Byudjet jarayoni reja
Byudjet so’rovlarini taqdim qilish va ko’rib chiqish tartibi
Download 0.5 Mb.
|
BYUDJET JARAYONI-converted (2)
Byudjet so’rovlarini taqdim qilish va ko’rib chiqish tartibi
rasm. Byudjet so’rovlarini taqdim qilish va ko’rib chiqish tartibiO’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda idoralarning davlat byudjeti loyihasining daromad qismi bo’yicha takliflarini ko’rib chiqish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Kelgusi moliya yili uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, shuningdek, tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalarini tayyorlash va taqdim etish muddatlari quyidagi rasmda aks ettirilgan (12.4-rasmga qarang):
rasm. Mahalliy byudjetlar loyihalarini tayyorlash va taqdim etish muddatlariDavlat byudjetining loyihasini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishlab chiqadi. Byudjet loyihasini ishlab chiqishga quyidagilar asos qilib olinadi: makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi; davlat byudjeti daromadlari prognozi; Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlari loyihalari. Davlat byudjeti loyihasi byudjetnoma – erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini nazarda tutadigan hujjat asosida shakllantiriladi. Byudjetnoma quyidagilarni o’z ichiga oladi: mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o’tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi; davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi; davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosi; soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihasi; davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihasi; davlat qarzining holati to’g’risidagi ma’lumotlar; soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari hamda davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihasiga doir tushuntirish xati. Byudjetnoma O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga – joriy yilning 15 sentyabriga qadar kiritiladi. Vazirlar Mahkamasi byudjetnomani O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun – joriy yilning 20 sentyabriga qadar kiritadi. Hisob palatasi Vazirlar Mahkamasiga soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari, davlat byudjetining va davlat maqcadli jamg’armalari byudjetlarining loyihasi bo’yicha ikki haftalik muddatda xulosa taqdim etadi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan byudjetnoma O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga – O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay kiritiladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling