Byudjet jarayoni reja
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi
Download 0.5 Mb.
|
BYUDJET JARAYONI-converted (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tashkiliy tuzilishi 6
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi
Moliya vazirligi G’aznachiligi, uning tashkiliy tuzilishi va vazifalari. G’aznachilik O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tarkibidagi davlat ijroiya organi hisoblanadi. G’aznachilikning Qoraqalpog’iston Respublikasi G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va tumanlarda G’aznachilik bo’linmalari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi (13.2-rasm). 2-rasm. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tashkiliy tuzilishi 6G’aznachilikka O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat G’aznachisi rahbarlik qiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug’iga muvofiq G’aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi. G’aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika budjetidan amalga oshiriladi. Moliya vazirligi G’aznachiligi “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonunda belgilangan, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Moliya 6 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risidagi Nizom asosida tuzildi. Vazirligi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida g’aznachilikning yagona hisobraqami va uning subschyotlarini boshqarishni amalga oshiradi. G’aznachilikning vakolat berilgan lavozimdagi shaxslaridan boshqa hech bir yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs g’aznachilikning yagona hisobraqami mablag’laridan pul o’tkazish uchun bankka to’lov topshiriqnomasini berish huquqiga ega emas. G’aznachilikning yagona hisobraqami O’zbekiston Respublikasining Markaziy Bankida ochiladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining hududiy boshqarmalarida g’aznachilikning yagona hisobraqami subschyotlari ochiladi. Respublika mintaqalarida davlat xarajatlarini o’z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida G’aznachilikning topshirig’i bilan Markaziy Bank tomonidan butun ish kuni mobaynida subschyotlarga va subschyotlardan pul mablag’larini o’tkazish tashkil etiladi. Mablag’ o’tkazish va davlatning pul mablag’larini xarajat qilish uchun faqat Moliya Vazirligi ruxsati bilan bank schyotlarini ochish mumkin. Bu huquq Davlat G’aznachisiga Moliya Vazirligining buyrug’i bilan yuklatilgan. O’zbekiston Respublikasining Markaziy Banki va G’aznachilik o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga taalluqli masalalar ular o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida tartibga solinadi. G’aznachilik yilda kamida bir marta ushbu shartnomalarning tahlilini o’tkazishi shart, agar G’aznachilik fikri bo’yicha shartnomalarni ko’rib chiqish talab etilsa, ikkala tomon talablarini qondirish maqsadida shartnomalarni qayta tuzish tadbirlari ko’riladi. Davlat budjetining kassaviy ijrosini amalga oshirish jarayonida G’aznachilik tijorat banklari bilan ham shartnoma tuzadi. Bu banklarning ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tavsiyasidan keyin aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va tijorat banklari G’aznachilik talabi bilan quyidagi ma’lumotlarni berishga majbur: budjet tashkilotlarining bankda ochilgan shaxsiy hisobraqamlari, unda mablag’lar aylanishi va qoldig’i to’g’risida ma’lumot; G’aznachilik so’ragan aniq budjet tashkilotining yoki uning tavsiyasi bilan ochilgan bank hisobraqamidagi mablag’lari to’g’risida ma’lumot. Davlat budjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot G’aznachilik tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Davlat budjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi G’aznachilik tomonidan, shuningdek, davlat soliq va bojxona xizmati organlari, budjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan davlat budjetining g’azna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona hisoblar rejasi va budjet tasnifi asosida tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi. Davlat budjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi yagona hisoblar rejasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. G’aznachilik yuridik va jismoniy shaxslarga ular tomonidan ortiqcha to’langan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda yagona g’azna hisobraqamidan yoki G’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan qaytarilishini amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksiga, shuningdek, turli darajadagi davlat boshqaruvi o’rtasida tushumlar taqsimotini tartibga soladigan boshqa qonunlarga muvofiq, G’aznachilik tushumlarni turli darajadagi budjetlar o’rtasida taqsimlash uchun javobgar hisoblanadi. G’aznachilik belgilangan budjet tasnifiga muvofiq, barcha davlat tushumlarini ularning aniq ro’yxati bo’yicha yagona g’azna hisobraqamida yuritilishini ta’minlaydi, qonun asosida g’aznachilikning yagona hisobraqamidan barcha to’lovlarni amalga oshirishga G’aznachilik javobgar hisoblanadi. Davlat moliyasini isloh qilish, davlat budjetining g’azna ijrosini joriy etish, budjet mablag’larini boshqarish va ularning shakllanishi va ishlatilishini nazorat qilish jarayonlari mukammallashib, takomillashib bormoqda. Bu jarayonlarni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-594- son (28.02.2007) Qarorining qabul qilinishi muhim qadam bo’lib xizmat qildi. Prezident Qarorining ijro etilishi doirasida Moliya vazirligi huzuridagi “Davlat budjetining g’azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi” hamda mahalliy moliya organlarining g’aznachilik bo’linmalari negizida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tashkil etildi. PQ-594-son Qaror bilan Moliya vazirligi G’aznachiligi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatildi: davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar o’rtasida taqsimlash, budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat budjeti ijrosi to’g’risida hisobot tuzish; davlat budjeti mablag’larini yagona g’aznachilik hisobraqami, shuningdek tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g’aznachilik hisobraqamlarini joriy etish orqali boshqarish; budjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo’naltiriladigan budjet mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo echimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish; xarajatlar smetasi va ro’yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy summalar doirasida tovar(ish, xizmat)lar etkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga budjet mablag’lari oluvchilar nomidan va ularning topshirig’i bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash; davlat budjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, davlat budjeti ijrosi haqida axborot yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling