Byudjet nazorati va g’aznachiligi” yo’nalishi 4-bosqich 59-2 guruh talabasi Xoliqberdiyev Ikrom tomonidan “Soliqlar va Soliqqa” fanidan jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlarni soliqqa tortishning o'ziga xos xususiyatlari mavzusida


TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANUVCHI JISMONIY SHAXSLARDAN SOLIQLAR VA YIG‘IMLARNI UNDIRISHNI TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA


Download 69.16 Kb.
bet2/5
Sana20.12.2022
Hajmi69.16 Kb.
#1039595
1   2   3   4   5
Bog'liq
soliq Ikrom

TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANUVCHI JISMONIY SHAXSLARDAN SOLIQLAR VA YIG‘IMLARNI UNDIRISHNI TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA
Soliq va to‘lov intizomini mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni hisobga olish va ularni soliqqa tortish tizimini tartibga solish, soliq to‘lashdan bosh tortishning oldini olish hisobiga soliqlar bilan to‘la qamrab olish va ularning tushishini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 1-noyabrdan boshlab quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar sotish (xizmatlar ko‘rsatish)dan olingan tushum kassa daftarida kirim qilinmasdan savdo qilinishi (xizmatlar ko‘rsatilishi) uchun ularga soliq organlari tomonidan eng kam ish haqining 10 baravari, bu hol qaytarilganda esa 50 baravari miqdorida moliyaviy jazo ko‘riladi;
jismoniy shaxsni tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma boshqa shaxsga berilgan yoki boshqa shaxsga tegishli guvohnoma bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi olib qo‘yiladi, qoida buzuvchiga nisbatan esa tegishli ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanadi;
turg‘un savdo tarmoqlari orqali savdo qiluvchi jismoniy shaxslar nazorat-kassa apparatlaridan foydalanishlari va har kunlik naqd tushumni bankka topshirishlari kerak. Bunda ular bankdagi o‘z hisob-kitob (shaxsiy) schyotidan topshirilgan naqd tushum miqdorida naqd pul mablag‘lari olishga haqlidirlar;
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning soliq organlarida hisobdan o‘tishdan bosh tortishlari ularga eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida jarima solishga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar nomiga chet ellardan tovarlar kelganda ular jismoniy shaxs tomonidan yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjat taqdim etilgan taqdirdagina bojxonada rasmiylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan daromad (savdo, ishlar, xizmatlar) olgan holda bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda ularga soliq organlariga daromadlari haqida bir martalik deklaratsiya taqdim etish huquqi berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi daromad olgan holda bir martalik operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha daromadlar haqida bir martalik deklaratsiya shaklini va uni taqdim etish tartibini o‘n kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, 1997-yil 1-noyabrdan boshlab yo‘lovchilar va yuk tashuvchi jismoniy shaxslar o‘z faoliyatini faqat Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasidagi faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1996-yil 12-maydagi 175-son qarorida belgilangan tartibda beriladigan litsenziya bo‘yicha amalga oshiradilar.
Jismoniy shaxslar tomonidan yo‘lovchilar va yuk tashish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori yuridik shaxslar uchun amalda bo‘lgan stavkalarning 10 foizi miqdorida belgilansin.
ular bo‘yicha hisobot berish tartibini o‘n kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.



Download 69.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling