Byudjet nazoratining mazmuni prinsiplari va ahamiyati


Download 237.65 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi237.65 Kb.
#1630954
Bog'liq
Бюджет назоратининг мазмуни принциплари ва ахамияти

BYUDJET NAZORATINING MAZMUNI PRINSIPLARI VA AHAMIYATI

SMM 59k guruh talabasi Usmonqulov Shaxzod

Reja

  • Byudjet nazoratining turlari, shakllari va usullari hamda nazorat organlarining vakolatlari.
  • Byudjet tashkilotlarida smetalarni tuzish hamda rasmiylashtirishning nazorati.
  • Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar hisobining nazorati

Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish va o’rganish shaklida amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi:

- dastlabki nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar g’aznachilik bo’linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladigan; - joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g’aznachilik bo’linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan; - yakuniy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so’ng Byudjet Kodeksining 171-moddasida ko’rsatilgan davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir

Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir:

1. hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab:

- yoppasiga nazorat — tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni nazorat qilish; - tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish; 2. nazoratning maqsadga yo’naltirilganligi va predmetiga qarab: - kompleks nazorat — moliyaviy nazorat ob’ektining muayyan davr uchun moliyaviy-xo’jalik faoliyatining barcha yo’nalishlarini nazorat qilish

Byudjet tashkilotlarida smetalarni tuzish hamda rasmiylashtirishning nazorati.

Budjet tashkilotlari uchun xarajat moddalari xarajatlar smetasida aks ettiriladi. Xarajatlar smetasi joriy moliya yili uchun budjet tashkilotlari tomonidan tuziladi va moliya organi tomonidan tasdiqlanadi. Xarajatlar smetasini tuzish va tasdiqlash “Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi nizom asosida tartibga solinadi.

Xarajatlar smetasini nazorat qilishda quyidagilarga amal qilinishiga e’tibor qaratilishi kerak:

1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimiyatlarning ularga berilgan huquq va vakolatlar doirasida qabul qilingan qaror va farmoyishlariga;

2. budjet tashkilotlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar me’yorlariga;

3. tovar va xizmatlarni davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va tariflariga.

  • Tashkilotlar vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlash oylar kesimida birinchi chorakdan oshmagan davr uchun amalga oshiriladi. Bunda, har oylik xarajatlar, qoida tariqasida, moliya yilining boshlanishida amalga oshirilishi rejalashtirilmaydigan xarajatlar summasini hisobga olgan holda, o’tgan moliya yilining oxirgi choragi budjet mablag’larining uchdan bir qismidan oshib ketmasligi shart. Vaqtinchalik xarajatlar smetasida o’tgan moliya yilida amalga oshirilmagan budjet xarajatlari ko’zda tutilmaydi.

Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar hisobining nazorati

  • Asosiy vositalar xo’jalik subektlari moddiy-texnik bazasining asosini tashkil qiladi va iqtisodiy samaradorlikning yuqori suratlarini taminlashda muhim rol o’ynaydi. Iqtisodiy va moliyaviy inqirozlar muqarrar xukum surayotgan va kelib chiqishi mumkin bo’lgan hozirgi iqtisodiy sharoitda iqtisodiyotni diversivikatsiyalash va asosiy vositalarni modernizatsiya qilish usitivor vazifalardan biri bo’lib turibdi. Bu vazifalarni bajarilishini asosiy vositalar ob’ektlarini sifatli nazorat tizimini tashkil qilish va tekshirishlarni oqilona amalga oshirish taminlab beradi.

Belgilangan maqsadga erishish uchun tekshirish ishlarini mantiqiy ketma ketlikda amalga oshirish zarurdir. Buning uchun birinchi navbatda tashkilotning boshqarma, bo’lim, uchastka va boshqa tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi bo’g’inlarda asosiy vositalarning saqlanish holati aniqlanadi.

  • Ikkinchidan, asosiy vositalarning qonuniy qabul qilinishi va kirimining o’z vaqtida amalga oshirilganligi tekshiriladi.
  • Uchinchidan, asosiy vositalar harakatini xujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilganligi hamda hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilganligi tekshirishdan o’tkaziladi.
  • To’rtinchidan, belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta baholash hamda ularni buxgalteriya xujjatlari, hisob registralarida qayd etib borilishi tekshiriladi.
  • Beshinchidan, asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobining yuritilishi tekshiruvdan o’tkaziladi.

Nomoddiy aktivlarni nazoratdan o’tkazishning umumiy maqsadi – nomoddiy aktivlarning saqlanishi va tarkibini to’g’ri belgilanishini aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur bo’ladi:

• ob’ektlarni nomoddiy aktivlar tarkibiga olinishini belgilangan talablar darajasida amalga oshirilganligini aniqlash (O’zbekiston Respublikasida nomoddiy aktivlar hisobini yuritish 7-sonli BHMS bilan tartibga solinadi); • tashkilotda aktiv va unga bo’lgan mutloq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan xujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muxofaza qiluvchi xujjatlar, tovar belgilari va boshqalar)ning mavjudligini aniqlash;


Download 237.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling