Byudjet jarayoni reja
Download 0.5 Mb.
|
BYUDJET JARAYONI-converted (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- G’aznachilikning axborot tizimi.
- G’aznachilikda davlat budjeti mablag’larini boshqarish
G’aznachilik organlari. G’aznachilik Moliya Vazirligi tarkibidagi davlat organi hisoblanadi. G’aznachilikning Qorag’alpog’iston Respublikasi G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmalari, shahar va tumanlarda G’aznachilik bo’limlari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi. G’aznachilikka O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat G’aznachisi rahbarlik qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug’iga muvofiq G’aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi. G’aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika budjetidan amalga oshiriladi. G’aznachilikning axborot tizimi. G’aznachilikka yagona axborot tizimi xizmat qiladi. Hozirgi kunda G’aznachilikning yagona axborot tizimi yaratilgan bo’lib, “Davlat mablag’larini boshqarishning axborot tizimi” (DMBAT) deb ataladi. Budjet operatsiyalari bo’yicha kodlashtirilgan va tasniflangan ma’lumotlar DMBAT ga avtomatik ravishda yuklanadi, bu esa daromadlarni tasniflar, xududiy belgilari, budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar bo’yicha aniqlash imkonini beradi. Daromadlar avtomatik ravishda tegishli budjetlarga belgilangan normativlar asosida o’tkaziladi. Daromadlarning yillik va oylik prognoz qilish bilan bog’liq tadbirlar o’zgarishsiz qolsa-da, tushumlarni o’tkazish endilikda banklar tomonidan emas, DMBAT tomonidan amalga oshiriladi. 4O’zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonuni. 9-modda. G’aznachilikda davlat budjeti mablag’larini boshqarish shundan iboratki, G’aznachilik yagona g’azna hisobraqamidan va G’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridagi davlat budjeti mablag’larini, davlat budjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo’naltirish, shuningdek, davlat budjetining vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini bank depozitlari va boshqa aktivlarga vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika budjetiga, Qorag’alpog’iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalariga budjet ssudalari berish yo’li bilan boshqarib boradi. G’aznachilik tomonidan dotatsiyalar va ssudalarni o’tkazish yagona g’azna hisobraqamidan yoki G’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan davlat budjetida mablag’lar ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga o’tkaziladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling