- Umumiy yondashuvlardan quyidagilarni ajratish mumkin:
- tarixiy yondashuv;
- kompleks yondashuv;
- tizimli yondashuv;
- tuzilmaviy yondashuv;
- tizimli-tarkibiy yondashuv.
TARIXIY YONDASHUV - Tarixiy yondashuv har bir hodisaning tarixiy tuzilishi bilan o‘zaro bog’likligini ko‘rib chiqishdan iborat.
- O‘tmish hozirgi kun va kelajakning o‘zaro bog’liqligidan kelib chiqadi, kelajak hozirgidek mavjuddir. Shuning uchun prognozlash hozirda mavjud bo‘lgan qonun va tendensiyalarni undan tashqariga o‘tkazadi va uning asosida kelajakning mavjud bo‘lmagan modelini ishlab chiqish bilan bog’liq. Bir xil ko‘rinishdagi har xil tarixiy shakllarning mavjudligi orasidagi bog’liqlik izlanayotgan ob‘ektning hozirgi ko‘rinishi uning oldingi rivojlanish natijasi ekanligini bildiradi. Bunday yondashuv mantiqiy izlanish ijtimoiy rivojlanish tarixiy xarakterining aksi hisoblanadi.
KOMPLEKS YONDASHUV - Kompleks yondashuv hodisalar va ularning bog’liqligi va karamligini ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi. Buning uchun shu hodisalarni o‘rganuvchi nafaqat bu fan, balki boshqa fanlarning ham usullaridan foydalaniladi. Ijtimoiy-iqtisodiy ob‘ektlarning kelajakdagi rivojlanishi haqidagi ilmiy tasavvurlarni ishlab chiqishning nazariy asosi siyosiy iqtisod hisoblanadi.
- Iqtisodiy prognozlashning amaliyoti va nazariyasida boshqa ijtimoiy fanlarning ilmiy apparati keng qo‘llaniladi.
TIZIMLI YONDASHUV - Tizimli yondashuv murakkab iqtisodiy tizimlardagi hajmli va sifatli bo‘lishi mumkin bulgan jarayonlar o‘tishini o‘rganishni nazarda tutadi. Ular iqtisodiy pronozlashda katta rol o‘ynaydi. Hodisaning har bir ko‘rinishi tizim sifatida olinishi mumkin. Bu degani ular o‘zaro bog’liq qator funksiyalar, afzalliklarni ta‘minlovchi bir-biri bilan bog’liq qismlardan iborat. Bu afzallik va funksiyalarni bilgan holda o‘rganilayotgan ob‘ektning harakatini oldindan bilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |