Byudjet kamomadligi va davlat qarzlari Reja


Davlat qarzlarini boshqarish


Download 80.62 Kb.
bet2/3
Sana13.01.2023
Hajmi80.62 Kb.
#1090478
1   2   3
Bog'liq
Byudjеt tаqchilligi vа dаvlаt qаrzlаri

Davlat qarzlarini boshqarish

O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy organi O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisidir.Oliy majlis byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar va byudjet mablag‘lari hisobidan kreditlashtirishning maksimal miqdorlarini belgilaydi. U yoki bu ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarishning chegaraviy hajmini O‘zbekiston Respublikasi hukumati – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rnatadi.
Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish (oqilonalashtirish) uchun ikki dasturni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq:

  • tashqi qarzlarni olish davlat dasturi;

  • ichki qarzlarni olish davlat dasturi.

Bu dasturlar maqsadlari, manbalari va qaytarilish muddatlarini ko‘rsatgan holda navbatdagi moliyaviy yilda olinishi lozim bo‘lgan qarzlar (qarzga olishlar) ro‘yxatidan iboratdir. Dasturlar navbatdagi yil byudjetining loyihasi bilan Oliy majlisga taqdim etiladi va tasdiqlanishi kerak.
Xususan, tashqi qarzlarni olish davlat dasturida qarzlar ikki guruhga bo‘lib aks ettiriladi:

  • bog‘lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar (qarzlar);

  • maqsadli xorijiy qarzga olishlar (qarzlar).

Bularning har ikkalasi uchun ham yuqoridagi dasturda alohida-alohida quyidagilar o‘z ifodasini topishi kerak:

(qarzlar) bo‘yicha:
a) jalb qilish manbalari;
b) qarzga olish summalari;
v) qaytarish (uzish) muddatlari.

(qarzlar) bo‘yicha:
a) yakuniy oluvchi;
b) qarzga olishning maqsadi va foydalanish yo‘nalishi;
v) qarzga olish manbai;
g) qazga olish summasi;
d) qarzni qaytarish (uzish) muddatlari;
e) mablag‘larni byudjetga qaytarish bo‘yicha uchinchi
shaxsning kafolati;
yo) navbatdagi moliyaviy yil boshlanguncha qadar
foydalanilgan mablag‘lar hajmining baholanishi;
j) navbatdagi moliyaviy yilda mablag‘larning
foydalanish hajmi prognozi (bashorati).
O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog‘ozlarining yagona emitenti bo‘lib, Moliya vazirligi hisoblanadi va u O‘zbekiston hukumati tomonidan aniqlangan chegaralarda ularning chiqarilish muddatlari va hajmini belgilaydi.
Davlat byudjeti va nobyudjet fondlarning mablag‘larini maqsadli va barqaror sarflanishini ta’minlash, byudjetdan moliyalashtirilayotgan tashkilotlarning qarzlarini kamaytirish maqsadida ijroiya hokimiyat organlariga davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, kreditlar va qarzlar olish yo‘li bilan qarziy mablag‘larni jalb qilish ta’qiqlangan (hukumat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnatilgan hollardan tashqari). Bu narsa davlat nobyudjet fondlariga ham to‘liq tegishlidir.
Davlat ichki qarzlariga xizmat qilish bo‘yicha bosh vakil funksiyasini mamlakatning Markaziy banki bajaradi. Har bir obligatsiyani chiqarishning emissiyasida barcha yagona va jamlanma sertifikatlar Moliya vazirligi tomonidan saqlash va hisobga olish uchun depozitariyga berilishi kerak. Depozitariy funksiyasini Markaziy bank yoki u tomonidan vakolati belgilangan boshqa tashkilot bajarishi mumkin. Markaziy bank Moliya vazirligining topshirig‘iga ko‘ra va respublika byudjetining mablag‘lari hisobidan obligatsiyalarning egalariga bu obligatsiyalar qaytarilayotgan (o‘zilayotgan) paytda to‘lovlarni amalga oshiradi.
Davlat qimmatli qog‘ozlarini tartibga solish hukumatning Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan hamkorlikdagi eng muhim va mas’uliyatli funksiyalaridan biridir. Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog‘ozlarini tartibga solish choralarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • “olovli” choralar – qayta moliyalashtirish va lombard stavkalarini oshirish (ko‘tarish), qimmatli qog‘ozlar bozori va valyuta bozorida Markaziy Bankning intervensiyasi. Biroq bunday choralar qisqa vaqt – 2 yoki 3 kun - uchun ta’sirchan hisoblanadi;

  • xorijiy qarzga olish. Qimmatli qog‘ozlar bozoriga ta’sir ko‘rsatish uchun qarz olishning o‘zi emas, balki kreditlarning olinishi to‘g‘risida ishonch bo‘lishining o‘zi etarlidir. YUqoridagi choralar singari bu guruhga kiruvchi choralar ham, ma’lum darajada va ma’noda, tanazzulni orqaga suruvchi va uning ildizlariga barham bermovchi “olovli” choralar hisoblanadi;

  • davlat qimmatli qog‘ozlar milliy bozori nobarqarorligining oldini olishga samarali va uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishga uzoq muddatli monetar choralarga moliyaviy bozorning chegarasidan chetga chiquvchi choralar (xususan, soliq tizimi va soliqlarning undrilishini tartibga solish, byudjet defitsitini qisqartirish, iqtisodiyotning o‘sishiga erishish va h.k.lar) qo‘llanilsagina erishish mumkin.

Davlat qarzlarini boshqarish mamlakat iqtisodiy o‘sishining sur’atlari va sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining muhim qismi bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlarini boshqarishda aniq bir konsepsiyaga ega bo‘lish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu konsepsiyada davlat qarzlarini boshqarish hamda pul-kredit siyosati va valyuta siyosati o‘rtasidagi aloqalarni (bog‘liqliklarni), davlat qarzlarining davlat moliya tizimidagi o‘rnini, tashqi va ichki davlat qarzlarining bir-birlari bilan bog‘liqligini aniqlash juda muhimdir. Davlat qarzlarini boshqarish konsepsiyasini ishlab chiqishda eski majburiyatlarni ularning yangilarini jalb etish hisobidan qaytarilishi (uzilishi) etarli darajada xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi inobatga olinmog‘i kerak. Xuddi shuningdek, davlat qarzlarini tartibga solishning yagona konsepsiyasi ishlab chiqilayotgan paytda bu qarzlar hajmining asoslanmagan (asossiz) tarzda oshirilib yuborilishi iqtisodiy o‘zgarishlarni (islohotlarni) amalga oshirish yo‘lida ta’sirchan to‘siq bo‘lishi mumkinligi ham nazardan chetda qolmasligi lozim.

Download 80.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling