Byudjet kamomadligi va davlat qarzlari Reja


Davlat qarzi. Ichki va tashqi qarzlar


Download 80.62 Kb.
bet3/3
Sana13.01.2023
Hajmi80.62 Kb.
#1090478
1   2   3
Bog'liq
Byudjеt tаqchilligi vа dаvlаt qаrzlаri

Davlat qarzi. Ichki va tashqi qarzlar

Davlat tomonidan qarziy faoliyatning amalga oshirilishi natijasida davlat qarzi vujudga keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari oldida vujudga kelgan hukumatning qarziy majburiyatlariga davlat qarzi deyiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunida davlat qarziga “davlat qarzi – davlat tomonidan ichki mablag‘ni va xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi”dir deb, ta’rif berilgan.


Joylashtirilish joyiga qarab davlat qarzlari ikkiga bo‘linadi:

  • davlat ichki qarzlari;

  • davlat tashqi qarzlari.

Davlat tomonidan ichki mablag‘larni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisiga davlat ichki qarzlari deyiladi. Davlat tashqi qarzlari deyilganda esa davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi tushuniladi. Bu qarzlar qarziy instrumentlari, joylashtirilish shartlari, kreditorlarining tarkibi va qarzning valyutasiga nisbatan bir-biridan farq qiladi.
Davlatning ichki qarzlari davlat tomonidan ichki mablag‘larni jalb qilish jarayonida (natijasida) vujudga keladi. Davlat tomonidan ichki mablag‘larni jalb qilish aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishini anglatadi.
SHunga o‘xshash, davlatning tashqi qarzlari ham davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish jarayonida (natijasida) vujudga keladi. Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish aktivlarni xorij manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishini bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy majlisi kelgusi moliya yili uchun mamlakatning Davlat byudjetini qabul qilayotgan paytda davlat ichki va tashqi qarzlarining eng yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi.
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishga hamda davlat qarzining ko‘payishiga olib keladigan boshqa harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Amaldagi tartibga muvofiq ravishda davlat tomonidan ichki va tashqi mablag‘larni (qarzlarni) jalb qilish quyidagi maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkin:

  • iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shu jumladan davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish;

  • Davlat byudjetining daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasida tushumlar vaqtga ko‘ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni (farqni) to‘g‘rilash;

  • mavjud qarzlarni qayta moliyalashtirish;

  • byudjet defitsitini moliyalashtirish;

  • tabiiy ofat va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarni qoplash.

Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag‘larini jalb qilishda qarziy majburiyatlarning bir necha turlaridan foydalanish mumkin. Ularning eng asosiylari va muhimlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan davrga chiqariladigan), o‘rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo‘lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat qimmatli qog‘ozlari;

  • kreditlar (qisqa, o‘rta va uzoq muddatli);

  • O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari;

  • byudjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik farqni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar.

Xorijiy investorlar tomonidan bir qismi sotib olinishi mumkin bo‘lishiga qaramasdan shu davlatning rezidentlari hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar davlat ichki qarzlari bo‘yicha asosiy kreditorlar hisoblanadi. Bu qarzlar, odatda, milliy valyutada muomalaga chiqariladi. Ichki qarziy mablag‘larni jalb qilish uchun milliy fond bozorida talabga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar emitatsiya qilinadi. Investorlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun esa turli soliq imtiyozlaridan foydalaniladi.
Davlatning tashqi qarzlari boshqa mamlakatlarning valyutasida xorijiy fond bozorlarida joylashtiriladi. Bunday qarzlarni joylashtirishda joylashtirilishi lozim bo‘lgan mamlakat investorlarining o‘ziga xos bo‘lgan manfaatlari (qiziqishlari) hisobga olinadi.
Amaliyotda qarziy mablag‘larni jalb qilish, asosan, ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi:

  • qarziy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish;

  • ixtisoslashtirilgan moliya-kredit institutlaridan kreditlar olish.

Qarziy qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish va ularni joylashtirish tartibi har bir mamlakatning tegishli qonuni orqali tartibga solib turiladi. Ana shu qonunga muvofiq faqat mamlakat hukumatining nomidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar davlat qimmatli qog‘ozlari deb e’tirof etiladi.
Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalar fond bozorining tarkibiga kiruvchi davlat qimmatli qog‘ozlar bozorida amalga oshiriladi. Bu bozor quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beradi:

  • byudjet defitsitini moliyalashtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini qarzga olish;

  • Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati o‘tkazishni ta’minlash;

  • tijorat banklari va moliyaviy institutlarning likvidligini tartibga solishni amalga oshirish.

Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning ichki qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari shu mamlakatning milliy valyutasida ifodalanishi va shu valyutada to‘lanishi kerak. Xuddi shunga o‘xshash qimmatli qog‘ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning tashqi qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari xorijiy valyutada ifodalanishi va shu valyutada to‘lanmog‘i lozim.
Har bir mamlakatda davlat tomonidan qarziy mablag‘larni jalb qilishning yagona hisobga olish va qayd etish tizimi mavjud. Buning uchun Moliya vazirligi hukumatning davlat ichki va tashqi qarzlari kitobini yurgizadi.
Garant (kafillik) huquqiy majburiyatlarni ta’minlash usuli bo‘lib, unga muvofiq kafolat beruvchi kafolat berilgan tomonning (shaxsning) majburiyatlarini to‘liq yoki qisman uchinchi tomon (shaxs) oldida ijro etilishiga (bajarilishiga) javob berishi uchun majburiyatni yozma ravishda o‘z zimmasiga oladi. Kafolatlar, odatda, tanlov asosida taqdim etilishi kerak. Davlat tomonidan milliy va xorijiy valyutada berilayotgan kafolatlar (kafilliklar) o‘zining yuqori chegarasiga ega bo‘lmog‘i lozim. Mamlakatning milliy valyutasida ifodalangan kafolatlarning umumiy summasi davlatning ichki qarzlari tarkibiga, uning xorijiy valyutada ifodalangan summasi esa davlatning tashqi qarzlari tarkibiga kiritiladi. Kafolatlar taqdim etilayotgan paytda, albatta, uni oluvchilarning (unga ega bo‘layotganlarning) moliyaviy ahvoli tekshirilmog‘i kerak.
An’anaviy ravishda davlat aholining “Xalq banki”dagi omonatlarini kafolatlaydi. Keyingi yillarda bozor munosabatlarining rivojlanishiga muvofiq ravishda davlat turli yuridik shaxslarning qarziy majburiyatlari bo‘yicha ham kafolatlovchi (kafillik beruvchi) sifatida maydonga chiqmoqda.
Mamlakatda moliyaviy intizomni mustahkamlash va kafolatlar berishning asoslangan mexanizmini joriy etish maqsadida byudjetga va nobyudjet fondlarga to‘lovlar bo‘yicha qarzlari mavjud bo‘lgan sub’ektlarga kafolatlar berilmaydi. SHuningdek, kafolatlarni tanlov asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Rezident-yuridik shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan sodir etiladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi, shuningdek, kafolatlar berilganligi uchun kafolatlar oluvchidan haq olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi (“Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 41-moddasi).
Davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika byudjet tarkibida kafolat fondsi tuzilishi mumkin. Bu fondni tashkil etish va undan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi (o‘sha qonunning 42-moddasi).
Bozor munosabatlarining rivojlana borishi bilan ichki bozorda davlatning kreditor sifatidagi faolligi ham asta-sekinlik bilan kuchayayapti. Agar oldingi davrlarda byudjetdan moliyalashtirishga asosiy e’tibor qaratilgan bo‘lsa, keyingi yillarda og‘irlik markazining kredit munosabatlari tomon o‘zgarayotganligi sezilib turibdi. CHunki kredit munosabatlari mablag‘lardan foydalanishda byudjet resurslarining katta qismini tejashga imkon beradigan va samarali bo‘lgan usul hisoblanadi.
Davlatning kreditor sifatidagi o‘rni uning ichki va tashqi kreditlari bilan belgilanadi. Odatda, ichki kreditlar ikki ko‘rinishga ega:

  • byudjet kreditlari;

  • byudjet ssudalari.

Byudjet kreditlari byudjetdan xarajatlarni moliyalashtirishning shakli bo‘lib, u yuridik shaxslarga qaytarilish va tiklash asosida mablag‘larning berilishi ko‘zda tutadi. Byudjet ssudasi esa yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘dir.
Byudjetdan qarziy mablag‘larni oluvchilar sifatida quyidagilar maydonga chiqishi mumkin:

  • byudjet tashkilotlari. Amalda byudjet tashkilotlari kredit tashkilotlaridan hamda yuridik va jismoniy shaxslardan kreditlar olish huquqiga ega emas (byudjet va nobyudjet fondlardan olinadigan ssudalardan tashqari);

  • davlat unitar korxonalari;

  • byudjet tashkiloti va davlat unitar korxonasi bo‘lmagan yuridik shaxslar;

  • ijroiya hokimiyat organlari quyi byudjetlari.

Byudjet kreditlarini qaytarish bo‘yicha ijroni ta’minlashning usullari faqat bank kafolatlari, mol-mulk garovi bo‘lishi mumkin. YUridik shaxslarga berilgan byudjet mablag‘larini qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun haqini to‘lash byudjet to‘lovlariga tenglashtiriladi. Byudjet kreditlari faqat qaytarilish asosida oldin berilgan byudjet mablag‘lari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tib ketgan qarzlari bo‘lmagan yuridik shaxslarga berilishi mumkin.
Moliya vazirligi kelgusi yil uchun byudjet loyihasi tayyorlanayotgan paytda tashkilotlarga berilishi mumkin bo‘lgan byudjet kreditlarining umumiy hajmini aniqlaydi va investitsion loyihalarning tanlanishini (konkursini) o‘tkazish uchun kelgusi moliya yilining boshlanishidan to‘rt oy oldin ularni tegishli vazirliklarning ixtiyoriga etkazadi.
Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning markazlashtirilgan investitsion resurslarini tanlov asosida joylashtirishda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda talab qilinadigan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda yana quyidagilar taqdim qilinishi lozim:

  • ijroiya hokimiyat organlarining import bo‘yicha sotib olinishi rejalashtirilayotgan asbob-uskunaning mamlakat korxonalarida tayyorlashning iloji yo‘qligi va ularni import bo‘yicha sotib olishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;

  • ssudalarni qaytarish (uzish)ni ta’minlash manbalari ko‘rsatilgan holda qarziy mablag‘larni to‘liq qaytarishning moliyaviy hisob-kitoblari;

  • avans to‘lovlarini amalga oshirish uchun da’vogarda o‘z mablag‘lari borligining tasdiqlanganligi.

Ssudalar mamlakat tijorat banklari kafolatlari, hokimiyat organlari va barqaror moliyaviy-iqtisodiy ahvolga ega bo‘lgan uchinchi shaxslarning iltimosnomalari hamda yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar garovi asosida taqdim etiladi. Ta’minotning bunday turlari riskning baholanishiga bog‘liq bo‘lgan holda turli kombinatsiyalarda qo‘llanilishi mumkin.
Ssudalarning miqdori tanlovdan o‘tgan loyiha uchun uni moliyalashtirish resurslari hajmining ma’lum bir qismidan (odatda, uning 40%dan) oshmasligi lozim. Moliyalashtirishning boshqa qismi byudjet manbalariga alternativ bo‘lgan manbalar hisobidan qoplanishi kerak.
Sotsial sohada davlat funksiyalarining bajarilishi bilan bog‘liq va notijoriy xarakterga ega bo‘lgan investitsion loyihalarni moliyalashtirish tashkilotlarga shunday loyihalar hajmini 100% moliyalashtirish miqdorida taqdim etilishi mumkin.
Davlat tomonidan xorijiy davlatlarga, ularning yuridik shaxslariga va xalqaro tashkilotlarga taqdim etilayotgan kreditlar deyilganda ular bo‘yicha xorijiy davlatlar, ularning yuridik shaxslari va xalqaro tashkilotlarning kreditor sifatida davlat oldida vujudga kelgan qarziy majburiyatlari tushuniladi.
Xorijiy davlatlarning qarziy majburiyatlari ularning boshqa davlat oldidagi qarzlarini shakllantiradi. Odatda, byudjet to‘g‘risidagi qonunda bu qarzlarga tegishli bo‘lgan quyidagilar tasdiqlanishi kerak:

  • xorijiy davlatlarning qarzlari bo‘yicha qaytarilish (uzilish) summalari va foizlarning to‘lovi;

  • moliyaviy yilning oxiridagi xorijiy mamlakatlar qarzlarining miqdori;

  • xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan davlat kreditlarining maksimal hajmi;

  • moliyaviy yilda ularning oluvchilari, maqsadlari va kreditlashtirish miqdorlari ko‘rsatilgan holda kreditlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan xorijiy davlatlarga davlat kreditlarini taqdim etish dasturi.


1  O’zR Iqtisоdiyot vаzirligi Sаmаrаli iqtisоdiy siyosаt mаrkаzi. O’zbеkistоn iqtisоdiyoti. Tаhliliy shаrh, 2004 yil. № 8, mаrt 2005 yil. 18-20-bеtlаr.

Download 80.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling