G’aznachilik faoliyat ko’rsatishi uchun uning quyidagi tashkiliy elementlari mavjud bo’lishi va o’zaro bog’liqlikda amal qilishi zarur. Ular:
G’aznachilikning yagona hisobraqami;
G’aznachilikning bosh kitobi;
G’aznachilik organlari;
G’aznachilikning axborot tizimi;
G’aznachilikda budjet mablag’larini boshqarish.
G’aznachilikning yagona hisobraqami. O’zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq soliqli va soliqsiz davlat tushumlarini to’plash, saqlash va davlat xarajatlarini amalga oshirish uchun G’aznachilik tomonidan G’aznachilikning yagona hisobraqami ochiladi.
Yagona g’azna hisobraqami G’aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobraqami bo’lib, bu hisobraqamda Davlat budjeti mablag’lari
hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari kiritiladi. Yagona g’azna hisobraqamidan davlat budjetida mablag’lari nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning xarajatlari to’lanadi, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalarining xarajatlari amalga oshiriladi4.
G’aznachilik alohida operatsiyalarni, shuningdek, davlat maqsadli fondlarining mablag’lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun g’aznachilikning yagona hisobraqami doirasida subschyotlarini ochish huquqiga ega. Bu subschyotlardagi qoldiqlar g’aznachilikning yagona hisobraqami qoldig’ining ajralmas qismi hisoblanadi.
G’aznachilikning bosh kitobi. G’aznachilikning bosh kitobi – budjet ijrosi g’azna usulining asosiy elementlaridan biridir. G’aznachilik Bosh kitobi bilan davlat moliyaviy resurslarining hisob-kitobi yuritiladi va moliya tizimining axborot tizimi faoliyat ko’rsatadi. G’aznachilikning Bosh kitobi budjet operatsiyalari buxgalteriya hisobini yuritishning kompyuterlashtirilgan tizimidir.
G’aznachilikning Bosh kitobida davlat tashkilotlari va muassasalari bilan bo’ladigan barcha moliyaviy operatsiyalar o’z ifodasini topadi. G’aznachilikning Bosh kitobi G’aznachilikning yagona hisobraqami va subschyotlari bilan bo’ladigan operatsiyalardagi barcha buxgalteriya provodkalarini aks ettiradi. G’aznachilikning Bosh kitobi ham respublika budjetidan, ham mahalliy budjetlardan mablag’ bilan ta’minlash hisob-kitobining o’z vaqtida yuritilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |