Byudjet hisobi va nazoratining me‘yoriy-huquqiy asoslari tizimi.
Davlat byudjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik qilish vakolati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi byudjet hisobi va nazorati bo’yicha quyidagilarni amalga oshiradi:
respublika byudjeti ijrosini amalga oshiradi va hisobot tuzadi.
Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishda byudjet nazoratining o’rni va ahamiyati
Davlat moliyaviy nazorati byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy nazorat obyektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
4. Byudjet jarayonida g’aznachilik organlarining nazorati.
Ma‘lumki, byudjet jarayoni davlat byudjeti loyihasini tuzish, uni ijrosini ta‘minlash va nazorat qilish, shuningdek byudjet ijrosini muntazam tahlil qilish bilan bog’liq kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirishni o’z ichiga oladi.
Bu esa, byudjet ijrosi bilan bog’liq ma‘lumotlarni (axborotlarni) jamlash, tahlil qilish va nazoratga olishning yaxlit tizimini yaratish zaruriyatini vujudga keltiradi. Ya‘ni, har bir byudjet tashkiloti tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarning albatta jamlanishi, ularning tizimli tahlil qilinishi va nazoratga olinishi byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish jarayonida bevosita o’zini ta‘sirini ko’rsatadi. Davlat byudjetining g’aznachilik ijrosi mexanizmini joriy qilinishi, ya‘ni barcha byudjet tashkilotlarining byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larini g’azna hisobvaraqlarida jamlanishi, byudjet tashkilotlari tomonidan g’aznachilik bo’linmalari orqali to’lovlarini amalga oshirilishi ham byudjet tashkilotlarida o’ziga xos hususiyatlarga ega bo’lgan buxgalteriya hisobi tizimini yaratish lozimligini shart qilib qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |