yuqori guruhiga kirish vazifasi turibdi.
Madomiki, respublikamizda davlat bosh islohatchiligi hamda aholini
kuchli ijtimoiy himoyalash eng asosiy vazifalardan deb belgilangan ekan, o’z
navbatida iqtisodiyotni boshqarishning ta’sirchan dastagi hisoblangan davlat
byudjeti mablag’lari doimo aniq bir maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Bunda, albatta, byudjet-soliq siyosatni ishlab chiqish va to’g’ri yuritish, byudjet
mablag’laridan samarali va oqilona foydalanish talab etiladi. Chunki, byudjetda
ko’zda tutilgan tadbirlar va dasturlarni aniq va o’z vaqtida moliyalashtirilishi
ayni paytda davlat dasturlarining ham pirovard natijada to’liq bajarilishini
ta’minlaydi.




  1. Download 470.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling