Byudjet jarayoni reja


Davlat byudjetining g’azna ijrosini tashkil qilishda g’aznachilikning


Download 0.5 Mb.
bet15/18
Sana25.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1721697
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
BYUDJET JARAYONI-converted (2)

3. Davlat byudjetining g’azna ijrosini tashkil qilishda g’aznachilikning


o’rni va ahamiyati

Davlat moliyasini boshqarish masalalari iqtisodiyot va moliya nazariyasida markaziy o’rinni egallaydi. Iqtisodiyotni va davlat moliyasini boshqarishdagi muammolar shundan iboratki, bozor xo’jaligi o’z-o’zini tartiblovchi va rivojlantiruvchi tizim (bozorning “ko’rinmas qo’li”) bo’lishiga qaramasdan, hech qachon davlat aralashuvisiz samarali ishlamagan. Tarixiy taraqqiyotdan ma’lumki, umuman olganda, kapitalistik bozor xo’jaligining yuzaga kelishi faol davlat aralashuvi bilan birga sodir bo’lgan. Masalan, 1563 yilda ingliz qirolichasi Elizaveta I milliy baliqchilikni qo’llab-quvvatlash va unga bo’lgan talabni oshirish maqsadida o’z xizmatkorlariga haftasiga 2 marta go’sht mahsulotlarini iste’mol qilishni ta’qiqlagan. 1666 yilda esa Angliyada jun mahsulotlarini sotish bilan bog’liq qiyinchiliklarni tugatish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilgan, xususan, vafot etgan fuqarolarni jun matodan bo’lgan kiyimlarda dafn etish majburiy qilib qo’yilgan, bu qonunni buzganlarga 5 funt-sterling miqdorida jarima belgilangan.


Aksariyat hozirgi zamon iqtisodchi-olimlarning fikricha, bozorning “ko’rinmas qo’li” davlatning “ko’rinadigan qo’li” bilan to’ldirilib turilishi kerak. Bu borada kelishmovchiliklar, qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishining sababi bu aralashuvning qay darajada bo’lishi bilan bog’liq, lekin davlatning tartiblovchi tamoyili asosan ko’pchilik olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Bunday yakdillikning asosiy sababi shundaki, olimlarning fikriga ko’ra, bozor jamiyatda mavjud bo’lgan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning barchasini o’z-o’zidan hal qila olmaydi. Misol uchun, monopoliya sharoitida o’z-o’zini tartiblash raqobatni rivojlantira olmaydi, bu esa tovarlar ma’lum turlari narxining oshishiga olib keladi va natijada aholi daromadlari iqtisodiyotning alohida bir sektorida ushlanib qoladi. Bunday hollarda bozor mexanizmi samarasiz ishlay boshlaydi va iqtisodiy tanglik sharoitida iqtisodiyotni barqarorlashtirishda bozor mexanizmi sust qatnashadi. Shuning uchun, iqtisodiyotni tartiblovchi qo’shimcha mexanizmlarni ishlab chiqish
ehtiyoji tug’iladi. Ana shunday mexanizmlardan biri – davlatning iqtisodiyotni tartiblovchi dastak va vositalaridir. Iqtisodiyotni faqat “ko’rinmas qo’l”ga tashlab qo’yish ijobiy natija bermasligini va bu haqiqatning naqadar to’g’ri ekanligini bugungi kundagi reallik, jahonda yuz berayotgan to’fonlar tasdiqlab turibdi.
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning bosh maqsadi – iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mamlakatda mavjud ichki tuzumni mustahkamlash, mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy jarayonlarni jahondagi o’zgaruvchan sharoitlarga moslashtirishdan iborat. Tartiblashning boshqa barcha maqsad va vazifalari ana shu bosh maqsadga bo’ysundirilgan.
Davlat moliyasini boshqarish(DMB)ni isloh etish strategiyasi O’zbekiston Respublikasida DMB tizimini nazorat qilishni takomillashtirishdan iborat. Ushbu strategiyadan kutilayotgan oraliq maqsad – DMB tizimida muhim jarayonlarni modernizatsiyalash bo’lib, bugungi kunda islohotlar strategiyasining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat (1-rasm):


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling